Қишлоқ хўжалик хариталарини яратиш

Ushbu bitiruv malakaviy ishida Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani qishloq xo'jaligi xaritalarini tuzishda qo'llaniladigan geodezik va kartografik ishlar uslubini takomillashtirish masalalari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, kartografiya ishlarini boshqarishda geoaxborot tizimlaridan foydalanish, geoaxborot tizimi materiallarini qo'llashni takomillashtirish, rivojlangan davlatlar tajribasini tahlil qilish va zamonaviy dasturlarni qo'llash yo'llari ochib berilgan.

Asosiy mavzular

  • Qashqadaryo viloyati bo'yicha umumiy ma'lumotlar: Viloyatning tashkil etilishi, geografik o'rni, iqlimi, tuproqlari, aholisi, undan foydalanish va qishloq xo'jalik faoliyati tahlili, yerlarni baholash holati.
  • Qishloq xo'jaligi xaritalarini tuzish usullarining amaliy va nazariy asoslari: Qishloq xo'jaligi xaritalarini loyihalash va tuzish bo'yicha nazariy va amaliy tushunchalar, ularni loyihalash va tuzish usullari, zamonaviy uslublar va geografiik axborot texnologiyalaridan foydalanish, rivojlangan davlatlar tajribasini o'rganish.
  • Hududning qishloq xo'jaligi xaritasini tuzishda uslublarni takomillashtirish va zamonaviy texnologiyalarni qo'llash: Qishloq xo'jaligi xaritasini yaratishda distansion zondlash materiallaridan foydalanish, geoxborot tizimi texnologiyalari dasturlari asosida qishloq xo'jaligi xaritalarini tuzish va raqamlashtirish, fazoviy modellashtirish metodi orqali tumandagi qishloq xo'jaligi yerlarining uch o'lchamli modelini qurish.
  • Mehnatni muhofaza qilish masalalari: Ishlab chiqarishda texnik xavfsizlikni asoslash, xavfsizlikni ta'minlash printsiplari, dehqonchilikda va chorvachilikdagi jarohatlanishlar tahlili, xavfsizlikni ta'minlash vositalari.