Norin PTKdagi gin mashinasining himoya elementlarini takomillashtirib qayta loyihalash

Ushbu bitiruv malaka ishi paxta tozalash korxonasining samaradorligini oshirishga qaratilgan. Unda Norin paxta tozalash korxonasida mavjud texnologik jarayonlar, mashinalarning holati, mehnat muhofazasi va iqtisodiy samaradorlik masalalari o'rganilgan. Ish jarayonida korxonaning balans hisoboti tahlil qilingan, jin mashinalari uchun ventilyator tanlash hisobi bajarilgan va gidropressning ish unumdorligi hisoblangan. Ishning asosiy maqsadi Norin PTKdagi gin mashinasining himoya elementlarini takomillashtirib qayta loyihalashdan iborat.

Asosiy mavzular

  • Paxta tozalash zavodining ishlab chiqarish dasturini hisoblash: Chigitli paxta - bu paxta tozalash zavodlari uchun asosiy hom ashyo. Umumiy materiallar xarajatining 75-80% zavodning hom ashyo bazasini yaratishga, ya`ni, chigitli paxtani xo'jaliklardan sotib olish uchun sarf qilinadi. Hom ashyo bazasining holati va ishlab chiqarishni rasional foydalanish chiqariladigan mahsulot hajmiga, sifatiga va barcha texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarga katta ta`siri bor. Shu sababli paxta tozalash zavodining ishlab chiqarish dasturini hisoblashda uning iqtisodiy tomonidan foydaliligini aniqlash, ya`niy texnologik uskunalarning, ishlab chiqarish bulimlarning ishlash rejasini tuzish yeng asosiy vazifalardan biri bo'lib topiladi.
  • Arrali jinning texnologik jarayoni: Paxta tozalash korxonasining bosh binosiga keltirilgan chigitli paxta separator, taqsimlovchi vintli konveyer va har bir jin ustiga o'rnatilgan ta'minlash shaxtasiga, so'ngra jinning ishchi kamerasiga bir tekis kelib tushadi. Jinning ishchi kamerasiga tushgan chigitli paxtani aylanayotgan arra tishlari ilib olib, ishci kamerasi yoyi bo'ylab sudrab qobirg'aga olib keladi. Tishlarga ilingan chigitli paxta bo'lakchalari boshqa paxta bo'lakchalariga ilashib, ularni ham tortadi, kameradagi hamma chigitli paxta aylana boshlaydi. Shunday qilib, arrali diskka qarama-qarshi tomonga aylanuvchi xom ashyo valigi hosil bo'lib, u arra tishlarini paxta tolasi bilan uzluksiz ta'minlaydi.
  • Elektr xavfsizligini ta`minlash: Ishlovchilarning birdaniga ikkala fazaga ulanib qolish va faza bilan yer oralig'iga ulanib qolish xavfi bor. Ikkala fazaga ulanib qolish juda xavfli. Ishlovchining bir fazali ulanib qolishida, uning ixotalangan toksiz simga (neytralga) ulangani (uch simli), yerga ulangan toksiz simga ulanganidan ko'ra xavfsizrokdir (to'rt simli).Elektr toki ta`sirida odam organizmi ikki xil jarohatlanishi: tashqi (elektr jarohatlanishi) va ichki (elektr urishi — tok udari). Elektr bilan jarohatlanishda - organizm kuyishi, teri metallashishi va mexanik jarohatlanishi mumkin.