Қонун ҳужжатлари

Ushbu ilmiy-amaliy qo'llanma O'zbekiston Respublikasida qonun ijodkorligi jarayonining huquqiy asoslarini, xorijiy tajribani va xalqaro standartlarni qamrab oladi. Qo'llanma qonun ijodkorligi sohasida faoliyat yuritayotgan davlat organlari xodimlari, huquqshunoslar, huquqshunos olimlar, tadqiqotchilar, huquqshunoslik yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrlar hamda keng jamoatchilik uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Qonun ijodkorlik jarayoni va uning asosiy bosqichlari: Qonun ijodkorlik jarayonining mohiyati, tamoyillari va bosqichlari, qonunchilik tashabbusi huquqi, qonun loyihasining muhokamasi va qabul qilish tartibi, qonunlarni ma'qullash jarayoni, qonunlarni imzolash va kuchga kiritish tartibi.
  • Xorijiy davlatlarda qonun hujjatlarini tayyorlash jarayoni: Xorijiy davlatlarda qonun ijodkorlik jarayonining asosiy yo'nalishlari va o'ziga xos xususiyatlari, Germaniya, Kanada, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyada qonun ijodkorligi jarayonlari.
  • Xalqaro tashkilotlar huquq ijodkorligi: Xalqaro huquq ijodkorligi faoliyatining mohiyati va xususiyatlari, xalqaro huquq ijodkorligi jarayoni va xalqaro huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi, hukumatlararo tashkilotlarning xalqaro norma ijodkorligidagi roli, xalqaro huquq normalarini yaratishning asosiy uslublari, xalqaro huquq normalarini yaratish jarayonida xalqaro nohukumat tashkilotlarining ishtiroki.