Fuqarоlik huquqi fani bo`yicha
Mazkur kitob fuqarolik huquqi va mulkiy munosabatlarga oid masalalarni o'z ichiga oladi.
Asosiy mavzular
- Fuqarolik huquqi tushunchasi, tamoyillari va tizimi: Ushbu mavzu fuqarolik huquqining tushunchasi, predmeti, uslubi va funksiyalari, tamoyillari, tizimi, manbalari va amalda bo'lishi masalalarini qamrab oladi.
- Fuqarolik-huquqiy munosabatlar: Fuqarolik-huquqiy munosabatlar tushunchasi, turlari, huquq va burchlarning kelib chiqish asoslari, amalga oshirilishi va himoya qilish masalalari yoritiladi.
- Fuqarolik huquqiy munosabat sub'ekti sifatida fuqarolar: Fuqarolarning huquq layoqati, muomala layoqati, vasiylik va homiylik, tadbirkorlik maqomi, turar joyi va bedarak yo'qolgan deb topish kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
- Fuqarolik huquqining sub'ekti sifatida Yuridik shaxslar: Yuridik shaxs tushunchasi, belgilari, huquq layoqati, vujudga kelish va bekor bo'lish tartibi, turlari va xususiyatlari haqida ma'lumot beriladi.
- Davlat – fuqarolik huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi sifatida: Davlatning fuqarolik huquqidagi maqomi, huquq layoqati, ichki va tashqi oborotdagi ishtiroki xususiyatlari tahlil qilinadi.
- Fuqarolik huquqiy munosabat ob'ektlari: Fuqarolik huquqi ob'ektlari tushunchasi, turlari, ashyolar, mol-mulklar, pullar va qimmatli qog'ozlar, nomoddiy ne'matlar va ularning huquqiy rejimi ko'rib chiqiladi.
- Bitimlar: Bitimlar tushunchasi, turlari, shakllari, haqiqiylik shartlari, oqibatlari, nizoli bitimlar va ularning ta'siri haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Vakillik va ishonchnoma: Vakillik tushunchasi, vakolat, ishonchnoma va ularning turlari, talablari, bekor bo'lish asoslari yoritilgan.
- Muddatlar. Da'vo muddati: Muddat tushunchasi, turlari, o'tish tartibi, da'vo muddati tushunchasi, turlari, o'tishi, to'xtatilishi, uzilishi va tiklanishi, joriy qilinmaydigan talablar haqida ma'lumotlar berilgan.
- Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, ularni himoya qilish: Mulk va mulk huquqi tushunchalari, mazmuni, vujudga kelish va bekor bo'lish asoslari, tamoyillari, shakllari va himoya qilish usullari ko'rib chiqiladi.
- Majburiyat tushunchasi va mazmuni. Shartnomalar: Majburiyat va majburiyat huquqi tushunchalari, vujudga kelish asoslari, shartnoma tushunchasi va ahamiyati, turlari, mazmuni, tuzish, o'zgartirish va bekor qilish masalalari yoritilgan.
- Oldi-sotdi shartnomasi tushunchasi va turlari: Oldi-sotdi shartnomasi tushunchasi, belgilari, turlari, shakli, taraflari, predmeti, bahosi, muddati, mazmuni, shartlarini buzganlik uchun javobgarlik masalalari tahlil qilingan.
- Hadya shartnomasi: Hadya shartnomasi tushunchasi, huquqiy belgilari, predmeti, taraflarning huquq va burchlari, xayr-ehson va hadyadan farqi haqida ma'lumot berilgan.
- Renta. Umrbod tahminlash sharti bilan uy-joy (kvartira) ni boshqa shaxsga berish shartnomasi: Renta va umrbod ta'minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi tushunchasi, ahamiyati huquqiy belgilari yoritilgan.
- Mulk ijarasi shartnomasi tushunchasi va turlari: Mulk ijarasi shartnomasi tushunchasi va huquqiy belgilari, mazmuni, shartlarini buzganlik uchun javobgarlik, bekor bo'lishi masalalari bayon etilgan.
- Pudrat shartnomasi tushunchasi va turlari: Pudrat shartnomasi tushunchasi va huquqiy belgilari, mazmuni, taraflar, javobgarligi, alohida turlari yoritilgan.
- Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi: Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi tushunchasi, huquqiy belgilari, turlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari, javobgarligi masalalari ko'rib chiqilgan.
- Yo'lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasi. Transport ekspeditsiyasi shartnomasi.: Yo'lovchi, bagaj va yuk tashishning umumiy qoidalari, yo'lovchi tashish shartnomasi tushunchasi, huquqiy belgilari, yuk tashish shartnomasi, charter (fraxtlash) shartnomasi haqida ma'lumotlar berilgan.
- Qarz shartnomasi. Kredit shartnomasi.: Qarz shartnomasi, kredit shartnomasi, tijorat krediti, bank krediti, kredit uyushmalari, davlat krediti va xalqaro kredit masalalari yoritilgan.