“NОRINTEKS” kоrxоnasida paxta va lavsan tоlasi aralashmasidan ip ishlab chiqarish texnоlоgiyasini jоriy etish

Ushbu bitiruv malaka ishi to'qimachilik sanoatida paxta va lavsan tolalarini aralashtirib ip ishlab chiqarish texnologiyasini joriy etishga bag'ishlangan. Ishda O'zbekiston Respublikasi to'qimachilik sanoatining rivojlanish tendentsiyalari, korxonani modernizatsiya qilish muammolari, ip yigirish rejasini tuzish, korxonadagi zararli moddalar va ularni kamaytirish yo'llari, tashkiliy-iqtisodiy ko'rsatkichlar hisobi kabi masalalar ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Poliefir tolalaridan to'qimachilik sanoatida foydalanish: Poliefir tolalarning xususiyatlari, paxta va lavsan tolalari aralashmasidan ip ishlab chiqarish, lavsan tolalarni titish va aralashtirish texnologiyasi, aralashmadan tayyorlanadigan to'qimachilik mahsulotlari assortimenti.
  • Korxonani modernizatsiyalash muammolari va yechimlari: "Norinteks" korxonasida to'qimachilik mahsulotlari uchun yigiriladigan iplar assortimenti, ipning xossalarini loyihalash, yigirish tizimini tanlash.
  • Yigirish rejasini tuzish: Yigirish mahsulotlarining chiziqli zichligi va cho'zishni asoslash, yarim tayyor mahsulotlarni pishitish darajasini hisoblash, mashinalarni chiqaruvchi a'zolarini tezliklarini qabul qilish va asoslash, mashinalarning nazariy ish unumdorligini aniqlash, mashinalarning foydali vaqt koeffitsenti, ishlash koeffitsentlarini asoslash hisobiy unumdorlikni aniqlash, texnologik jihozlardan olinadigan yarim mahsulotlarning o'lchamlari va massalarini tanlash, ip, yarim tayyor mahsulot va chiqindilarni aralashmadan chiqish miqdorlarini aniqlash, o'timlar bo'yicha soatli topshiriqlarni hisoblash va taqsimlash, jihozlar sonini aniqlash, yigirish rejasini qayta hisoblash.
  • "Norinteks" korxonasi ishlab chio'arish, ishlab chiqarish tsexlaridan ajralib chiqadigan zararli moddalar va ularni kamaytirish yullari: Korxona tsexlaridagi havoning tarkibi, zararli moddalar va ularning ta'siri, havoni tozalash usullari.
  • Korxonaning tashkiliy-iqtisodiy ko'rsatkichlari hisobi: Korxonada ishlab chiqarish dasturi, xom ashyo balansi tuzish, tugallanmagan ishlab chiqarish, yoritish uchun sarflanadigan elektr energiya hisobi.