Tuproqshunoslik asoslari

Ushbu kitob tuproqshunoslik asoslari fanidan o'quv-uslubiy majmua bo'lib, talabalarga tuproq paydo bo'lish jarayoni, nurash va uning turlari, tuproq morfologiyasi, tarkibi, xossalari, unumdorligini oshirish tartiblari to'g'risida tushuncha berishdan iborat.

Asosiy mavzular

  • Tuproqshunoslik faniga kirish: Tuproq haqida tushuncha, tuproqning ta'rifi. Tuproqshunoslikning umumiy va maxsus uslublari. Boshqa fanlar bilan aloqasi. Tuproqshunoslik tarixi. Fanning muammolari.
  • Tuproq paydo bo'lish jarayonining umumiy sxemasi: Tuproq paydo bo'lish jarayonining umumiy sxemasi. Tog' jinslari va minerallarning nurashi. Nurash va uning tiplari. Tuproq xosil qiluvchi yotqiziqlarning paydo bo'lishi va tarkibi.
  • Tuproqning morfologik belgilari: Tuproq profilining tuzilishi, tuproq qatlamlari, zichligi, g'ovakligi, yangi yaralmalar, qo'shilmalar va ularning tuproq paydo bo'lishidagi ahamiyati.
  • Tuproq paydo qiluvchi ona jinslarning mineralogik tarkibi: Tuproq paydo qiluvchi jinslar va tuproqning qattiq zarralarining tarkibi. Birlamchi va ikkilamchi minerallar. Tog' jinslari va tuproqdagi minerallarning tuproq unumdorligidagi ahamiyati va tuproq xossalariga ta'siri.
  • Tuproq va tuproq ona jinslarining mexanik tarkibi: Tuproqning mexanik tarkibi va mexanik elementlarning ta'snifi. Tuproq ona jinsining mexanik, mineralogik va kimyoviy tarkibining tuproq unumdorligiga ta'siri.
  • Tuproq hosil bo'lishida tirik organizmlarning ahamiyati: Tirik organizmlarning tuproq paydo bo'lishidagi ahamiyati. Yashil o'simliklar va mikroorganizmlarning tuproq paydo bo'lishidagi ahamiyati.
  • Tuproq organik qismining kelib chiqishi, tarkibi, hossalari va ahamiyati: Tuproq organik qismining hosil bo'lishi. Tarkibi va kelib hususiyatlari. O'simlik qoldiqlarining kimyoviy tarkibi, tarkibi. O'simliklar - tuproq hosil bo'lishida muhim va manba.
  • Tuproq kolloidlari va tuproqning singdirish qobiliyati: Tuproq kolloidlarining tuzilishi, tarkibi va hossalari. Mineral, organik va organomineral kolloidlar. Koagulyatsiya va peptizatsiya hodisasi. Gel va zol hosil bo'lishi. Tuproqning singdirish qobiliyati, turlari. Tuproqdagi singdirilgan kationlar tarkibi. Singdirish sig'imi va ularning tuproq hossalariga ta'siri.
  • Tuproq kislotaliligi va ishqoriyligi, buferligi, agronomik ahamiyati: Tuproq PH ko'rsatgichi. Tuproqning buferlik qobiliyati va uning agronomik ahamiyati. Tuproq reaksiyasini boshqarish yo'llari(Kimyoviy melioratsiya).
  • Tuproq strukturasi (donadorlik): Donadorlik turlari va uni hosil qiluvchi sharoitlar. Donadorlikning tuproq unumdorligi, g'ovakligi, fizik-kimyoviy sharoitlarning rivojlanishiga ta'siri. Ularni aniqlash va muhofaza qilish usullari.
  • Tuproqning fizik va fizik mexanik xossalari va uni boshqarish: Tuproqning umumiy fizik xossalari(Solishtirma massasi, xajim massasi, g'ovakligi). Tuproqning fizik mexanik xossalari(Yopishqoqlik, plastiklik, ko'pchish, cho'kish, solishtirma qarshilik va b.). Fizik xossalarning tuproq strukturasi, mexanik tarkibi, organik moddalar miqdori va boshqa faktorlarga bog'liqligi.
  • Tuproq unumdorlgi: Tuproq unumdorligi to'g'risida tushuncha. Tabiiy, sun'iy,potentsial, effektiv, nisbiy, iqtisodiy unumdorlik kategoriyalari. Unumdorlikning pasayib ketish hodisasi. Tuproq unumdorligini tiklash va oshirish borasidagi chora-tadbirlar.
  • MDX va O'zbekiston xududidagi tuproqlarni rayonlashtirish prinsiplri: Tuproq resurslari va ulardan dehqonchilikda foydalanish. Tuproq geografik rayonlashtiririshda taksonomik birliklardan foydalanish. Agrotuproq rayonlashtirish prinsiplari. Tabiiy resurslardan samarali foydalanish.
  • Tayga o'rmon va o'rmon dasht zonasining tuproqlari.: Podzol, botqoq, qora tuproqlar ularning tarqalishi, tuzilishi, tasnifi, tarkibi va xossalari, muxofaza qilish va qishloq xo'jaligida samarali foydalanish.
  • Cho'l va cho'l-dasht zonasining tuproqlari: Sur-qo'ng'ir, taqir.qumli va bo'z tuproqlar. Ularning tarqalishi va xossalari, tuzilishi, tasnifi, muxofaza qilish va qishloq xo'jaligida samarali foydalanish.
  • Gidromorf tuproqlar: Cho'l va bo'z tuproqlar zonasining gidromorf tuproqlari. tuzilishi, tasnifi, tarkibi va xossalari, muxofaza qilish, qishloq xo'jaligida samarali foydalanish va unumdorligini oshirish yo'llari.
  • Tuproq eroziyasi va unga qarshi kurash choralari: Eroziya turlari. Uning tuproq unumdorligiga ta'siri. Tuproqni eroziyadan muhofazalash usullari va ulardan qishloq xo'jaligida foydalanish.
  • Tuproq bonitirovkasi va yerlarni iqtisodiy baholash.: Tuproq unumdorligini baholash usullari. Pasaytirish koeffisentlari. O'zbekistonda tarqalgan tuproqlarning sifat bahosi. Tuproq xaritasi va xaritogrammalari bilan tanishish. xaritalari va xaritogrammalaridan qishloq xo'jaligida foydalanish.