Ko'hna cholg'ular ijrochiligi
Ushbu ta'limiy-uslubiy majmua, bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, ko'hna cholg'ular ijrochiligi fanining o'ziga xos xususiyatlarini, tarixi, rivojlanish bosqichlarini va bugungi kundagi ahamiyatini ochib beradi. Majmua talabalarga nomoddiy madaniy merosni asrash va targ'ib qilish, milliy cholg'ularni o'rganish va ularda ijro etish ko'nikmalarini shakllantirishda yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Ko'hna cholg'ular ijrochiligi fanining maqsadi va vazifalari: Fanning maqsadi - talabalarni milliy cholg'ular to'g'risidagi ma'lumotlar bilan qurollantirish, O'zbekistonda erishilgan natijalar va kelgusidagi vazifalar bilan tanishtirishdan iborat. Fanning vazifasi esa tariximiz, madaniyatimizning ajralmas qismi hisoblangan madaniy merosimizning ahamiyatini tushuntirish, yoshlarni madaniy-ahloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ushbu merosdan samarali foydalanishni tashkil etishdir.
- O'zbekiston Respublikasida nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar: O'zbekiston Respublikasida nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish borasida qabul qilingan hujjatlardan xabardor bo'lishi, so'nggi yillarda mamlakatimizda milliy qadriyatlarimizni tiklash borasida olib borilayotgan tadbirlardan xabardor boʻlishi va bilishi lozim.
- Jahondagi ilg'or mamlakatlarda milliy cholg'ularga munosabatni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar: Jahondagi ilg'or mamlakatlarda milliy qadriyatlarning ajralmas qismi hisoblangan milliy cholg'ularga munosabatni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlardan, ulardagi ilg'or tajribalardan xabardor boʻlishi, ko'hna cholg'ularni targ'ib etish boʻyicha mamlakatimizda oʻtkazilayotgan ko'rik-tanlov, festival va koʻrgazma materiallariga ko'nikma hosil qilishi.
- Fanning oʻquv rejadagi boshqa fanlar bilan oʻzaro bogʻliqligi: Ko'hna cholg'ular ijrochiligi fani tanlov fani hisoblanib 2,3,4-semestrlarda oʻqitiladi. Dasturni amalga oshirish uchun bakalavr oʻquv rejasida rejalashtirilgan Oʻzbekiston nomoddiy madaniy merosi, ansambl sinfi, badiiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti, oʻzbek xalq kuylarini notalashtirish, cholgʻulashtirish, cholgʻushunoslik, raqs singari fanlardan yetarli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi talab etiladi.