Chizma geometriya va muxandislik grafikasi.Muxandislik grafikasi va eskiz.
Ushbu uslubiy qo'llanma muhandislik grafikasi kursining boshlang'ich qismi bo'lmish proeksion chizmachilikka oid sodda detallarning yaqqol tasvirlari berilgan. Bu tasvirlar murakkabligiga qarab 3 toifaga bo'lingan. 1 va 2 - toifadagi yaqqol tasvirlar juda sodda bo'lib, dimetriya usulida yasalgan. 3- toifadagi yaqqol tasvir esa izometriya usulida yasalgan. Berilgan yaqqol tasvirlarga qarab, ularning uchta ko'rinishini yasash, zarur o'lchamlarini qo'yib chiqish, qirqim va kesimlarini berish, hamda detalning yaqqol tasvirini qurish talab qilinadi. Har bir variantdagi sakllar juda sodda bo'lib, talabalar dars jarayonida, ularning proeksiyalarini mustaqil ravishda bajarib, o'z bilimlarini mustahkamlaydilar. Izometriya uslubida yasalgan yaqqol tasvirning uchta ko'rinishini aniq o'lcham va masshtab asosida yasash hamda uning yaqqol tasvirini izometriya usulida qurish talab qilinadi. Detallarning yaqqol tasvirlariga qirqim va kesim berilmaydi. Topshiriqni A3 format chizma qog'ozda bajariladi. Bajarib taxt qilingan grafik ish baholash uchun taqdim etiladi. Ushbu uslubiy qo'llanma "Fakultetlararo umutexnika fanlari" kafedrasining 2017 yil (bayonnoma №__) majlisida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Respublika hukumati va Prezidenti olib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda mamlakat hayotining barcha jabhalarini rivojlantirishga, ayniqsa kelajak avlodni milliy tiklanish mafkurasi ruhida tarbiyalashga juda katta e'tibor berilmoqda. Hozirgi kunda ta'lim olayotgan yoshlar Respublikamizning kelajagidir. Hozirgi paytda ta'lim tizimini takomillashtirish orqali har tomonlama yetuk, barkamol, mustaqil fikrlashga qodir, irodali, fidoiy va tashabbuskor kadrlarni tayyorlashga katta e'tibor berilmoqda. Bu borada ta'lim turlari to'g'risidagi mutlaqo yangi qoidalar hayotga joriy etildi. Kadrlar tayyorlash va uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilishning huquqiy – me'yoriy asosi yaratildi. Chizma geometriya va kompyuter grafikasi, muhandislik chizmachiligi va eskizi fanlarini o'qitishda hozirgi zamon ta'lim tehnologiyalaridan samarali foydalanish ko'zlangan maqsadimizga erishishning eng maqbul yo'llaridan biri hisoblanadi. Bu borada Chizma geometriya va kompyuter grafikasi, muhandislik chizmachiligi va eskizi fanlarining muhandislik grafika bo'limi bo'yicha tayyorlangan ushbu uslubiy qo'llanma talabalarda proyeksion chizmachilikka oid masalalarni mustaqil echishga katta yordam beradi. Ushbu uslubiy qo'llanmada CAD tizimidagi AutoCAD dasturi asosida tayyorlangan namunalar va talabalar uchun variantlar keltirilgan. Hamda talabalarni fanga yanada qiziqishlarini va ilmiy dunyo qarashlarini kengaytirish maqsatida mavzuga oid "Keys stadi” interfaol metodlar ham berilgan.
- Grafik ishning maqsadi va tartibi: Proeksion chizmachilikka oid ushbu grafik ishning maqsadi mashinasozlik detallarining chizmalarini bajarish. Detallarni chizmalarda ko'rinishlarini aniqlash. O'lchamlar qo'yish bo'yicha o'rgangan qoidalarni amalda qo'llay olish. Topshiriqda yaqqol tasviri berilgan buyum(detal)ni fazoviy tasavvur qilish orqali asosiy ko'rinishlarini aniqlash ko'nikmalarini hosil qilish, hamda davlat standartlarda bayon etilgan qoyidalarga rioya qilgan holda, yshbu detalning asosiy uchta ko'rinishini proeksion bog'liqlikda chizmasini bajarish, hamda ularga o'lchamlar qoyishdan shuningdek ularga qirqim va kesimlarni bajarishdan iboratdir. Grafik ish A3 (420X297 mm) format chizma qog'ozida qalamda bajariladi. Chizma qog'oziga ramka chiziladi. Ramka qog'oz chap tarafidan 20 mm, qolgan taraflaridan 5 mm dan o'lchab, asosiy tutash chiziq bilan chiziladi. Ramkaning pastki o'ng burchagiga asosiy yozuvni burchak shtampi chiziladi. Asosiy ko'rinishlar uchun joy ajratiladi. Ingichka tutash chiziqda va proeksion bog'liqlikda old, ust va chap ko'rinishlar bajariladi. Ko'rinishdagi tasvirda ko'rinmay qolgan chiziqlar shtrih chiziqda chizib to'liq tayyorlanadi. Simmetriya va o'q ciziqlari ingichka shtrih – punktir chiziqda chiziladi. Ko'rinishlarlarga ingichka tutash chiziqda chiqarish va o'lcham chiziqlari ciziladi. O'lcham chiziqlarini uchlariga strelkalar chiziladi. Chiziq turlari va chiziqning qalinligiga rioya gilgan holda chizma tahtlanadi. Agar o'lcham chizig'i asosiy yozuyga nisbatan tik vazivatda bo'lsa, o'lcham kattaligining son qiymati o'lcham chizig'ining chap tomoniga yoziladi. Agar o'lcham chizig'i asosiy yozuyga parallel bo'lsa, o'lcham kattaligining son qiymati o'lcham chizig'ining ustiga yoziladi. Asjsiy yozuv toldiriladi. Asosiy yozuvni aniq va hatolarsiz to'ldirish talab etiladi.
- Topshiriqni bajarish uchun namunalar va variantlar: Kitobda 74 ta turli murakkablikdagi detallarning izometrik tasvirlari va ularning o'lchamli chizmalari keltirilgan. Har bir detalning o'ziga xos shakli va o'lchamlariga qarab, talabalar ushbu namunalardan foydalanib, proyeksion chizmalarini va izometrik tasvirlarini chizishlari mumkin.
- Keyslar banki: Keys-1: Detal izometriyasi. Detallarni to'g'ri va aniq loyihalash uchun detalning ko'rinishlari haqida yetarli ma'lumot beruvchi chizmalarni ketma-ket ravishda belgilab olishimiz kerak bo'ladi. Odatda talabalarga detalning ko'rinishlari to'g'risidagi masalalar ikki xil usulda beriladi. Keys-2: Detallarning kesim va qirqimlari. Detallarni loyihalashda ularning ichki tuzulishlarini bilish juda katta axamiyatga ega xisoblanadi. Detal to'g'risida ko'proq ma'lumotga ega bo'lishimizda esa kesim va qirqimlardan kengroq foydalanish qulay hisoblanadi. Keys-3: Detalning gorizantal va frontal ko'rinishlaridan foydalangan xolda profel proektsiyasini aniqlash. Detallarni loyihalash jarayonida ularning ko'rinishlarini to'g'ri joylashtirish juda katta axamiyatga ega xisoblanadi.
- Adabiyotlar va internet saytlari: Kitobda foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlari ro'yxati keltirilgan bo'lib, talabalar qo'shimcha ma'lumot olishlari uchun foydalidir.