Togli xududlarida hakatlanganda xafsizlik choralari
Ushbu kitob tog‘li hududlarda harakatlanish xavfsizligiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda tog‘ tayyorgarligining ahamiyati, harbiylarning jismoniy va ma’naviy holati, tog‘ to‘siqlaridan o‘tishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar, xavfsizlik choralarini tashkil etish va ta’minlash usullari, arqondan foydalanish texnikasi hamda tugun tugish kabi masalalar yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Togʻli hududlarda harakatlanishning oʻziga xos xususiyatlari: Tog‘li hududlarning tekisliklardan farqi, jangovar harakatlarning murakkabligi, ob-havo sharoitlarining ta’siri, tabiiy to‘siqlar (qiyaliklar, daryolar, tosh ko‘chkilari va h.k.)
- Xavfsizlikni ta'minlashning asosiy qoidalari: Tushib ketish va yiqilish xavfi boʻlgan joylarda xavfsizlikni ta'minlash, xavfsizlik usulini tanlash, hamroh xavfsizligini ta'minlash, mos kiyim-kechak, tayanch nuqtasini sinash, arqon bilan ishlash qoidalari
- Arqondan foydalanish texnikasi: Arqonni oʻtirgan holatda beldan oʻtkazib xavfsizlikni ta’minlash, boʻrtiq orqali arqondan xavfsizlikni ta’minlash, qayrilma qoziqlar va karabinlar bilan xavfsizlikni ta’minlash, muzo‘yar bolta yordamida xavfsizlikni ta’minlash, xavfsizlikni ta’minlashning kombinatsiyali usullari
- Tugunlar: Asosiy tugunlar (toʻgʻri, toʻqima, qarama-qarshi), maxsus tugunlar (shkot, brom-shkot, akademik), yordamchi tugunlar (yoʻl boshlovchi, sakkiz, bulin, qisuvchi va h.k.) va ularning vazifalari