Солиқ ҳуқуқи асослари

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasida soliq tizimini tartibga soluvchi qonunlar va me'yoriy hujjatlarga asoslangan bo'lib, soliq huquqining asosiy tushunchalari, tamoyillari va amaliy jihatlarini yoritadi. Unda soliq to'lovchilarning huquqlari, majburiyatlari, soliq organlarining vakolatlari hamda soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik masalalari ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Soliqlar ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tarkibida: Ushbu mavzu soliq tizimining iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatini, soliqqa tortishda yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarni, soliq huquqining asosiy prinsiplarini o'rganadi.
  • Soliq idoralari ma'muriy boshqaruvining qonuniy asoslari: Bu bobda soliq idoralari faoliyatini tashkil etish, ularning huquq va majburiyatlari, soliqqa tortiluvchi subyektlar va ularning vakillari, soliq masalalari bo'yicha qonunchilik hujjatlari tahlil qilinadi.
  • Qonunchilik va me'yoriy tartiblash hujjatlaridagi soliqqa oid hukmlar: Mazkur mavzu soliq sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik, soliqqa tortish masalalaridagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish tartibi, soliq qonunchiligi tizimidagi moliyaviy va ma'muriy jazolar choralarini o'z ichiga oladi.
  • Glaballashuv jarayonida soliq qonunchiligi sohasidagi xalqaro hamkorlik: Bu bobda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda soliq sohasidagi hamkorlik, davlatlararo soliqqa tortishni muvofiqlashtirish, soliq huquqining xalqaro jihatlari va xorijiy mamlakatlarda soliq nazoratining amaliy holati ko'rib chiqiladi.