Mashina detallari
Ushbu kitob mashinasozlik sohasida muhim ahamiyatga ega bo'lgan "Mashina detallari" fanini o'rganishga bag'ishlangan. Unda mashinalar va mexanizmlarning asosiy elementlari, ularning vazifalari, tuzilishi, materiallari va hisoblash usullari batafsil yoritilgan. Kitob talabalarga, injener-texnik xodimlarga va mashinasozlik sohasiga qiziquvchilarga mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Mashina detallarining umumiy tasnifi: Mashina detallari fanining asosiy tushunchalari, vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqadorligi, mashinasozlik materiallari, detallarni tayyorlash aniqligi va mashina detallariga qo'yiladigan asosiy talablar haqida ma'lumot beriladi.
- Mashinalar ishonchliligi haqida tushunchalar: Mashinalar ishonchliligi, detallarning ishga layoqatliligi, mashinasozlikda ishlatiladigan materiallar, ishonchlilik ko'rsatkichlari va atamalari, detalning mustahkamligi, bikrligi va boshqa xususiyatlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Mashina detallarining ishchanlik qobiliyati va hisoblash mezonlari: Mashina detallariga ta'sir qiluvchi kuchlanishlar, mustahkamlik zapasi koeffisiyentlari, loyiha va tekshiruv hisoblari haqida ma'lumotlar beriladi. Ruxsat etilgan kuchlanish, bikrlik, issiqbardoshlik kabi tushunchalar batafsil yoritilgan.
- Birikmalar haqida umumiy ma'lumotlar: Payvand, kavshar va yelimli birikmalar, parchin mixli birikmalar, rezbali, shponkali, shlitsali, profilli va shtiftli birikmalar, prujinalar va rezinali elastik elementlar haqida ma'lumotlar beriladi. Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalarning xususiyatlari ko'rsatilgan.
- Payvand birikmalar: Uchma-uch payvand birikma va uni hisoblash, ustma-ust payvand birikma va uni hisoblash, kontakt payvandlash, payvand birikmalar mustahkamligini oshiri bo'yicha tavsiyalar va payvand birikmalarning turlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Kavsharli, yelimli va parchin mixli birikmalar: Kavsharli birikmalar, yelimli birikmalar, parchin mixli birikmalar haqida umumiy ma'lumotlar va ularni turlari, hisoblash usullari, afzallik va kamchiliklari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Rezbali birikmalar: Rezbalarning tasnifi, rezbaning geometrik ko'rsatkichlari, rezbalarning asosiy turlari, rez'bali birikma xakida tushuncha, rez'bali birikmaning asosiy kamchiligi va rez'ba turlarini tushuntirish.
- Rezbali birikmalarni mustahkamlikka hisoblash: Rezbali birikmalarni mustahkamlikka hisoblash, rezbali birikmalarni konstruktsiyalash bo'yicha tavsiyalar, vintli juftdagi kuch nisbatlari va burovchi mo`lent haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Shponkali birikmalar: Shponkali birikmalar haqida umumiy maʼlumotlar, Shponkali birikmalarni hisoblash va tavsiflari.
- Shlitsali birikmalar: Shlitsali birikmalarning turlari va ularning qo'llanishi, Shlitsali birikma detallarining yemirilish turlari va Slitsali birikmalarning ishlash qobiliyati va ularni hisoblashning asosiy mezonlari.
- Detallarni tig'izlik hisobiga biriktirish: Presslangan birikmalarni hisoblash, Tribotexnika asoslari. Ishqalalanishning turlari va Yeyilishning turlari. Moylash materiallari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Uzatuvchi mexanizmlar va ularning hisobi. Mexanik uzatmalar: Tasmali uzatmalar. Friksion uzatmalar va variatorlar. Tishli va giperboloid uzatmalar. Vint-gaykali uzatmalar va Zanjirli uzatmalar xaqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Uzatmalarning asosiy parametrlari: Uzatmalarning asosiy parametrlari, foydali ish koeffisiyenti, Uzatish nisbati, yuritmalar haqida qisqacha maʼlumot va Yuritmalarni kinematik hisoblash usullari.
- Friksion uzatmalar va variatorlar: Friksion uzatmada ishlatiladigan materiallar va dumalash jismlari ishchi yuzalarining shkastlanish turlari, Friksion uzatmalarni hisoblash va Variatorlar to'g'risida qisqacha maʼlumotlar.
- Tishli uzatmalar: Tishli uzatmalarning geo`letriyasi va kinematikasi xussusida qisqacha maʼlumotlar, Tishlarning yemirilish turlari va Tishli uzatmaning ishchanlik qobiliyati va hisoblash mezonlari.
- Tishli silindrsimon uzatmalarni mustahkamlikka hisoblash: To'g'ri tishli silindrik uzatmalarni hisoblashning o'ziga xos xususiyatlari va Qiya va shevron tishli silindrik uzatmalarni hisoblashning o'ziga xos xususiyatlari.
- Konussimon tishli uzatmalar: Qiya tishli konussimon uzatmalar va Aylana tishli konussimon uzatmalar xaqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Planetar uzatmalar va ularni hisobi: Uzatmalarda ishlatiladigan materiallar va ularga termik ishlov berish, Planetar uzatmalar va ularni hisoblashdagi xususuyatlar va Ayqash o'qli vintaviy va gipoid uzatmalar xususida qisqacha maʼlumotlar.
- Chervyakli uzatmalar: Uzatmaning geo`letrik parametrlari va ularning tayyorlash usullari, Uzatmalarning kinematik parametrlari va Chervyakli uzatmalarda ishlatiladigan materiallar. Cherviyakli tishli uzatmalar turlari, ishlatilish sohalari, afzallik va kamchiliklari
- Tasmali uzatmalar: Tasmali uzatma to'g'risida umumiy maʼlumotlar, Yassi tasmali uzatmalar. Ponasimon tasmali uzatmalar. Tishli tasmali uzatmalar va Tasmali uzatmalarni hisoblash asoslari.
- Zanjirli uzatmalar: Zanjirli uzatmalarning asosiy tasniflari, Zanjir, yulduzchalarning tuzilishi va ular uchun ishlatiladigan materiallar va Zanjirli uzatma kinematikasi va dinamikasi.
- Vallar va o'qlar: Vallar va o'qlarning tuzilishi va ular uchun ishlatiladigan materiallar, Vallarning loyihaviy hisobi va Vallarning tekshiruv hisobi.
- Podshipniklar: Sirpanish podshipniklari to'g'risida umumiy maʼlumotlar va ularning tasnifi va Dumalash podshipniklari to'g'risida umumiy maʼlumotlar va ularning tasnifi.
- Muftalar: Umumiy maʼlumotlar va vazifalari, Sidirg'a muftalar va tishli muftalar, Zanjirli muftalar va elastic vtulka-barmoqli muftalar.