Kasblar klassifikatsiyasi
Ushbu kitob o‘quvchilarni mehnatga tayyorlash, kasb tanlashga yo‘naltirish, kasbiy shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, kasblar klassifikasiyasi, kasb turlari, kasblarni aniqlash, kasbiy qiziqishlarni rivojlantirish va ta’lim tizimida kasbga yo‘naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Kasblar klassifikasiyasi: Kasblarni turli belgilarga ko‘ra klassifikatsiya qilish usullari, kasblarning nomlanishi, sohalarga taalluqligi, kasb tanlashda kasblar klassifikasiyasidan foydalanishning afzalliklari.
- Kasblar turlari: Mehnat predmetiga ko‘ra kasblarning tiplari (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili sistema, odam-badiiy obraz), har bir tipdagi kasblarning xususiyatlari va talablari.
- Kasblar turkumlari: Mehnatning maqsadiga ko‘ra kasblarning turkumlari (gnostik, o‘zgartiruvchi, tadqiqotchilik), har bir turkumdagi kasblarning xususiyatlari.
- O`quvchilarni kasbga yo`naltirish: Kasbga yo`naltirishning asosiy vazifalari va mazmuni yoritilgan.