O`quvchilarni kasb tanlashga yo`llash

Ushbu kitob o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning qobiliyatlarini aniqlash, mehnat bozoridagi ehtiyojlarni hisobga olgan holda to‘g‘ri kasb tanlashlariga ko‘maklashish masalalariga bag‘ishlangan. Kitobda kasb tanlashning nazariy asoslari, o‘quv jarayonida va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda kasbga yo‘naltirish metodlari, kasbiy maslahat berish turlari va usullari ko‘rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Kasb tanlashga yo'llash ishlarining boshlang'ich holati: Maktabning o'quvchilarni kasb tanlashga tayyorlashdagi roli, ishchi kasblarining ahamiyati, o'quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish zarurligi.
  • Darslarda kasb tanlashga yo'llash ishlarining forma va metodlari: Ta'lim jarayonida kasblar bilan tanishtirish, mehnat ta'limi darslarining ahamiyati, maktab ustaxonalarining roli, korxonalarga ekskursiyalar tashkil etish.
  • Darsdan tashqari vaqtlardagi kasb tanlashga yo'llash ishlarining forma va metodlari: To'garaklar (fan to'garaklari, texnika to'garaklari, yosh tabiatshunoslar to'garagi), qiziqishga ko'ra klublar va guruhlar tashkil etish.
  • Kasbga doir konsultatsiya ishlari: Kasbga doir konsultatsiyaning maqsad va vazifalari, turlari (tashkiliy-ma'lumotnoma, tibbiy, psixologik-pedagogik), suhbat metodining ahamiyati.