O’zbek tilida tinish belgilarining ishlatilishi
Ushbu qo'llanma o'zbek tilida tinish belgilarining ishlatilishini tartibga solishga qaratilgan. Unda yozma nutq savodxonligini oshirish, ish hujjatlarini to'g'ri tuzish bo'yicha ma'lumotlar berilgan. Kitobda nuqta, so'roq, undov, vergul, ko'p nuqta, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire, qavs, qo'shtirnoq kabi tinish belgilarining qaysi o'rinlarda ishlatilishi batafsil yoritilgan va misollar bilan tushuntirilgan.
Asosiy mavzular
- Nuqta: Tinch ohang bilan aytiladigan darak, buyruq, istak gaplar oxirida; mantiqan qoʻshma gap boʻlgan holatlar; koʻchirma gap oʻrtasida kelgan muallif gapidan soʻng; qisqartirilgan ismlar va familiyalar; sanashda raqamlar bilan koʻrsatilgan numerativlardan soʻng.
- Soʻroq belgisi: Soʻroq gaplarning oxirida; gap yoki matn ichidagi mujmal soʻzlardan soʻng; topish maʼnosida; gumon mazmunini bildirsa; sarlavha vazifasini bajarganda.
- Undov belgisi: Kuchli his-hayajon ifodalagan gaplardan soʻng; buyurish, yalinish, orzu-istak gaplar oxirida; soʻz boshida kelib kuchli hayajon bilan aytilgan undalmalardan soʻng; matn ichida taʼkidlangan soʻzlardan keyin.
- Koʻp nuqta: Mazmunan tugallanmay qolgan gaplar oxirida; gap biror sabab bilan boʻlinganligini koʻrsatadi; soʻzlovchining oʻylashi, mulohaza qilishini koʻrsatadi; kuchli his-hayajon ifodalangan gaplar oxirida; beqiyos tabiat manzaralarini ifodalash uchun.
- Vergul: Uyushiq boʻlaklar orasida; undalmalarni ajratishda; kirish soʻzlar, birikmalar va gaplarni ajratishda; ajratilgan boʻlaklarni ayirib koʻrsatishda; qoʻshma gaplarda.
- Nuqtali vergul: Bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar tarkibida; uyushiq boʻlaklar guruhlanib, oʻzaro vergullar yordamida bir-biridan ajratilganda; reja, qaror, farmon, buyruq, qonunlarning oxirgi bandidan tashqari har bir bandi oxirida.
- Ikki nuqta: Uyushiq boʻlaklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi soʻzdan keyin; koʻchirma gapdan oldin kelgan muallif gapidan soʻng; bogʻlovchisiz qoʻshma gaplarda; muayyan fikr-mulohaza, hukm, ilmiy taʼrif, qoida kabilarni ifodalovchi gaplardan keyin.
- Tire: Dialoglardagi abzasdan boshlanayotgan har bir gapning boshida; uyushiq boʻlaklardan soʻng kelgan umumlashtiruvchi soʻzdan oldin; ot-kesim va ega orasida; ajratilgan boʻlaklar har ikki tomonidan; kirish gaplar har ikki tomonidan.
- Qavs: Kirish gaplarda; remarka; olingan misollar yoki gaplar manbayi; ifodalanayotgan fikrga qoʻshimcha izoh; shaxs, joy, asar, hodisa va shu kabilarning ikki xil varianti berilsa.
- Qoʻshtirnoq: Koʻchirma gap; adabiyot va sanʼat asarlari; korxona, muassasa, tashkilot, jamoa va shirkat xoʻjaliklari, zavod, fabrika, mehmonxona nomlari; turli transport vositalarining shartli nomlari; qonun, farmon, buyruqlarning ayrim bandlari.