Кенгайтирилган характеристикали икки ипли занжирли баҳяларни олиш технологияси ва тикув машинаси ишчи органларини такомиллаштириш
Mualliflik dissertatsiyasining annotatsiyasi to'qimachilik sanoati uchun ikki ipli zanjirli tikuv texnologiyasini takomillashtirishga bag'ishlangan. Unda yangi konstruksiyalar va parametrlar asosida yuqori sifatli tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish masalalari ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Zanjirli bahyalarni olish texnologiyalari tahlili: Ushbu bobda adabiyot manbalari asosida mavjud zanjirli bahyalarni olish texnologiyalari va konstruksiyalari tahlil qilinadi, ularning afzalliklari va kamchiliklari ko'rsatiladi. Zanjirli bahyalarning mustahkamligi, elastikligi va boshqa texnologik ko'rsatkichlariga alohida e'tibor qaratiladi.
 - Yangi tipdagi zanjirli bahyalarni olish texnologiyasi: Ushbu bobda yangi bir va ikki ipli zanjirli bahyalar sxemalari va hosil qilish uslublari keltirilgan, shuningdek, tikuv mashinalarida materiallarni tikishda iplar tarangligini va sarfini hisoblash usullari bayon etilgan. Bir ipli zanjirli bahya sxemasida material tagida o'tgan ip tugunchasi hosil qilingan. Ushbu tuguncha ichidan keyingi halqa o'tkazilib navbatdagi tugunchani hosil qilish imkoniyati yaratilgan.
 - Materiallarni surish jarayonini takomillashtirish: Bobda materiallarni surish texnologiyasini tahlili natijalari, materiallarni surishning samarali uslubi va yangi surish mexanizmi konstruksiyasini takomillashtirish berilgan. Materiallarni surish mexanizmi kinematik va dinamik masalalari yechilgan, texnologik qarshiliklar va reykali richagning tebranish burchagi o'rganilgan.
 - Tikilayotgan materiallarni igna bilan resurs tejamkor tikish uslubini ishlab chiqish: Ushbu bobda igna bilan tikilayotgan materiallarni resurs tejamkor tikish uslubi, igna yuritgichning parametrlarini asoslash bo'yicha nazariy izlanishlar natijalari keltirilgan. Materiallarni yuqori tezliklarda tikishda sharnirda katta reaksiya kuchlari paydo bo'lishi va qayishqoq vtulka muhimligi ta'kidlangan.
 - Pastki ipni uzatish jarayonini takomillashtirish: Tikuv mashinasida qayishqoq bog'lanishli mushtumchali pastki ipni turtkichi sxemasi keltirilgan. Mushtumchali mexanizmni pastki ipni turtkichida ishlatilishi ushbu konstruktsiyani juda soddalashtiradi. Бунда пастки ипни турткичига мураккаб ҳаракат қонунини олишга имкон беради.
 - Zanjirli bahyalarni texnologik ko'rsatkichlarini tajribaviy tadqiqotlari va modernizatsiya qilingan tikuv mashinasini sinov natijalari: Ushbu bobda turli materiallarni tavsiya qilingan zanjirli bahyalar bilan tikilganda deformatsion-mustaxkamli va texnologik harakteristikalari aniqlash bo'yicha kompleks tajribaviy tadqiqotlar natijalari keltirilgan.