Huquqshunoslik.o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasini o‘rganish
Ushbu o'quv-uslubiy majmua O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish fanining maqsad va vazifalarini, O'zbekiston konstitutsiyaviy tuzumining asosiy prinsiplarini, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlarini, jamiyat va shaxs munosabatlarini, O'zbekistonning ma'muriy-hududiy tuzilishi masalalarini, saylov tizimini, hokimiyat tizimi va davlat organlari tizimini tashkil etish hamda faoliyatining asosiy prinsiplarini qamrab oladi.
Asosiy mavzular
- Davlat va huquq nazariyasi asoslari: Davlat va huquq nazariyasining kelib chiqishi va rivojlanishi, ma'muriy huquq asoslari, davlatning belgilari va funksiyalari, huquq va uning tushunchasi.
- O'zbekiston Konstitutsiyasining Asosiy Tamoyillari: Mustaqillik, xalq hokimiyatchiligi, qonun ustuvorligi, saylov tizimi, davlat hokimiyatining bo'linishi, tashqi siyosat prinsiplari.
- O'zbekistonda Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari: Shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar va erkinliklar, shuningdek, fuqarolarning burchlari.
- O'zbekistonda Jamiyat va shaxs munosabatlarining konstitutsiyaviy asoslari: Iqtisodiy negizlar, shaxs va jamiyat o'rtasidagi munosabatlar, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi o'rni, oila.
- O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy-Hududiy va Davlat Tuzilishi: Ma'muriy hududiy tuzilish prinsiplari, ma'muriy hududiy birliklar, davlat tuzulishi tushunchasi va shakllari.
- Oliy Majlis – Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Vakillik Organi va Qonun Chiquvchi Hokimiyati: Oliy Majlisning davlat organlar tizimidagi oʻrni, qonunchilik palatasi va senati.
- Oʻzbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining konstitutsiyaviy-huquqiy holati: Vazirlar Mahkamasining shakllanish tartibi, tarkibi va faoliyat prinsiplari.
- Mahalliy Davlat Hokimiyati va Fuqarolarning Oʻzini oʻZi Boshqarish Organlarining Konstitutsiyaviy-Huquqiy Asoslari: Mahalliy vakillik va ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, oʻzini oʻzi boshqarishning ahamiyati.
- Sud Hokimiyatining Tashkil Etilishi Va Funksiyalarining Umumiy Tavsifi: O'zbekiston respublikasida sud hokimiyatining tashkil etilishi va funksiyalarining umumiy tavsifi, huquqiy islohotlar, odil sudlovni amalga oshirish.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi: Prokuratura organlarining tizimi, vakolatlari va faoliyat tartibi.
- Moliya Huquqi Asoslari: Moliya atamasi tushunchasi, moliya huquqi predmeti, Davlat byudjeti tizimi. Davlat maqsadli jamg'armalari.
- Fuqarolik Huquqi Asoslari: Fuqarolik huquqi, mulkiy munosabatlar, huquq sub'ektlari, majburiyatlar huquqi, mualliflik huquqi.
- Mehnat Huquqi Asoslari: Mehnat huquqi, predmeti, mehnat shartnomasi, mehnat intizomi, mehnatni muhofaza qilish, mehnat nizolari.
- Ekologiya Huquqi Asoslari: Ekologiya huquqi, muhofaza qilish tamoyillari, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslar.
- Jinoyat Huquqi Asoslari: Jinoyat huquqi, jinoyat belgilari, turlari, tarkibi, jinoiy javobgarlik.
- Xalqaro Huquq Asoslari: Xalqaro huquq, tamoyillari, manbalari, shartnomalar va ularning tuzilishi.
- Mustaqil oʻzbekiston konsitutsiyasini ishlab chiqish va qabul qilish jarayoni: oʻzbekiston respublikasi konstitutsiyasining qabul qilinishidagi ijtimoiy zarurat, konstitutsiya loyihasining tayyorlanishi.