Avtomobillarning tormozlanish yo`li, vaqti hisobi va ularning taxlili
Ushbu kitob avtomobillarning tormozlanish tizimlariga bag'ishlangan bo'lib, uning vazifasi, tuzilishi, ishlashi va konstruktiv xususiyatlari to'liq yoritilgan. Shuningdek gidravlik tormoz tizimini hisoblash uchun zarur bo'lgan formulalar keltirilgan va tormozlanish prosessining harakat xavfsizligiga ta'siri va tormoz tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar berilgan. Ishlab chiqarish va ekspluatatsiya jarayonida xavfsizlikni ta'minlash masalalari iqtisodiy jihatlar bilan ham tahlil qilingan. Darslik asosan talabalar, injener-texnik xodimlar va avtomobillar tuzilishi bilan qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Asosiy tushunchalar va adabiyotlar sharxi: Avtomobil tormozlanish tizimlariga oid asosiy atamalar, tormoz tizimining ahamiyati, ishlatilish sohalari va tormozlanishni o'rganishga oid adabiyotlar tahlili berilgan. Tormoz tizimlari xususiyatlari nazariyasining taraqqiyoti va ahamiyati yoritilgan.
- Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari va tormozlanish ko'rsatkichlari: Avtomobilning asosiy ekspluatatsion xususiyatlari, jumladan tortish dinamikasi, tormozlash dinamikasi, yonilg'i sarfining tejamliligi, boshqariluvchanlik, turg'unlik va yo'l to'siqlaridan o'ta olish xususiyatlari ko'rib chiqiladi. Tormozlanish xususiyatlari va ularning ko'rsatkichlari batafsil yoritiladi.
- Konstruktiv qism: Tormoz tizimining konstruktiv elementlari, yengil avtomobildagi tormoz tizimining hisobi, tormozlovchi kuchning o'qlar o'rtasida taqsimlanishi, tormozlanish prosesisini tadqiq etish, avtomobilning tezlanishi va uning ko'rsatkichlari, tormozlanish vaqti va yo'li kabi masalalar tahlil qilinadi.
- Hayot faoliyati xavfsizligi qismi: Avtoservis korxonalarida xavfsizlikni ta'minlash asoslari, xavfli omillar, ulardan himoyalanish usullari, texnik vositalar, to'siqlar, saqlash qurilmalari, blokirovkalar va ularning ahamiyati ko'rib chiqiladi.
- Iqtisodiy qism: Yengil avtomobildagi tormoz tizimining konstruksiyasini iqtisodiy jihatdan asoslash, resurs narhlari, raqobat darajasi, ishlab chiqarish dasturi, rentabellik va o'zini oqlash muddati kabi iqtisodiy ko'rsatkichlar bilan tahlil qilinadi.