Dvigaellar va avtomobilar nazariyasi
Ushbu kitob ichki yonuv dvigatellari va avtomobillar nazariyasiga bag'ishlangan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan kasb-hunar kollejlari uchun o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etilgan. Kitobda dvigatellarning tuzilishi, ishlash prinsiplari, nazariy sikllari, yonilg'i tizimlari, muvozanatlash masalalari hamda avtomobillarning ekspluatatsion xususiyatlari batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Texnik termodinamikadan ma'lumotlar: Ish jismining holatini belgilovchi ko'rsatkichlar, termodinamikaning birinchi va ikkinchi qonunlari, termodinamik jarayonlar
- Ichki yonuv dvigatellarining nazariy sikllari: O'zgarmas hajmda, o'zgarmas bosimda va aralash usulda issiqlik beriladigan sikllar, ularning tahlili va termik f.i.k.
- Yonilg'i va uning yonish kimyoviy reaksiyalari: Yonilg'ilarning turlari, tarkibi, yonish issiqligi, detonatsiya xususiyatlari, dizel yonilg'ilariga qo'yiladigan talablar, yonish reaksiyalari va havoning ortiqlik koeffitsiyenti
- Ichki yonuv dvigatellarining sikllari: Haqiqiy sikllar, to'rt taktli dvigatelning ish sikli, karburatorli va dizel dvigatellarning ishlash jarayonlari
- Dvigatellarda sodir bo'ladigan jarayonlar: Gaz almashinish jarayoni, siqish jarayoni, uchqun bilan o't oldiriladigan dvigatellarda yonish jarayoni, dizellarda yonish jarayoni, kengayish jarayoni
- Siklning o'rtacha bosimi, dvigatelning quvvati va tejamliligi: Siklning o'rtacha indikator bosimi, dvigatelning indikator quvvati, mexanik yo'qotishlar, effektiv quvvat va mexanik f.i.k., yonilg'i sarfi va f.i.k., dvigatelning issiqlik balansi
- Uchqun bilan o't oldiriladigan dvigatellarda aralashma hosil qilish: Karburatorning tuzilishi va ishlashi, K-88A karburatorining tuzilishi va ishlashi, karburatorli dvigatelning eng katta tezlik rejimini rostlash, yonilg'i purkab aralashma hosil qilish jarayoni
- Dizellarning yonilg'i berish apparaturasi: Yuqori bosimli yonilg'i nasosi, ЯМЗ-236 dizelining yuqori bosimli yonilg'i nasosi, forsunka ishlash sxemalari
- Dizellarda yonuvchi aralashma hosil qilish: Yonish kameralari, aralashma hosil qilish usullari, pardali yonuvchi aralashma hosil qilish
- Dvigatellarni sinash: Umumiy ma'lumotlar, dvigatelning tavsiflari, tezlik tavsiflari, yuklama tavsiflari, rostlash tavsiflari
- Krivoship-shatunli mexanizm kinematikasi: Asosiy tushunchalar, kinematik bog'lanishlar
- Krivoship-shatunli mexanizm dinamikasi: Massalarni keltirish, ta'sir etuvchi kuchlar
- Dvigatellarni muvozanatlash va ularning ravon ishlashini ta'minlash: Silindrlari bir tekislikda joylashgan dvigatellarni muvozanatlash, V-simon dvigatellarni muvozanatlash