Urganch shahriga mo’ljallangan loyiha uyi binosini loyihalash
Ushbu kitob Urganch shahrida Loyihachilar uyi binosini loyihalashga bag'ishlangan. Loyiha arxitektura, konstruksiya, qurilish texnologiyasi, iqtisodiyot va mehnat muhofazasini o'z ichiga oladi. Kitobda loyiha jarayoni, talablar, sanitariya-gigiyena qoidalari, yong'inga qarshi choralar va loyihaning turli qismlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, O'zbekiston shaharsozlik sohasidagi qonunchilik asoslari, mahalliy iqlim sharoitlari va Loyihachilar uyiga qo'yiladigan talablar ham ko'rib chiqiladi.
Asosiy mavzular
- Arxitektura qismi: Holat tarhi, bosh reja, binoning arxitekturaviy-rejalashtirish yechimi, arxitekturaviy kompozitsiya va xulosa kabi elementlarni o'z ichiga oladi. Bino Urganch shahrining Istiqlol ko'chasida joylashgan bo'lib, oval va to'g'ri chiziq tutashmasi shaklida loyihalashtirilgan. Tashqi ko'rinishi klassika va zamonaviy uslublar uyg'unligida yaratilgan.
- Konstruktiv qism: Binoning konstruktiv uzeli (ayrim olingan bir qismi), devorlar, tom yopma qismi, poydevor qismi, balka, ustun, rigel va hokazolar hajmi maslahatchi tomonidan belgilanadi hisoblanadi va loyihalanadi. Bino pishiq g'ishtdan qurilgan bo'lib, zilzilabardoshlik talablari inobatga olingan.
- Qurilish texnologiyasi: Qurilish-montaj ishlarini tashkil qilish va qurilish ishlarini bajarish texnologiyasi o'z ichiga oladi. Qurilish-montaj ishlarining nomenklaturasi, ish hajmi, mehnat xarajatlari, mashina vaqti sarfi, qurilish-montaj ishlarini bajarish bo'yicha ko'rsatmalar, ishlarni bajarish ketma-ketligi asosida kalendar reja ishlab chiqishdan iborat.
- Iqtisodiyot qismi: Obʼyektni qurish uchun zarur bo'lgan ish haqi xarajatlari, mashina-mexanizmlar xarajatlari, asosiy qurilish materiallari va konstruksiyalariga qilinganl xarajatlarni, uskuna va jihozlarga qilingan xarajatlarni hisoblab obʼyektning umumiy smeta baxosi va Qurilish – montaj ishlari baxosini aniqlashdan iboratdir.
- Mehnat muhofazasi: Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha texnik yechimlar loyiha hujjatlarida to'g'ri hal qilinishiga va loyihada sanitar maishiy xonalar, yong'in xavfsizligi qurilmalari to'g'ri qabul qilingan va ishlab chiqarish jarayonida mehnatni muhofaza qilishning qonuniy asoslari, xavfsiz va sog'lom ish sharoitlarini tashkil qilishga e'tibor qaratilgan.