Қизилўнгач реконструктив-тикловчи хирургиясида гастроэзофагопластиканинг замонавий принциплари
Ushbu kitobda qizilo‘ngach kasalliklarini xirurgik yo‘l bilan davolashning zamonaviy jihatlari, xususan, gastroezofagoplastika usullari va ularning takomillashtirilgan jihatlari yoritilgan. Kitobda, asosan qizilo‘ngach kasalliklarining xirurgik amaliyotdan keyingi asoratlari va ularni bartaraf etish yo‘llari aks etgan.
Asosiy mavzular
- Qizilo‘ngach kasalliklarining diagnostikasi va xirurgik davolash usullari: Qizilo‘ngach kasalliklarini aniqlashning zamonaviy usullari va ularni xirurgik yo‘l bilan davolashning turli xil usullari, ularning afzalliklari va kamchiliklari yoritilgan.
- Gastroezofagoplastika usullari: Gastroezofagoplastikaning turli xil usullari, ularning texnik jihatlari va qo‘llanilishi haqida ma’lumot berilgan. Xususan, oshqozondan transplanta shakllantirishning yangi usullari aks etgan.
- Xirurgik amaliyotdan keyingi asoratlar va ularning profilaktikasi: Xirurgik amaliyotdan keyingi asoratlarning sabablari va ularning oldini olish choralari keltirilgan. Asoratlarni kamaytirishga qaratilgan kompleks davolash usullari aks etgan.
- Qizilo‘ngach rekonstrktiv-tiklovchi xirurgiyasi: Qiziloʻngachning rekonstrktiv-tiklovchi xirurgiyasida gastroezofagoplastikaning zamonaviy prinsiplari hamda yo‘nalishlari ochib berilgan.