Texnologik vositalarni hisoblash va loyixalash
Ushbu kitob metall qirqish dastgohlarining tuzilishi, kinematikasi, sozlash usullari va boshqaruv dasturlarini tuzishga bag'ishlangan. Unda tokarlik, frezalash, jilvirlash va tish frezalash dastgohlari haqida ma'lumotlar berilgan, shuningdek, ularni sozlash va ishlatish bo'yicha amaliy ko'rsatmalar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Metall qirquvchi dastgohlardagi harakatlar: Turli dastgohlarda metallarni qirqib ishlashda bajariladigan harakatlarni o'rganish, xavfsizlik texnikasi qoidalarini o'zlashtirish.
- Kinematik balans tenglamasini tuzish: Kinematik zanjirlar uchun kinematik balans tenglamasini tuzish uslubini o'rganish, dastgoh sozlash mexanizmlari bilan tanishish.
- Tokarli-revolver dastgohini sozlash: Keskichni talab qilingan kesish chuqurligida qirqish uchun o'rnatish tushunchasini o'zlashtirish, dastgohni talab qilingan kesish rejimini olish uchun amaliy sozlash.
- Dumaloq jilvirlash dastgohini o'rganish va sozlash: Metallarni jilvirlash ishi bilan tanishtirish va jilvirlash dastgohida ishlash jarayonlarini o'rganish.
- Tish frezerlovchi dastgohni o'rganish va tishli g'ildiraklarga ishlov berish uchun sozlash hisobi: Tish frezerlovchi dastgohining tuzilishi bilan tanishish va tishli g'ildiraklarga ishlov berish uchun sozlashni o'rganish.
- Universal bo'lish kallagini sozlash: Universal bo'lish kallagini sozlash usullari bilan amaliy tanishtirish, uni oddiy va differensial bo'lishga sozlashni o'rganish.
- SDBli dastgohini o'rganish: SDBli dastgohlarning tuzilishini, asosiy qismlari va ishlash printsipi bilan tanishish.
- Berilgan detalga ishlov berish uchun boshqaruv dasturini tuzish: SDB dastgohlarining tuzilishini bilan tanishish va boshqaruv dasturini tuzishni o'rganish.
- Metall qirqish dastgohlarini sozlash: Gorizontal frezalash dastgohi misolida dastgohning qisqartirilgan pasportini tuzish usuli bilan amalda tanishtirish.