Геометрия 7-класс (Қизғиз тилида)

Ushbu kitob 7-sinf o'quvchilari uchun geometriya fanidan bilim berishga mo'ljallangan. Kitobda planimetriya, uchburchaklar, parallel to'g'ri chiziqlar, uchburchakning tomonlari va burchaklari orasidagi munosabatlar kabi asosiy mavzular qamrab olingan. Nazariy materiallar sodda tilda bayon qilingan bo'lib, har bir mavzu turli misollar bilan mustahkamlangan.

Asosiy mavzular

  • Planimetriya. Boshlang'ich geometrik ma'lumotlar: Geometriya fanining predmeti, nuqta, to'g'ri chiziq, tekislik, kesma, nur, burchak tushunchalari, ularning xossalari, kesmalarni o'lchash, burchaklarni o'lchash, perpendikulyar to'g'ri chiziqlar.
  • Uchburchaklar: Siniq chiziq, ko'pburchak, uchburchakning turlari, mediana, bissektrisa, balandlik, uchburchaklarning tenglik belgilari, teng yonli uchburchakning xossalari.
  • Parallel to'g'ri chiziqlar: Parallel to'g'ri chiziqlar ta'rifi, parallel to'g'ri chiziqlarning belgilari, kesuvchi bilan hosil qilgan burchaklar, teskari teorema.
  • Uchburchakning tomonlari va burchaklari orasidagi munosabatlar: Uchburchakning ichki burchaklari yig'indisi haqidagi teorema, tashqi burchakning xossasi, to'g'ri burchakli uchburchakning xossalari, uchburchakning tengsizligi.
  • Tuzishga tegishli masalalar: Sirkul va chizg'ich yordamida burchaklarni, kesmalarni, uchburchaklarni tuzish.