Асосий технологик жараён ва қурилмалар
Ushbu kitob kimyo va oziq-ovqat sanoati texnologik jarayonlarining asosiy nazariy va amaliy jihatlarini qamrab oladi. Unda gidrostatika, gidrodinamika, issiqlik uzatish, aralashtirish, va dispers sistemalarni ajratish kabi muhim mavzular batafsil yoritilgan. Kitob talabalarga, muhandislarga va soha mutaxassislariga mo'ljallangan bo'lib, amaliyotda qo'llaniladigan uslubiy ko'rsatmalar va hisoblash namunalarini o'z ichiga oladi.
Asosiy mavzular
- Gidrostatika asoslari: Suyuqlik muvozanat qonunlari, bosim, gidrostatik bosim kuchlari va ularning hisoblanishi, Paskal qonuni, gidrostatikaning asosiy tenglamasi, tutash idishlar.
- Gidrodinamika. Asosiy tushunchalar: Suyuqlik harakati qonuniyatlari, oqim turlari (turg'un, noturg'un, tekis, notekis), oqimning uzluksizlik tenglamasi, Eyler tenglamasi, Bernulli tenglamasi, gidrodinamikaning amaliy masalalari.
- Gidravlik qarshiliklar. Truba quvurlaridagi gidravlik qarshilik: Ishqalanish qarshiligi, mahalliy qarshiliklar, truba quvurlarining diametrini hisoblash, nasadka va teshiklardan suyuqlik oqib chiqishi, o'zgaruvchan naporda suyuqlik oqimi.
- O'xshashlik shartlari. O'xshashlik teoremalari: Geometrik, fizik, kinematik o'xshashlik, o'xshashlik kriteriylari (Reynolds, Eyler, Froud, Nusselt va boshqalar), o'xshashlik teoremalari.
- Qattiq jismlarning suyuqlikda harakati: Qattiq jismga ta'sir etuvchi kuchlar, cho'kish tezligi, muhit qarshiligi, 'qattiq jism - suyuqlik' sistemasida ekstraksiyalash (eritish).
- Qo'zg'almas va mavhum qaynash qatlamlari gidrodinamikasi: Qo'zg'almas qatlamning xususiyatlari, suyuqlik tezligi, gidravlik qarshilik, mavhum qaynash sharoitlari, oqimning harakteristikalari.
- Nasoslar: Nasoslarning vazifasi, turlari (hajmiy, markazdan qochma, o'qli, uyurmali), asosiy parametrlari (unumdorlik, bosim, quvvat), nasoslarni taqqoslash, gidromexanik jarayonlar.
- Turli jinsli sistemalar klassifikatsiyasi: Dispers sistemalar (suspenziya, emulsiya, ko'pik, chang, tutun, tuman), ularni ajratish usullari (tindirish, filtrlash, sentrifugalash).
- Filtrlash: Filtrlash jarayonining nazariy asoslari, filtrlash turlari, filtrlash qurilmalari, filtrlash jarayonini jadallashtirish.
- Issiqlik almashinish jarayonlari. Issiqlik o'tkazuvchanlik: Issiqlik balansi, issiqlik o'tkazuvchanlikning differensial tenglamasi, tekis devorning issiqlik o'tkazuvchanligi, silindrik devorning issiqlik o'tkazuvchanligi, sharsimon devorning issiqlik o'tkazuvchanligi, issiqlik nurlanishi.
- Konvektiv issiqlik almashinishning o'xshashlik kriteriylari va tenglamalari: Erkin konveksiya davrida issiqlik berish, majburiy konveksiya davrida issiqlik berish, issiqlik tashuvchining agregat holati o'zgarishida issiqlik berish.
- Issiqlik ўtkazish: Issiqlik almashinish jarayonlarini harakatga keltiruvchi kuch.
- Aralashtirish: Suyuklikni aralashtirish usullari, plastmassalarni aralashtirish, sochiluvchan materiallarni aralashtirish, aralashtirish moslamalarini hisoblash.