Buyuk kelajak servis MChJ sharoitida badiiy nashrlarga mo`ljallangan muqovalash bo`limini loyihalash.

Ushbu kitob qattiq muqovali kitob nashrlarini tayyorlash texnologiyasiga bag'ishlangan. Unda matbaa korxonasini loyihalash, zaruriy uskunalarni tanlash, ish jarayonini tashkil etish va iqtisodiy hisob-kitoblar batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Texnologik qism: Kitob nashrlarini tayyorlash texnologiyasi, uskunalar tanlash, bosqichlar va texnik talablar, ishlov berish rejimlari, mashinalarning tuzilishi va ishlash prinsiplari.
  • Iqtisodiy qism: Ishlab chiqarish harajatlari, amortizatsiya hisobi, tannarx kalkulyatsiyasi, elektr energiyasi sarfi, umumiy xarajatlar, rentabellikni hisoblash.
  • Mehnat muhofazasi va ekologiya: Mikroiqlim sharoitlarining mehnat xavfsizligiga ta'siri, ish joyidagi harorat, namlik va havo harakatini nazorat qilish, sanitariya me'yorlari.