Ma'naviyat asoslari 10-sinf

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Ma'naviyat asoslari» darsligi o'rta ta'lim maktablarining 10-11-sinflari va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o'quvchilari uchun mo'ljallangan. Darslik yosh avlodni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning ma'naviy olamini boyitish hamda komil inson sifatida shakllantirish maqsadida yaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Ma'naviyat – beqiyos kuch: Ma'naviyatning mohiyati, jamiyat va inson hayotidagi o'rni, ma'naviyatga ta'sir etuvchi omillar, ma'naviyatning yengilmas kuchga aylanish shartlari.
  • Inson ma'naviyati va o'zlikni anglash: O'zlikni anglashning ahamiyati, inson ma'naviyatining yuksalishida o'zlikni anglashning roli, milliy ong va tafakkurning ifodasi, madaniy-ma'naviy sifatlar.
  • Oila ma'naviyati: Oila – Vatan timsoli, oilaning muqaddasligi, oilaviy qadriyatlar, sog'lom muhitni yaratish omillari.
  • Jamiyat ma'naviyatining shakllanishida mahallaning o'rni: Mahalla – jamoa bo'lib yashashning sinalgan shakli, mahalladagi qadriyatlar, o'zini-o'zi boshqarish organlari.
  • Inson va jamiyat: Inson – jamiyatning gultoji, insonning ma'naviy boyligi, axloqiy sifatlar, insonning jamiyatdagi o'rni.
  • Fuqarolik jamiyatida inson tafakkuri: Inson tafakkurining mohiyati, ma'naviyat va tafakkur, sog'lom tafakkur asoslari, fuqarolik jamiyatining rivojlanishida tafakkurning roli.
  • Moddiy va ma'naviy hayot inson ziynati: Moddiy va ma'naviy hayotning uyg'unligi, moddiy va ma'naviy asoslarning o'zaro munosabati, hayotning qadri.
  • Fuqarolik mas'uliyati va daxldorlik: Fuqaroning mas'uliyati, burchi, majburiyati, insonning o'zligini anglashida daxldorlikning o'rni.
  • Ma'naviy xavfsizlik: Ma'naviy xavfsizlikning mohiyati, milliy manfaatlar, axborot xurujlari, ma'naviy tahdidlar.
  • Mustahkam iroda – kuchli ma'naviyat kafolati: Iroda tushunchasi, mustahkam iroda orqali kamolotga erishish, odamiylik, ma'naviy boylik, komil insonning ma'naviy boyligi.
  • Ma'naviyat komillikka yetaklaydi: Ma'naviyatning kamolotga yetaklash xususiyati, inson kamoloti, ilmning inson taraqqiyotidagi o'rni.
  • Inson ma'naviyatida ma'rifatning o'rni: Ma'rifat tushunchasi, insonning ma'rifatga intilishi, dunyoqarash kengligi, ilm-fanning rivoji, ma'naviyatning yuksalishi.
  • Nafosat (estetika) va ma'naviyat: Nafosat tushunchasi, inson hayotidagi o'rni, go'zallik, madaniyat va axloqiy me'yorlar.
  • Inson ma'naviyatini shakllantirishda imijning oʻrni: Imij tushunchasi, shaxs imiji, tashkilot imiji, insonning o'zligini anglashda imijning roli, insonning shaxsiy darajasi.
  • Inson ma'naviyatida etiketning o'rni: Etiket tushunchasi, etiketning ahamiyati, odob-axloq qoidalari, muloqot madaniyati.