Elektr aloqa asoslari
Ushbu kitob elektron aloqa asoslariga bag'ishlangan bo'lib, unda analog va raqamli modulyatsiya usullari, demodulyatorlar, signallarni diskretlash va qayta tiklash, optimal qabul qilish nazariyasi kabi mavzular batafsil yoritilgan. Kitob laboratoriya ishlari uchun qo'llanma sifatida tuzilgan bo'lib, har bir mavzu bo'yicha nazariy ma'lumotlar, laboratoriya ishini bajarish tartibi va nazorat savollari keltirilgan. Qo'llanma telekommunikatsiya sohasida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Amplituda modulyatsiyasi: Amplituda modulyatsiyasining ishlash prinsipini o'rganish va modulyatorning sifat ko'rsatkichlarini tahlil qilish. Statik va dinamik modulyatsion tavsiflar, tranzistor ishlash rejimining va yuklama parametrlarining modulyatsiya sifatiga ta'siri.
- Amplituda modulyatsiyali signallarni detektorlash: Nochiziqli zanjirlarda amplitudasi modulyatsiya qilingan tebranishlarni detektrlash jarayonini o'rganish. Diodli detektorning ishlash sifati yuklama parametrlariga bog'liqligi, detektorlash tavsifini tahlil etish.
- Chastota modulyatori va chastota detektorini tahlil etish: Chastota modulyatori va chastota detektori sxemalarini o'rganish. Siljitish kuchlanishining avtogenerator generatsiya qiladigan signal chastotasiga ta'siri, statistik modulyatsion xarakteristika va detektorlash tavsifini tadqiq etish.
- Sinxron detektorlarni tahlil etish: Sinxron detektorlash prinsipini o'rganish va sinxron detektor (SD) sifat tavsiflarini tahlil qilish. SD ning faza sezgirligini tadqiq etish, tashuvchisi sathining sinxron detektorlash jarayoniga ta'siri, balans modulyatsiyalangan signallarni detektorlashdagi faza sezgirligi.
- Bir polosali va ikki polosali amplitudasi modulyatsiyalangan signalni tadqiq qilish: Bir va ikki polosali signallar asosiy xususiyatlarini o'rganish. Bir polosali va balans modulyatorlar ishlash printsipini tajriba yo'li bilan o'rganish.
- Diskret modulyatsiyalangan signallarni tadqiq etish: Amplitudasi, chastotasi va fazasi diskret signal bilan modulyatsiya (manipulyatsiya) langan signallar vaqt va spektr diagrammalarini tadqiq etish.
- Uzluksiz signallarni vaqt bo'yicha diskretlash: Uzluksiz signallarni tajriba asosida diskretlash va qayta tiklash jarayonlarini o'rganish. Impulsli uzatish tavsif yordamida 1 PChF va 2 PChF larni signallar o'tkazish polosasini aniqlash.
- Impuls kodli modulyasiya: Ideal va xalaqitlar ta'sir etgan xolatlarda signallarni IKM aloqa tizimidan oʻtishini tadqiq etish.
- Optimal kogerent demodulyatorni tadqiq etish: Optimal kogerent demodulyatorning strukturaviy sxemasi bilan tanishish. Signallarni shu qurilmaning funksional tarmoqlari tomonidan oʻzgartirilishini oʻrganish.
- Ikkilik signalli optimal korrelyatsion demodulyatorni tadqiq qilish: Ikkilik signalli optimal korrelyatsion demodulyatorning strukturaviy sxemasi bilan tanishish. Bu qurilmaning signallarini funksional tugunlarga oʻzgarishini oʻrganish.
- FSK singallarning shakllanishi: FSK-modulyatorning strukturaviy sxemasi bilan tanishish. Ushbu qurilmaning funksional bogʻlamalari orqali signallarning qayta tuzilishini oʻrganish.
- MSK singallarining shakllanishi: MSK modulyatori strukturaviy sxemasi bilan tanishish. MSK modulyator funksional bog'lamalar signallari shakllanish jarayonlarini oʻrganish.
- BPSK signallarni shakllantirish: Ikkilik faza modulyasiyasi ya'ni BPSK (Binari Phase Shift Keying) strukturaviy sxemasi bilan tanishish. Signallarni shakllantirishni kurilmadagi funksional tugunlar yordamida tajribada oʻrganish.
- QPSK signallarni shakllantirish: QPSK-modulyatorning strukturaviy sxemasi bilan tanishish. QPSK-modulyatorning funksional tugunlarida signallarni shakllantirish jarayonini oʻrganish.
- SQPSK signallarni shakllantirish: SQPSK -modulyatorning strukturaviy sxemasi bilan tanishish. SQPSK -modulyatorning funksional tugunlarida signallarni shakllantirish jarayonini oʻrganish.