Charm buyumlar texnоlоgiyasi
Ushbu kitob charm buyumlar texnologiyasiga bag'ishlangan bo'lib, unda charm buyumlarni tayyorlash jarayonlari, materiallarni bichish, andozalarni joylashtirish, qismlarni yig'ish va biriktirish, shuningdek, materiallardan oqilona foydalanish masalalari yoritilgan. Kitobda charm va sun'iy materiallardan tayyorlangan poyabzal va boshqa charm buyumlar ishlab chiqarishning texnologik asoslari, ishlatiladigan uskunalar va materiallar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Charm buyumlar texnologiyasiga kirish: Charm buyumlar ta'rifi, tayyorlash jarayonlari, xomashyo xususiyatlari, tayyorlash usullari va ularning evolyutsiyasi, qadimiy davrlardan to hozirgi kungacha rivojlanish tarixi.
- Materiallarni bichish: Materiallarni bichish jarayonining mohiyati, bichish usullari, iskanjalar, chopqi pichoqlar, materiallar sig'imi, tejamkorlik, materialning sahnidan foydalanish foizi.
- Qismlarga dastlabki ishlov berish: Bichilgan qismlarga ishlov berish turlari: chetlarni bo'yash, yupqalashtirish, qalinliklarni barobarlashtirish, yelim surish, egib qo'yish, sun'iy materiallarni eritish, tamg'alash (markirovka).
- Qismlarni yig'ish va biriktirish: Tabiiy va sun'iy charmlardan bichilgan qismlarni tikuv mashinalarda ip bilan biriktirish, plenkalardan bichilgan qismlarni yuqori to'lqunli toklar (TVCh) bilan payvandlash, poyabzal ustki tanavorini tayyorlash texnologiyalari.
- Qism va bo'g'inlarni shakllantirish: Qismlarni egish, cho'zish, siqish orqali shakllantirish, tanavorni qolipda shakllantirish, materialning qayishqoqligi, issiq namlash.
- Poyabzalning ostki va ustki qismlarini biriktirish: Poyabzalni tayyorlash jarayonida ostki va ustki qismlarni bir-biriga biriktirish, tag charm choklarini mustahkamligi, biriktirish usullari: mexanik va kimyoviy biriktirish texnologiyalari.
- Materiallarni bichishda andozalarni joylashtirish: Chiqindilar turlari (andozaoraliq, chetki, andozaoraliq ko'prikchalar), material sahnini «A» xarfi bilan belgilash, material sahnini «A» xarfi bilan belgilab, andozalararo chiqindilar, andoza shakli.
- Nuqsonlarni materialni ishlatishga ta'siri: Nuqsonli joylarni chetlab o'tish, materialni ishlatish poizini kamaytirish, tabiiy teri yuzidagi nuqsonlarning soni va uning sahni bo'yicha yoyilishi o'rtasida aloqa.
- Andozaaro ko'prikchaga chiqadigan chiqindilar: Andozalarni uchrashgan joyida, katta bo'lmagan tirqishlarni qoldirish, chiqindilar payda bo'lib, ularni andozalararo ko'prikcha chiqindilar deyiladi.
- Material sahnidan foydalanish foizini (%) hisoblash: Tabiiy andozaaro chiqindi, andozalararo qo'shimcha chiqindi, chetki chiqindi, andozalararo qo'shimcha, navli chiqindi, andozalararo ko'prikcha chiqindilar.
- Andozalar: Andoza va material razmerlarini qaytarilmasligi hisobiga olinadigan chetki chiqindilar.
- Materiallarni kesib ishlash: Kesish usullari, Termofizik usul, Termomexanik usul, Kesuvchi asboblarning kesuvchi qirralarining profili.
- Poyabzal ustiga ishlatiladigan terilarni o'rtacha foydalanish foizini aniqlash: Materiallar poizini chiqarishda qism va terilarning qalinligini hisobga olish lozim, Undan keyin o'rtacha hisoblangan joylashtirish koefitsentini (%) foizda hisoblab chiqariladi.
- Poyabzalni ustki detallarini jamlanmalarini mas'uliyatliroq detallarini salmog'i bo'yicha kombinatsiyalash: Poyabzal ustki qismlariga ishlatiladigan teri sahnlaridan unumli ravishda foydalanish foizini ko'paytirish uchun, qismlarni ikki, harxil komplektlar uchun bichish lozim.
- Materialni qo'zg'aluvchan pichoq tomonga surib qirqish: Xarakat beruvchi kuchni qo'yilish o'rniga ko'ra jarayonlarni ikki guruxga bulish mumkin (1- Xarakatlanuvchi kuch pichoqdan oldinga qo'yiladi, material yo'naltiruvchi qurilma va valik orasida qisiladi, 2-Xarakatlanuvchi kuch pichoqdan keyin qo'yiladi, material yo'naltiruvchi qurilma va pichoq orasida cho'ziladi.)