Ikki o'lchamli QR-kod tasvirlarini tanish ilovasini ishlab chiqish
Ushbu kitobda QR-kodlarni tanish algoritmlarini o'rganish va QR-kodlarni yaratish dasturlarini ishlab chiqish masalasi ko'rib chiqilgan. Kitobda zamonaviy QR-kod texnologiyalari, ularning imkoniyatlari va qo'llanilish sohalari tahlil qilingan. Shuningdek, QR-kodlarni aniqlash va ulardan ma'lumot olish uchun ishlatiladigan algoritm tuzilishi, turlari va ish jarayonlari bayon etilgan. Kitobda Java dasturlash tili yordamida QR-kodlarni yaratish va ularni dekoderlash dasturlarini ishlab chiqish misollari keltirilgan.
Asosiy mavzular
- QR-kodlarning umumiy ma'lumotlari va imkoniyatlari: QR-kodlar nima ekanligi, ularning tarixi, tuzilishi, turlari, saqlash sig'imi, afzalliklari (shtrix kodlar bilan solishtirganda), ularning aniqlash tezligi va xavfsizligi haqida umumiy ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, QR-kodlarni qayta ishlash va ulardan ma'lumot olish usullari haqida so'z boradi.
- QR-kod tasvirlarini qayta ishlash va tanib olish: QR-kod tasvirini dastlabki qayta ishlash jarayonlari, jumladan, tasvirni qora-oq formatga o'tkazish, shovqinlarni kamaytirish, qora-oq bloklarni aniqlash va FP (Finder Pattern)ni topish usullari batafsil yoritilgan. QR-kodni aniqlash algoritmlarining ishlash prinsipi, kodni tuzilishi va uni qanday qilib skanerlash malumotlari berilgan.
- QR-kodlarni tanish ilovasini ishlab chiqish: Zamonaviy QR-kod kutubxonalari, jumladan ZXing Project kutubxonasidan foydalanish haqida ma'lumot berilgan. Java dasturlash tili yordamida QR-kodlarni generatsiya qiluvchi dastur va mobil ilova (Android)ni ishlab chiqish jarayoni, kod misollari va interfeyslari bilan tanishtirilgan.
- Kompyuterlar bilan ishlashda hayot faoliyati xavfsizligi: Kompyuter foydalanuvchisi, kompyuter, ish joyi kabi asosiy tushunchalar, kompyuterlardan foydalanishning ijobiy va salbiy tomonlari, kompyuterlar bilan ishlashda hosil bo'ladigan zararliliklar (vizual faktorlar, nurlanishlar, shovqin) hamda ish joyiga qo'yiladigan talablar (yorug'lik, shovqin, elektr ta'minoti, mebel) haqida ma'lumotlar berilgan.