"Телекоммуникация тизимлари ва тармоқлари"
Ushbu kitob telekommunikatsiya sohasiga oid laboratoriya ishlarini o'z ichiga olgan uslubiy qo'llanma bo'lib, unda analog signallarni raqamli signallarga aylantirish usullari, abonent terminallari, kommutatsiya tizimlari va ularning element bazasi, radioaloqa tarmoqlari va boshqa muhim mavzular ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Analog signalni raqamli signalga aylantirish usullari: Impuls-kodli modulyatsiya (IKM) asosida signallarni analog-raqamli va raqamli-analog o'zgartirish tamoyillari, signallarni o'zgartirish bosqichlari va variantlarini o'rganish.
- Abonent terminallari: Telekommunikatsiya tarmoqlari abonentlari foydalana oladigan aloqa turlari uchun mo'ljallangan oxirgi terminallar, ularning vazifalari va imkoniyatlarini o'rganish.
- Kommutatsiya tizimlarini element bazasi: Avtomatik kommutatsiyada keng qo'llaniladigan elektromagnit relelar, gerkon, gezakon, ferrid relelarining tuzilishi, ishlash tamoyili va farqlarini o'rganish.
- Kommutatsiya tizimini kommutatsiya maydonining tuzilishi: Fazo va vaqt bo'yicha bo'lingan Э-ATS kommutatsiya maydonini qurilish tamoyillari, АРУ, РАУ, ВКБ, ФКБ bloklarini o'rganish.
- Kommutatsiya tizimini boshkaruv kurilmalarni tuzilish prinsiplari: Shaxsiy, guruhli, markazlashgan va markazlashmagan boshqarish usullarini, ishlash jarayonini o'rganish.
- Telefon tarmoqlarida signalizatsiya: Signal tushunchasi, signal turlarini boshqarish, liniya va akustik signallarning vazifasini, ularni uzatish usullarini o'rganish.
- Э-ATS S&C 08 funksional sxemasi. Chakirikka hizmat ko'rsatish jarayeni: Э-ATS S&C 08 tizimining texnik tavsifi va uning imkoniyatlarini, modullar vazifalarini, yig'ish usulini o'rganish.
- Telekommunikatsiya tarmoqlari: Aloqa tarmoqlarini, ularni turlarini telefon tarmoqining telekommunikatsiya tarmoqidan farqini, qurilish tamoyillarini o'rganish.
- Radioaloka tarmoklar: Radio aloqa tarmoqlarini, intellektual, integral hizmatlarni beruvchi raqamli tarmoqni o'rganish.