Elektrodinamika
Ushbu kitob elektrodinamika fanining asosiy tushunchalari, qonunlari va usullarini o'rganishga bag'ishlangan. Kitobda elektrodinamikaning yaratilish tarixi, Maksvell tenglamalari, muhitlarda elektromagnit to'lqinlarning tarqalishi, chegaraviy shartlar, elektrostatika, magnitostatika va kvazistatsionar maydonlar kabi mavzular batafsil yoritilgan. Nazariy materiallar amaliy misollar bilan mustahkamlanadi.
Asosiy mavzular
- Elektrodinamikaga kirish: Elektrodinamikaning yaratilish tarixi, Maksvell tenglamalarini talqin qilishning evolyutsiyasi, elektromagnit maydonning moddiylik tabiatini kashf etilishi, elektr va magnit xususiyatlari, o'zaro ta'sirning turlari.
- Elektrodinamika va nisbiylik nazariyasi: Zaryad va maydonlar, nisbiylik nazariyasining elektrodinamika qonunlarini yangicha tushunishga ta'siri, elektromagnit maydonning ob'ektiv realligi, yorug'lik tezligining yuqori chegarasi.
- Harakatning nisbiyligi: Nyuton mexanikasi va nisbiylik nazariyasi, Galileyning nisbiylik printsipi va almashtirishlari, maxsus nisbiylik nazariyasi, fazo va vaqtning materiyaning xossasi ekanligi.
- Lorents almashtirishlari: Lorents almashtirishlari, vaqt oralig'ining nisbiyligi, uzunlikning nisbiyligi, tezliklarni qo'shishning relyativistik qonuni, Eynshteyn postulotlari.
- Zarraning parchalanishi: Modda va maydon, moddaning atom-molekulyar tuzilishi, elementar zarralar, kuchli, elektromagnit, kuchsiz va gravitatsion o'zaro ta'sirlar.
- Maksvell tenglamalari tajriba natijalarining umumlashmasi sifatida: Kulon qonunining maydon taxlili, Ostrogradskiy-Gauss teoremasining differensial shakli, uzliksizlik tenglamasi, siljish toki, to'la tok qonunining umumlashgan differensial shakli, elektromagnit induksiya qonuni.
- Chegaraviy shartlar: Chegaraviy shartlarning to'la sistemasi, magnit maydon induksiyasi vektorining normal tashkil etuvchisi uchun chegaraviy shart, elektr maydon induksiya vektorining normal tashkil etuvchisi uchun chegaraviy shart.
- Elektrostatik maydondagi o'tkazgichlar: O'tkazgich ichida elektrostatik maydoni mavjud emasligi, o'tkazgichlarda xajmiy zaryadlarning mavjud bo'lmasligi, o'tkazgich sirti yaqinidagi maydon, o'tkazgichni potensiali.
- Elektrostatik maydondagi dielektriklar: Dielektriklarni kutblanishi, dielektrik mavjud bo'lganda sklyar potensialning ifodasi, dielektrik singdiruvchanlik bilan dielektrik kirituvchanglik orasidagi bog'lanish.
- Elektrostatik maydon energiyasi: Energiyaning maydon vektorlari va potensial xamda zaryad zichliklari orqali ifodalari, zaryadlar va zaryadlangan o'tkazgichlarning energiyasi.
- Kvazistatsionar elektromagnit maydonlar: Kvazistatsionarlik shartlari, asosiy tenglamalar, elektromagnit induksiyani xisobga olgan xolda Om qonunining integral shakli, xarakatdagi o'tkazgich va muxitda induksiya qonuni.
- Skin samarasi va uning elementar nazariyasi: Xodisaning moxiyati, elementar nazariyasi, oʻtkazgich Omik qarshiligi va oʻzinduksiya koeffitsientini chastotaga bog'liqligi.
- O'zgaruvchan elektromagnit maydonlar va ularning tenglamalari: Umumiy muloxazalar, vektor va sklyar potensiallar va ularni, vektor va sklyar potensiallar uchun tenglamalar.
- Ikki muxit chegarasida yassi elektromagnit to'lqinlarini sinishi va qaytishi: Elektromagnit to'lqinlari uchun chegaraviy shartlar, Qaytish va sinish chastotasining oʻzgarmasligi, Tushish, qaytish va sinish burchaklari orasidagi munosabatlar. Snellius qonuni.