Elektromagnetizm va optika
Ushbu kitob fizika fanining "Elektromagnitizm va Optika" boʻlimlariga bagʻishlangan boʻlib, oliy oʻquv yurtlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun moʻljallangan. Kitobda elektromagnit maydon, elektrostatika, elektr sigʻimi, oʻzgarmas elektr toki, magnit maydoni, elektromagnit induksiya, geometrik optika, yorugʻlik interferensiyasi, difraksiyasi, qutblanishi va kvant xossalari kabi asosiy mavzular batafsil yoritilgan. Nazariy maʼlumotlar amaliy masalalar yechimlari va laboratoriya ishlari bilan mustahkamlangan.
Asosiy mavzular
- Elektrostatika va Elektr Maydon: Elektrostatik maydon, Kulon qonuni, elektr maydon kuchlanganligi, Gauss teoremasi, elektrostatik maydonda bajarilgan ish va elektrostatik maydonning potensiali.
- Elektr Sigʻim: Elektr sigʻim, kondensatorlar, kondensatorlarning turlari, ularni ulash usullari, elektrostatik maydon energiyasi.
- Oʻzgarmas Elektr Toki: Oʻzgarmas tok manbalari, elektr toki, tok kuchi va zichligi, tashqi kuchlar, elektr yurituvchi kuch va kuchlanish, tokning ishi va quvvati, Joul-Lens qonuni, zanjirning bir jinslimas qismi uchun Om qonuni, zanjirning tarmoqlangan qismi uchun Kirxgof qoidalari.
- Tokning Magnit Maydoni: Magnit maydoni, oʻzgarmas tokning magnit maydoni, Bio-Savar qonuni, magnit maydonida joylashgan tokli oʻtkazgichga taʼsir etuvchi kuch (Amper qonuni), harakatdagi zaryadlangan zarraga taʼsiri (Lorens kuchi), ikki parallel toklarning oʻzaro taʼsiri, magnit maydon energiyasi, moddalarning magnit xossalari, magnit singdiruvchanlik, gisterezis, elektromagnit induksiya hodisasi, Lens qoidasi.
- Geometrik Optika: Yorug'likning asosiy qonunlari (to'g'ri chiziqli tarqalish, qaytish va sinish), yorug'lik interferensiyasi, difraksiyasi, qutblanishi va tasvirlash usullari.
- Yorugʻlikning Kvant Xossalari: yorug'likning kvant xossalari, fotoeffekt hodisasi, to'lqin va zarracha dualizmi.