Globallashuv salbiy oqibatlarining yoshlar ma’naviy komolotiga ta’siri

Maqolada globallashuvning yoshlar ma'naviyatiga salbiy ta'siri, ommaviy madaniyatning yosh avlodga zararli oqibatlari va bu illatlarga qarshi kurashish yo'llari muhokama qilinadi. Maqolada globallashuv jarayonlari, milliy ma'naviyatning ahamiyati va yoshlar tarbiyasida oilaning roli tahlil etiladi.

Asosiy mavzular

  • Globallashuv tushunchasi: Globallashuv – globalizatsiya jarayonlari va ularning mazmun-mohiyatiga qarash lozim. Globallashuv – globalizatsiya tushunchalariga fanda olimlar tomonidan turlicha tariflar berilsada, ularning yagona mohiyat-mazmunini dunyo hamjamiyatining butun jahon mamlakatlari va xalqlarining oʻzaro barcha sohalaridagi yaqinlashuvini anglatadi.
  • Yoshlar ma'naviyatiga ta'siri: XXI asr insoniyat tamadduniga axborot texnologiyalari va intelektual salohiyat asri sifatida kirdi. Aynan mana shu texnika va tetehnologiyalar yordamida hayotning barcha sohalarida yuksak natijalarga erishilmoqda. Mazkur kashfiyotlarning biri sifatida bugungi kunda eng ommalashgan internet tarmogʻi esa yagona axborot tarqatuvchi manba sifatida bugungi kunda butun dunyo tomonidan e'tirof etilmoqda.
  • Ommaviy madaniyat: Ommaviy ma'daniyat – dunyo ma'daniyatlarining qoʻshilishi, aralashishi, milliy ma'daniyatlarning sekin astalik bilan yo'qolib borishidir. Bir qarashda arzimas, e'tibor berilmas darajada koʻringan bu narsa vaqti kelib bitta inson yoki mahallada yohud shaxs taqdiriga va kelajagiga emas, balki butun bir millat kelajagiga, tarixiga, ildiziga urilgan bolta boʻldi.
  • Ma'naviy immunitetni shakllantirish: Bu jarayonga qarshi kurashni avvalambor fuqorolarda g'oyaviy va ma'naviy imunitetni shakllantirishdan boshlashimiz lozim. Buning uchun esa birinchi navbatda oilalarda sog'lom ma'naviy muhitni, ayniqsa endi turmush qurayotgan oilalar tuman FHDYO boʻlimlarida ma'naviy targ'ibot markazlarini tashkil qilish kerak.
  • Oilaning roli: Bunday markazlar tomonidan oilalarga, boʻlajak ota-onalarga oila, uning muqaddas dargoh ekanligi, farzand tarbiyasi kelajakda jamiyatda qanday inson sifatida kirishi, bevosita ularning bugungi kunda unga ko'rsatayotgan yo'l yuriqlariga dahldor ekanligi, bu esa farzand kelajagi uchun qayg'urish ota-ona oldidagi muqaddas burch ekanligini ularga tushuntirish va mazmun-mohiyatini etkazib berish lozim.