Аудио ва видеомонтаж лаборатория
Ushbu kitobda O'zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining Televizion Texnologiyalar fakulteti "Kompyuter grafikasi va dizayn" kafedrasi tomonidan tayyorlangan "Audio va videomontaj" nomli uslubiy qo'llanma keltirilgan. Qo'llanma laboratoriya ishlarini bajarish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalardan iborat bo'lib, TTF fakulteti bakalavr bosqichining 4-kurs talabalari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Mediatahrirlovchini sozlash: Professional raqamli mediatahrirlovchini sozlash, o'rnatish, sozlash, oddiy usullar, Time Line da ishlash asoslari.
- Mediani tahrirlash: Fayllarni import qilish va loyihalarni tashkil qilish, videoni qo'lga olish (zaxvat video), rendering, standart bir joydan ikkinchi joyga o'tishlar, audio va videotreklarni qo'shish va boshqarish.
- Eski filmni imitatsiya qilgan holda vaqtni orqaga sanash zastavkasini yaratish: Zamonaviy professional mediatahrirlovchilarda video generatorni o'rganish, tayyor videofayllardan foydalanmasdan vaqtni orqaga sanashning grafik elementini yaratish, unga eski film ko'rinishini berish.
- Video fayllarni tezda qayta ishlash: VirtualDub yordamida AVI videokonteynerini montaj qilish, ovoz yo'lakchasini o'zgartirish va rendering hamda qayta kompressiyasiz tahrir qilish.
- Eng oddiy filmning montaji: Sujetni ishlab chiqish, sujet bo'yicha ssenariy yozish, qayta kadrlashni amalga oshirish, zaruriy kadrlarni videoga olish, dastlabki sujet bo'yicha filmni montaj qilish.