Frееmakе Vidеo Convеrtеr dasturi imkoniyatlarini o`rgatuvchi dasturiy ta`minot yaratish
Ushbu bitiruv malakaviy ishi
Asosiy mavzular
- Kirish: Bu bo'limda bitiruv malakaviy ishini bajarish sababi, masalaning dolzarbligi, shuningdek, Multimedia ma'lumotlarini qayta ishlovchi dasturiy vositalar haqida mavjud manbalarni tahlil qilish, videotasvirlarni formatlari va ularni turlariga oid mavjud manbalarni tahlil qilish hamda multimedia ma'lumot formatlarini almashtirish dasturlari va ularning solishtirma tahlillarini amalga oshirish, masalaning qo'yilishi keltiriladi.
- 1-bob. Multimedia ma`lumotlarini qayta ishlovchi dasturiy vositalar haqida mavjud manbalar tahlili: Ushbu bobda axborot kommunikasiya texnologiyalari, jumladan, multimedia ma'lumotlarini qayta ishlovchi dasturiy vositalar va ularning turlari haqida mavjud manbalar tahlil qilinadi. O'qitish texnologiyalari asosida ta'lim samaradorligini oshirishning ayrim usullari va ularning turlariga oid mavjud manbalar tahlili, multimedia ma'lumot formatlari va ularning solishtirma tahlili hamda masalaning qo'yilishi yoritilgan.
- 2-bob. Freemake Video Converter dasturini o`rgatuvchi dasturiy vositalar: Bu bobda o'rgatuvchi dasturiy vositalar, ularning turlari va solishtirma imkoniyatlari, Freemake Video Converter dasturi haqida asosiy ma'lumotlar va uning texnik va operatsion talablari ishlab chiqilgan.
- 3-bob. Freemake Video Converter dasturi o`rgatuvchi dasturiy ta`minot yaratish: Ushbu bobda Freemake Video Converter dasturini o`rgatuvchi dasturiy ta`minot yaratish va dasturiy mahsulotni ishlab chiqish algoritmi, yaratilgan dasturiy ta`minotdan foydalanish yo`riqnomasi va video va video fayllardan tajribada foydalanish haqida ma'lumot berilgan.
- Xayot faoliyati xavfsizligi: Ushbu bobda o'rgatuvchi dasturlar bilan ishlaganda kompyuter xonasiga bo'lgan gigienik talablar va uning yoritilishi, ish joyi va u yerda ishlash sharoitini tashkil qilish haqida ma'lumotlar berilgan.
- Xulosa: Bitiruv malakaviy ishini tayyorlash va yozish jarayonida Freemake Video Converter dasturi imkoniyatlarini o`rgatuvchi dasturiy ta`minot yaratish va uni kasb-ta`limi yo`nalishidagi talabalarga qo`llash natijasida talabalarga bilim berish uchun elektron qo`llanmalardan foydalanib dars samaradorligini oshirishga erishish mumkinligi, shuningdek, talabalarga doimiy ravishda bilim berib borishda elektron qo`llanmalarni yaratish va ulardan o`quv jarayonida foydalanish lozimligi haqida xulosalar keltirilgan.
- Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: Ushbu bobda bitiruv malakaviy ishini tayyorlash jarayonida foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati keltirilgan.