Дастурлаш технологияси
Kitob dasturlash texnologiyalari fanining asosiy tushunchalari, usullari va bosqichlarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda dasturiy ta'minotni ishlab chiqish, loyihalashtirish, testlash va undagi xatoliklarni bartaraf etish masalalari ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Dasturlash texnologiyasining asosiy tushunchalari: Kirish, asosiy tushunchalar, dasturlash texnologiyasi va uning taraqqiyot bosqichlari, dasturiy ta'minot mahsuloti sifatida, dasturiy ta'minot ishonchliligi.
- Dasturiy ta'minotni ishlab chiqish bosqichlari va hayotiy sikli: Dasturiy ta'minotni ishlab chiqish bosqichlari, hayotiy sikl modellari (kaskadli, oraliq nazorat, spiralli, umumlashtirilgan).
- Dasturiy mahsulotga tegishli asosiy hujjatlar: “Masala qo'yilishi” hujjatlari, maqsadlarni aniqlash, loyiha maqsadi, foydalanuvchilarni aniqlash, taqvim-reja hujjatlari.
- Dasturlash ta'minotini loyihalash: Loyihalash usullari, dasturiy vositaning loyihalash jarayonidagi uslubiy, texnologik, tashkiliy va instrumental ta'minoti, modullar va ularning xossalari.
- Ob'ektga yo'naltirilgan loyihalash texnologiyalari: Ob'ektga yo'naltirilgan loyihalashning asosiy prinsiplari, tizimning ob'ektli modeli, sinflar va ob'ektlar, merosxo'rlik, polimorfizm.
- Dasturiy ta'minotni tashqi loyihalash: Algoritmni ishlab chiqish, tashqi loyihalash, DT arxitekturasini konstruksiyalash, “tashqi spetsifikatsiya” hujjati, foydalanuvchi bilan muloqot tashkil qilish.
- Dasturlash. Algoritm. Dasturlashni rejalashtirish: Qadamma-qadam detalllashtirish usuli, dastur murakkabligi.
- Dasturlash stili. Strukturaviy dasturlash: Kichik dasturlar standartlari, ichki spetsifikatsiya hujjati. Dastur effektivligi (samaradorligi), dasturni optimallashtirish, dastur modifikatsiyasi, dasturiy ta'minot ishonchliligi.
- Xatolar. Himoyalangan dasturlar: Xatoliklar sinfi, xatosiz dasturlash.
- Dasturiy ta'minotni testlash: Testlash prinsiplari va usullari, testlash bosqichlari, testlash aksiomalari.
- Dasturiy ta'minotni sozlash: Uning usullari, rejasi.
- Dasturiy ta'minotni baholash: Kirish va chiqish hujjatlari, dasturiy ta'minot xossalari.
- Sifatli dasturiy ta'minot xossalari: Tushunarlilik, foydalilik, mobillik, ishlatishga qulaylik, kengaytirilmoqlik. Dastur sifatini metrik bahosi.
- Dasturiy ta'minotni ishlatish: Tegishli hujjatlar, ishlatishga ko'rsatmalar, dasturiy ta'minot arxitekturasi.