Иккиламчи полиэтилентерефталат алкоголиз маҳсулотлари асосида янги полимерларни яратиш
Ushbu kitob ikkilamchi polietilentereftalatni qayta ishlashga bag‘ishlangan bo‘lib, unda kimyoviy destruksiyalash, xususan diollar ishtirokidagi alkogolizlash jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, alkogoliz mahsulotlari asosida yangi polimerlar yaratish texnologiyalari yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Polietilentereftalat chiqindilarini qayta ishlash: Polietilentereftalat (PET) chiqindilarini qayta ishlashning zamonaviy holati va istiqbollari, fizik-mexanik va kimyoviy qayta ishlash usullari batafsil tahlil qilingan. Polikondensatsiya polimerlarini ishlab chiqarishda PETni qayta ishlashning istiqbolli yo‘nalishlari keltirilgan.
- Ikkilamchi polietilentereftalatni alkogolizlash qonuniyatlari: Ikkilamchi polietilentereftalatning alkogolizlash qonuniyatlari, mahsulotlarining fizik-kimyoviy xossalari va tarkibi, tuzilishi aniqlanadi. Turli alkogoliz mahsulotlari asosida to‘yinmagan polimerlarning hosil bo‘lish qonuniyatlari o‘rganiladi.
- Polimer-kompozitsion va shisha plastik quvurlar uchun to‘yinmagan poliefirlar: Polimer-kompozitsion va shisha plastik quvurlar uchun to‘yinmagan poliefirlar ishlab chiqarish texnologiyasi, sanoatda miqyosida olish va qo‘llash natijalari keltirilgan.