Farmakologiya fanidan 4-kurs Farmatsiya, sanoat farmatsiyasi fakulteti talabalari uchun O’quv-uslubiy MAJMUA
Ushbu kitob dori-darmon vositalarining farmakologiyasi va ularning klinik qo'llanilishi haqida ma'lumot beradi. Unda dori-darmonlarning ta'sir mexanizmlari, qo'llanilishi, nojo'ya ta'sirlari va boshqa muhim jihatlari batafsil yoritilgan. Kitob tibbiyot xodimlari, farmatsevtlar va talabalar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Umumiy farmakologiya: Dorilarning organizmga ta'siri, dorilarning metabolizmi, surilishi, zaharlanish va dori vositalarining nomuvofiqligi kabi umumiy farmakologiya masalalari ko'rib chiqiladi.
- Nerv tizimiga ta'sir etuvchi dorilar: Markaziy nerv tizimini susaytiruvchi, harakatga keltiruvchi, sezuvchanlikni va asab tizimining buzilishiga qarshi ishlatiladigan dorilar haqida ma'lumot beriladi.
- Qon tizimiga ta'sir etuvchi dorilar: Qon ivishi, Eritropoezni ko'paytiruvchi va susaytiradigan dori moddalar, Leykopoezga ta'sir etadigan moddalarning farmakologik xususiyatlari haqida ma'lumotlar beriladi.
- Oshqozon-ichak faoliyatiga ta'sir etuvchi dori vositalar: Oshqozon sekretor faoliyatini aktivlashtiruvchi va pasaytiruvchi va yana me'da-ichak qisqarishga ta'sir etuvchi vositalari. Gepatoprotektorlar haqida ma'lumot beriladi.
- Antiseptik va dezinfeksiyalovchi dori vositalar: Antiseptika, yallig'lanishga qarshi va mikroblarga ta'sir qiluvchi dorilar guruhlari, xususiyatlari, ishlatilishi va nojo'ya ta'sirlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Antibiotiklar: Antibiotiklarning sinflanishi, ta'sir mexanizmlari, farmakologik xususiyatlari, qo'llanilishi va nojo'ya ta'sirlari haqida keng ma'lumotlar berilgan.
- Sil, zaxm va zamburug'larga qarshi dori vositalari: Sil, zahm va zamburugʻ kasalligini yoʻqotadigan, ularning oʻsishni sekinlashtiradigan dori preparatlari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Virusga qarshi, gijja va moxovga qarshi dori vositalari: Virusga qarshi va gijjalarga qarshi turli dori vositalari haqida ma'lumotlar berilgan.
- O'smaga qarshi dori vositalar: O'smalarni davolashda ishlatiladigan dori vositalarining kimyoviy tarkibi, ta'sir qilish mexanizmlari va ularning qo'llanilish usullari berilgan.
- Zaharlanishda dori vositalar bilan yordam berish: Zaharlanishda tez yordam ko'rsatish amaliyotidan muhim ma'lumotlar berilgan. Antidodlarni ta'siri va ishlatilishiga doir tavsiyalar keltirilgan.