"TOSHBULOQ TEKS" korxonasida qayta tarash tizimida ip yigirish texnologiyasini joriy etishni amaliy muammolari
Ushbu kitob to'qimachilik sanoati korxonasini tashkil etish, texnologik jarayonlarni loyihalash va iqtisodiy ko'rsatkichlarni tahlil qilishga bag'ishlangan. Kitobda ip yigirish korxonasining faoliyatini tashkil etish, mahsulot sifatini oshirish va ishlab chiqarish samaradorligini ta'minlash masalalari keng yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Yigirish rejasini tuzish va muvofiqlash: Ushbu mavzuda ip yigirish texnologik jarayonining bosqichlari, yarim tayyor mahsulotlar va ipning chiziqli zichliklari, pishitilish koeffisienti va buramlar soni kabi parametrlar asoslanadi. Mashinalarning mahsulot chiqarish tezliklari ko'rsatiladi.
- Jixozlarni unumdorliklarini aniqlash: Bu mavzuda har bir jihozning nazariy ish unumdorligini hisoblash, texnologik jarayonlarga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash, mashinalarning ish unumdorligini oshirish yo'llari ko'rsatiladi. Shuningdek, ish unumdorligini oshirish va mahsulot sifatini yuqori bo'lishini ta'minlashda foydalanish zarurligi haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Tolalardan mahsulot chiqishi: Bu mavzuda paxta tolasidan ip ishlab chiqarishda hosil bo'ladigan qaytimlar va chiqindilar miqdori, ularning tarkibi, qayta ishlash usullari va mahsulot chiqishiga ta'siri ko'rib chiqiladi.
- Korxonaning tashkiliy texnologik ko`rsatkichlari: Bu qismda mahsulot tannarxini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, sifatni ta'minlash kabi tashkiliy va iqtisodiy masalalar yoritiladi.
- Yengil sanoat korxonalarini shamolatish sitemasini takomilashtirish: Mavzuda shamollatish sistemasining ishlashi tekshirib ko'rilaetganda havosini almashini aniqlash asosiy talab bo'lib xisoblanadi, ishchi zonasida havo muxitini parametrlarini talab qilingan xolatda ushlab turish uchun beriladigan havo mindori aniqlanadi