«Ona tili va adabiyoti» fanining «Adabiyot» qismidan amaliy mashg'ulotlar ishlanmasi

Ushbu kitob Sharq mutafakkirlarining hayoti va ijodini bolalar adabiyoti bilan bog'liq holda o'rganishga qaratilgan uslubiy qo'llanma. Qo'llanmada adabiyotshunoslikka oid testlar, savollar, reja va adabiyotlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari: Bolalar adabiyoti fanining maqsad va vazifalari, bolalar kitobxonligining ahamiyati, fanning o'ziga xos xususiyatlari va boshqa fanlar bilan aloqadorligi haqida ma'lumot beriladi.
  • Bolalar folklori: Bolalar adabiyoti va folklorining mumtoz adabiyot namunalari bilan bog'liqligi, qo'shiq, maqol, topishmoq, masal, tez aytish, ertak janrlarining o'ziga xosliklari tahlil qilinadi.
  • O'zbek bolalar adabiyoti (umumiy tahlil): O'zbek bolalar adabiyotining vujudga kelishi, o'tgan asrning 30-40-yillaridagi o'zbek bolalar adabiyotining xususiyatlari ko'rib chiqiladi.
  • Alisher Navoiy va Gulxaniy ijodi: Alisher Navoiyning «Xamsa» turkumiga kiruvchi dostonlarida ilgari surilgan ta'lim-tarbiya g'oyalari, pand-nasihat mazmunidagi asarlarida ifodalangan ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta'limiy qarashlar, Gulxaniyning «Zarbulmasal» asari tahlil etiladi.
  • Abdulla Avloniy va Hamza ijodi: A.Avloniyning pedagogik faoliyati, yangi maktablar, o'quv jarayonlari, dars uslubi tashkil etishdagi faoliyati, «Turkiy guliston yoxud axloq» asarining ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyati, H.H. Niyoziy ma'rifati o'rganiladi.
  • Zafar Diyor va Shukur Sa'dulla ijodi: Zafar Diyorning hayoti va ijodi, inson va tabiat o'rtasidagi munosabatlar, Shukur Sa'dulla hayoti va ijodi, asarlarida hayotiy voqealarning haqqoniy badiiy tasviri tahlil etiladi.
  • Sulton Jo'ra va H.Nazir ijodi: Sulton Jo'raning hayoti va ijodi, ilmiy-ommabop mavzulardagi she'rlari, vatanparvarlik mavzusida yozilgan asarlari, Hakim Nazirning hayoti va ijodi, maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarga bag'ishlangan asarlari o'rganiladi.
  • P.Mo'min va Q.Hikmat ijodi: Po'lat Mo'minning hayoti va ijodi, odob-axloq mavzusi, Qudrat Hikmatning hayoti va ijodi, tinchlik va baxtli bolalik haqidagi she'rlarining o'ziga xosliklari tahlil qilinadi.
  • X.Toxtaboyev va F.Musajon ijodi: Xudoyberdi To'xtaboyev hayoti va ijodi, «Sariq devni minib», «Qasoskorning oltin boshi», «Besh bolali yigitcha» asarlarining badiiy xususiyatlari, Farhod Musajonning maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarga bag'ishlangan hikoyalarida ilgari surilgan g'oyalar tahlil etiladi.
  • M.A'zam va T.Adashboyev ijodi: Miraziz A'zamning hayoti va ijodiy faoliyati, she'rlarida hayotga munosabat, ijtimoiy ziddiyatlarning badiiy talqini, Tursunboy Adashboyev ijodida ona-tabiat va Vatan madhi o'rganiladi.
  • Qambar Ota va Muhammad Ali ijodi: Qambar Otaning hayoti va ijodiy faoliyati, maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarga bag'ishlangan she'rlari, doston va doston-ertaklarda ilgari surilgan g'oyalar, Muhammad Ali yaratgan tarixiy romanlardagi bolalar obrazlari tahlil qilinadi.
  • A.Obidjon va Abusaid Ko'chimov ijodi: Anvar Obidjon ijodi, she'rlarida kitobxon ongiga ta'sir qilish emas, qalbiga yo'l topishga bo'lgan urinishlar, Abusaid Ko'chimovning hayoti va ijodiy faoliyati, kichkintoylarga bag'ishlangan she'rlarida ilgari surilgan g'oyalar o'rganiladi.
  • H.Imonberdiyev va Abdurahmon Akbar ijodi: Hamza Imonberdiyevning hayoti va ijodiy faoliyati, asarlarining mavzu doirasi, Abdurahmon Akbar ijodidagi rang-baranglik, qofiyali nasr(saj) shaklidagi turkumidagi she'rlarning o'ziga xosligi tahlil qilinadi.
  • Chet el bolalar adabiyoti: Chet el bolalar adabiyotining umumiy tahlili, Sharl Perroning bolalar zavq oladigan ertaklariga xos xususiyatlar, aka-uka Grimmlar yaratgan ertaklarda ilgari surilgan g'oyalar va Xans Kristian Andersen ijodi o'rganiladi.
  • Rus yozuvchilarininmg bolalarga atab yozgan asarlari: Aleksandr Sergeyevich Pushkin yaratgan ertak-dostonlarda ilgari surilgan g'oyalar, Nikolay Alekseyevich Nekrasov hayoti va ijodi, bolalarga atab yaratgan asarlarining o'ziga xosligi ko'rib chiqiladi.