Bosim ostida quyish usuli bilan kobalt avtomobili uchun sovutish trubkasi ishlab chiqarish bo’limini loyihasi (ishlab chiqarish quvvati yiliga 500 000 dona).

Ushbu kitobda kobalt avtomobillari uchun ABS plastmassadan sovutish trubkalarini ishlab chiqarish texnologiyasi batafsil yoritilgan. Unda xomashyodan tortib tayyor mahsulotgacha bo'lgan jarayonlar, uskunalarning texnik xususiyatlari, iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlari, avtomatlashtirish, mehnat muhofazasi va ekologiya masalalari qamrab olingan. Kitob talabalar, muhandislar va soha mutaxassislari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Xomashyo tasnifi: Akrilonitrilbutadiyenstirol (ABS) plastmassasining xususiyatlari, fizik-mexanik ko'rsatkichlari, plastifikatorlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Bosim ostida quyish texnologiyasi: Bosim ostida quyish usulining mohiyati, jarayon bosqichlari, mashinalar tuzilishi, termoplastlarni quyish rejimlari, texnologik parametrlar tahlili, qolipning issiqlik balansi va boshqa jihatlar ko'rib chiqilgan.
  • Tayyor mahsulotga qo'yiladigan talablar: Sovutish trubkalariga qo'yiladigan talablar, ularning deformatsiyaga, haroratga, kimyoviy moddalarga chidamliligi haqida ma'lumot berilgan.
  • Xomashyo va materiallar sarf-balansi: Ishlab chiqarishdagi yo'qotishlar hisobi, materiallar sarfi me'yorlari, yillik umumiy sarfni aniqlash, retseptura tarkibi va tashish xarajatlari batafsil hisoblangan.
  • Uskunani tanlash: Bosim ostida quyish apparatining tuzilishi, texnik xarakteristikalari, ish rejimi, va issiqlik balansi haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlari: Ishlab chiqarish tannarxini kalkulyatsiya qilish, rentabellikni aniqlash, asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlar va korxonaning o'zini qoplash muddati hisoblangan.
  • Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish: Avtomatlashtirishning asosiy maqsadlari, boshqaruv tizimining vazifalari, va kompyuter modemi sxemasi va obektni optimal boshqarish, rostlash qonuniga binoan ko'rinishi tanlangan.
  • Mehnat muhofazasi va ekologiya: Korxonada mehnatni muhofaza qilish ahamiyati, sanitary himoya zonalari va texnologik jarayonlar xavfsizligini ta'minlash tadbirlari yoritilgan.