Нефт хомашёсини сақлашда ҳосил бўладиган қаттиқ нефт шламларини қайта ишлаш
Ushbu bitiruv malakaviy ishda neft xomashyosini saqlashda hosil boʻladigan qattiq neft shlamlarini qayta ishlash usullari o'rganilgan. Ishda neft bitumi va uning xarakteristikalari, neftning eruvchanlik qobiliyati va uning uglevodorodlarning eruvchanligi, gassipol smolasi asosida bitumning modifikatsiyasi keng yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Neftning geteroatomli birikmalari: Neft tarkibidagi oltingugurt, kislorod, azot saqlovchi birikmalar, ularning miqdori, ta'siri va ularni yo'qotish usullari.
- Neftning kislorod saqlovchi birikmalari: Kislotalar, ketonlar, fenollar va efirlar kabi ushbu komponentlar, ularning fraksiyalarga notekis tarqalishi.
- Neytral smolalar va Asfaltenlar: Neytral smolalarning turlari, ularning erituvchilarga munosabati, neft tarkibidagi miqdori. Asfaltenlarning tarkibi, xossalari va moylash materiallariga ta'siri.
- Neft bitumini gossipol smolasi, organik va mineral ingridiyentlar bilan modifikatsiyalash: Bitumning yumshalish temperaturasini oshirish maqsadida modifikatsiyalash, turli polimer komponentlar bilan kompozitsiyalar yaratish, komponentlarning funksional guruhlari bilan bitum tarkibidagi funksional guruhlarning ta'sirlashuvi.
- Alkanlar emirilishining ximizmi va mexanizmi: Reakstiyaning bosim va temperaturaga bog'liqligi.