Entomologiya va fitopotologiya
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan agronomiya va o‘simliklarni himoya qilish kollejlari uchun tayyorlangan. Unda umumiy entomologiya, qishloq xo‘jalik entomologiyasi, o‘rmon entomologiyasi, tibbiyot entomologiyasi, veterinariya entomologiyasi va hokazolar o‘rganiladi. Kitobda hasharotlarning tashqi va ichki tuzilishi, fiziologik xususiyatlari, bioekologiyasi, klassifikatsiyasi va ularga qarshi kurash choralari haqida batafsil ma’lumot berilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini kamaytiradigan omillardan biri zararli hasharotlardir. Hasharotlar juda kichik (mayda) organizm bo‘lishi bilan bir qatorda, juda tez ko‘payish xususiyatiga ega. Entomologiya bu hasharotlarni o‘rganishga bag‘ishlangan fan bo‘lib, hasharotlarning tana tuzilishi, ichki organlari, hayot kechirishi, tashqi muhit bilan bog‘liqligi hamda hasharotlar olamining tasnifini yoritib beradi.
- I bob. UMUMIY ENTOMOLOGIYA: Entomologiya fanining rivojlanish tarixi va umumiy entomologiya, qishloq xo‘jalik entomologiyasi, o‘rmon entomologiyasi, tibbiyot entomologiyasi, veterinariya entomologiyasi va hokazolar bo‘limlarga bo‘linadi. Hasharotlarning tashqi tuzilishi hamda ichki tuzilishi o‘rganiladi. Hasharotlarning oyoqlari, qanotlari, nerv va ovqat hazm qilish sistemalari, ko‘payish va rivojlanish biologiyasi haqida ma’lumot beriladi.
- II bob. QISHLOQ XO‘JALIK ENTOMOLOGIYASI: Qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari. Dala ekinlarining hammaxo‘r zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari yoritilgan. G‘alla ekinlari, sholi, dukkakli don ekinlari, yem-xashak ekinlari, moyli o‘simliklar, g‘o‘za, sabzavot va poliz ekinlari, bog‘ hamda tok zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari batafsil bayon etilgan.
- III bob. QISHLOQ XO‘JALIK FITOPOTOLOGIYASI: Fitopatologiya va uning rivojlanish tarixi. O‘simliklarning yuqumli va yuqumsiz kasalliklari. Qishloq xo‘jalik ekinlari kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari. G‘o‘za, boshoqli don ekinlari, kartoshka, poliz ekinlari, lavlagi, karam, bog‘ hamda tok kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari atroflicha o‘rganilgan.