Аёллар ва болалар ҳуқуқларини ҳимоя қилишга оид халқаро шартномалар ва...

Ushbu kitobda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan, inson huquqlari va erkinliklari, xususan ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro shartnomalar va Oʻzbekiston qonun hujjatlari jamlangan. Tўplam huquq himoyachilari, davlat xodimlari, yuristlar, oʻqituvchilar va inson huquqlari sohasiga qiziquvchilar uchun moʻljallangan.

Asosiy mavzular

  • Xalqaro shartnomalar boʻyicha ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish: Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt, Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiya, Bolalar huquqlari toʻgʻrisida konvensiya, Odam savdosiga va uchunchi shaxslar tomonidan tanfurushlikdan foydalanilishiga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya kabi xalqaro shartnomalar.
  • Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari boʻyicha ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining «Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida»gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining «Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida»gi Qonuni kabi qonun hujjatlari.