Аndrаgоgikа

Kattalar taʼlimi va andragogikaga oid ushbu kitobda androgogikaning nazariy asoslari, uzluksiz taʼlim tizimi, shaxsning kasbiy rivojlanishi, yoshi katta aholining taʼlimi, kattalarni oʼqitish texnologiyalari kabi masalalar oʼrin olgan. Shuningdek, kattalar taʼlimida interaktiv metodlar va kommunikativ oʼyinlar ham koʼrib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Andragogika fanining nazariy asoslari: Andragogika fanining maqsadi va vazifalari, andragogikani o'rganishga qo'yilgan talablar, pedagogika va andragogika o'rtasidagi aloqadorlik masalalari bayon etilgan.
  • Andragogikani rivojlanish tarixi: Andragogikaning nazariy va amaliy rivojlanish bosqichlari, uzluksiz ta'lim tizimida kattalar taʼlimining oʼrni ko'rib chiqilgan.
  • Yosh katta inson - taʼlim sub'ekti sifatida: Kattalarning yosh xususiyatlari, davrlari va ularning taʼlim olish jarayoniga ta'siri o'rganilgan.
  • SHaxs kasbiy rivojlanishining andragogik asoslari: Kasbiy maʼlumotni shaxsga berilgan nisbati, shaxsning faoliyatga oid qobiliyatlarini boyitish, kasbiy taʼlimning oʼziga xosliklari tahlil qilingan.
  • Kattalarni o'qitishda masofali ta'lim texnologiyalari: Masofali ta'limning mohiyati, turlari, afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, O'zbekistonda masofali ta'limni rivojlantirish istiqbollari ko'rib chiqilgan.
  • Kattalar ta'limi amaliyoti: Seminar tarzdagi mashg'ulotlarning o'ziga xos xususiyatlari, interaktiv metodlar va kommunikativ o'yinlarning ahamiyati yoritilgan.