Pul, kredit va banklar
Ushbu kitob "Pul, kredit va banklar" fanidan amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish bo'yicha uslubiy qo'llanma bo'lib, unda talabalarga fanni chuqurroq o'zlashtirishga yordam beradigan amaliy mashg'ulotlar rejasi va materiallari keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Pulning zarurligi va mohiyati: Tovar ishlab chiqarishda pulning ahamiyati, pulning mohiyati va xususiyatlari, tovar qiymatining umumiy ekvivalenti, bozor iqtisodiyotida pulning roli va jahon moliyaviy inqirozi sharoitida pul munosabatlarining bozor munosabatlariga moslashuvi.
- Pulning funktsiyalari va roli: Pulning qiymat o'lchovi, muomala vositasi, to'lov vositasi va jamg'arma vositasi sifatidagi funktsiyalari, pul funktsiyalarining o'zaro bog'liqligi, pul turlari, pulning iqtisodiyotdagi roli, YaIM va pul barqarorligi, pul barqarorligini ta'minlashning ahamiyati.
- Pul aylanishi va uning tuzilishi: Pul aylanishiga tavsifnoma va uning tuzilishi, pul aylanishining tarkibiy qismlari, turli iqtisodiy tizimlarda pul aylanishi, naqd pulsiz hisob-kitoblar, ularning tashkil qilish tamoyillari va shakllari, naqd pul aylanishi va uning xususiyatlari.
- Pul muomalasini tashkil qilish va pul massasi: Pul muomalasi qonuni, pul massasi va bazasi, muomaladagi pul massasini boshqarish, pul multiplikatori, pul agregatlari va ularga tavsifnoma, O'zbekistonda va rivojlangan mamlakatlarda pul agregatlari, pul muomalasini tartibga solishda Markaziy bankning roli.
- Pul tizimining mohiyati, turlari va elementlari: Pul tizimi va uning asosiy elementlari, pul tizimining turlari va rivojlanish bosqichlari, zamonaviy pul tizimi, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning pul tizimlari va ularning xususiyatlari.
- Inflyatsiya va pul muomalasini barqarorlashtirish usullari: Inflyatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari, inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, pul muomalasini barqarorlashtirish, pul islohotlari, talab va taklif inflyatsiyasi, Markaziy bankning pul-kredit siyosati.
- Pul nazariyalari: Pul nazariyalari haqida umumiy tushuncha, ularning kelib chiqishi, turlari va namoyondalari, metallik nazariya, nominallik nazariyasi, miqdoriy nazariya, monetarizm, keynsian va nokeynsian qarashlar, zamonaviy talqinlar.
- O`zbekiston Respublikasining pul tizimi: O`zbekiston Respublikasida pul tizimi rivojlanishining tarixi, mustaqil pul tizimining joriy qilinishi, so`mning muomalaga kiritilishi, 1994 yildagi pul islohoti, pul tizimining amaldagi holati, milliy valyutaning konvertabelligini ta`minlash yo`llari.
- Xalqaro valyuta munosabatlari: Xalqaro iqtisodiy aloqalar, valyuta munosabatlarining asosi, valyuta tizimi va uning turlari, O'zbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodiy munosabatlari, valyuta kursi va unga ta'sir qiluvchi omillar.
- Xalqaro hisob-kitob operatsiyalari: Xalqaro hisob-kitoblarni tashkil qilish asoslari, hisob-kitob shakllari (inkasso, bank o`tkazmalari, akkreditiv), ularni qo`llash va O`zbekistonda ko`llaniladigan shakllar.
- Kreditning zarurligi, mohiyati va funktsiyalari: Fondlar aylanishi, kreditning zarurligi, kredit ob'ektlari va sub'ektlari, kreditning mohiyati va funktsiyalari, shakllari, tamoyillari, qonuniyatlari, bozor iqtisodiyotida kreditning roli.
- Kreditning shakllari va turlari: Kreditning shakllari, turlari va ularning tavsifi, tashqi iqtisodiy munosabatlarda kredit, kreditning tamoyillari, bozor iqtisodiyotida kreditning roli.
- Ba`zi davlatlarning kredit tizimi: Turli davlatlarning kredit tizimi (AQSh, Angliya, Germaniya, ayrim sharq davlatlari), ularning umumiy va farqli jihatlari.
- Bankning mohiyati va bank tizimi: Bank mohiyati, kelib chiqishi, kredit tizimi va uning tuzilishi, banklarning vazifalari va funktsiyalari, rivojlanish bosqichlari, O`zbekiston Respublikasi bank tizimi.
- Maxsus moliya-kredit institutlarining funktsiyalari: Moliya-kredit institutlari, kredit uyushmalari, lombard tashkilotlari, lizing va faktoring kompaniyalari, sug`urta va investitsion kompaniyalari.
- Markaziy bank va uning operatsiyalari: Markaziy bank, uning tuzilishi, faoliyatining asoslari, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki, chet el Markaziy banklari, Markaziy bankning davlat bilan aloqalari.
- Tijorat banklari va ularning funktsiyalari: Tijorat banklari faoliyatining asoslari, tashkil qilish, boshqarish tizimi, tuzilishi, funktsiyalari, faoliyatini tartibga solish usullari.
- Bankning passiv, aktiv va boshqa operatsiyalari: Yuridik va jismoniy shaxslar pul mablag'larini jalb qilish, depozitlar, tijorat banklarining aktiv operatsiyalari, vositachilik operatsiyalari, passiv va aktiv operatsiyalarini boshqarish.
- Tijorat banklari faoliyatining barqarorligini ta`minlash: Bank tizimi faoliyatining barqarorligi, banklarning to'lovga qobiliyati, likvidliligi, faoliyatga ta'sir qiluvchi omillar.