"Bahor gullari" natyurmort

Ushbu bitiruv malakaviy ishida oʻrta maxsus ta’lim muassasalarida ta’limning barcha bosqichlarida oʻquvchi tasviriy san’atning natyurmort janrida rasm chizish koʻnikmasini shakllantirishning oʻziga xos metodikasi ishlab chiqilgan va uni yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida oʻquv jarayonlarida joriy etilishi ustida ish olib borilgan. Natyurmortning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati, uning nazariy va amaliy asoslari, o’qitish metodlari va texnologiyalari batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Natyurmortni tasvirlashda pedagogik texnologiyalarning nazariy metodologik asoslari: Ushbu bobda tasviriy san'at mashg'ulotlarida o'quvchilarga estetik tarbiya berishda o'qituvchining roli, bahor gullaridan tuzilgan natyurmortni tasvirlash uslubiyotining maqsadi va uning o'quv jarayonidagi o'rni, natyurmort kompozitsiyasini ishlashda pedagogik texnologiyaning mohiyati kabi masalalar ko'rib chiqilgan.
  • "Bahor gullaridan tuzilgan natyurmort"ni tasvirlash uslubiyotining amaliy –ijodiy asoslari: Ushbu bobda bahor gullaridan tuzilgan natyurmortning tasvirlash uslubiyotini oʻqitishning yangi pedagogik texnologiyalar orqali yoritilishi, o'quv natyurmort qo'yilmasini tuzishdagi qonun-qoidalar, bahor gullaridan tuzilgan natyurmortning amaliy-ijodiy tahlili va uslubiy tavsiyalari batafsil bayon etilgan.