Ta’limda psixologik xizmat

Ushbu kitob ta’lim muassasalarida psixologik xizmat ko‘rsatishning metodologik asoslari, O‘zbekistonda psixologik xizmatning bugungi holati, psixologik xizmatni tashkil etish masalalarini yoritadi. Kitob psixologik xizmatning nazariy asoslarini, ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish, psixologik muammolarni bartaraf etish yo‘llarini o‘rganadi. O‘quv qo‘llanma psixologiya, pedagogika yo‘nalishlari talabalari, amaliyotchilar, ilmiy xodimlar uchun mo‘ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Psixologik xizmatning metodologik va nazariy asoslari: Psixologik xizmatning metodologik asoslarini yaratishda inson psixologiyasini tushunish, tahlil qilish, psixologik himoya vositasi sifatida ilmiy jihatdan yondashish zarurligi haqida fikrlar bildirilgan.
  • O‘zbekistonda psixologik xizmatning bugungi holati va asosiy yo‘nalishlari: O'zbekistonda psixologik xizmat tizimini yaratish va rivojlantirish, amaliyotchi psixologlar tayyorlashning o'ziga xos jihatlari tahlil qilingan. Psixologik xizmatni rivojlantirishning dastlabki bosqichlari,ta'lim tizimi, mehnat jamoalari, oilaviy hayotni tashkil etish tizimi muassasalarida psixologik xizmatni yo'lga qo'yish muhimligi ta'kidlangan.
  • Ta’lim muassasalarida psixologik xizmatni tashkil etilishi: Maktablarda psixologik xizmatni tashkil etishning yuzaga kelgan muammolari, psixologik muhitni boshqarish, maktab va oila hamkorligida uyg‘unlikni ta’minlash kabi masalalar ko'rilgan. Bola shaxsini to'g'ri tushunish,ta'lim jarayonida har bir o'quvchi kamolotiga erishishning ahamiyati aytilgan.