Onalikda ham- shiralik parvarishi
Onalikda hamshiralik parvarishi
Asosiy mavzular
- Onalikda hamshiralik parvarishi fani. Onalikda hamshiralik parvarishi asoslari. Onalik haqida tushuncha: Onalik tushunchasining ta'rifi, jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan berilgan ta'rif. Onalikning ikki xil ma'noda izohlanishi mumkin: a) ona bolani tug'ib, uni tarbiyalash jarayoni; b) ayolning hayoti davomidagi faoliyati. Ayollar erkaklardan farq qiladi: hayz (ovulyatsiya borligi) funksiyasi, homiladorlik, tug'ish, sut bilan boqish kabi xususiyatlari bilan farq qiladi. Onalikning ma'nosi. JSSTning ta'rifi: 1. Ayni paytda bolaning tug'ilishi, uning tarbiyasi va ulg'ayishiga mas'ullik. 2. Kelajakda bolaning tug'ilishi va tarbiyasi. 3. Shu vazifalarni o'tmishda bajarilganligi. Onalikni 2 xil nuqtai nazardan tushuntirish mumkin: 1. Onalik (tor ma'noda) – qachonki ona bolani tug'ib tarbiyalaydi 2. Onalik (keng ma'noda) – ayol hayotining bir qismi sifatida ifodalanadi. Sog'lom onalik, kelgusi avlodni sog'lom tarbiyalash. Onalikda hamshiralik parvarishini o'qitish jarayoni nimaga qaratiladi? Onalikni his etish. Ona bo'lish bu ayolning tug'ma tabiiy fazilatidir. Ayol organizmida homila rivojlanadi, tug'iladi va onaning vazifasi sog'lom insonni tarbiyalash, shuning uchun u ma'naviy, fiziologik, jismoniy va instinktiv xususiyatlarga ega. Ona mehri bu onani himoyasiz go'dakka bo'lgan mehridir. Ota-ona bo'lish. Insonda ikkita aspekt mavjud: biri naslni saqlash (reproduksiya) bo'lsa, ikkinchisi – shaxsiyatni saqlash. Onalikda hamshiralik parvarishi asosan naslni (jins va reproduksiya) saqlab qolishga qaratilgan.
- Onalikning jismoniy xususiyatlari: Onalikni jismoniy xususiyatlari bu ayolning tug'ishi va bola tarbiyalashi uchun organizmning o'ziga xos tuzilishi va faoliyati. Ayollikka xos jismoniy xususiyatlar va faoliyat birlamchi jinsiy belgilar bilan namoyon bo'ladi, bu irsiyat orqali o'tadi. Jinsiy yetilish davri. Ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo'lishi bilan birga organizm o'sib, rivojlanib, ona bo'lishga tayyorgarlik ko'radi, gavda tuzilishi shakllanib hayz sikli doimiy bo'ladi. Jinsiy yetuklik davri. Jinsiy yetilgan qiz ma'lum xususiyatlarga ega bo'ladi: homilador bo'la oladi va tug'ishi mumkin – bu uning jismoniy xususiyatlaridir. Onalikning jismoniy xususiyatlari: urug'lanish, homiladorlik, tug'ruq va chilla davridagi ruhiy va jismoniy salomatligiga bog'liq. Demak, onaning jismoniy va ruhiy sog'lig'ini muhofaza qilish - kelajakda sog'lom avlod tug'ilishi garovidir.
- Onalikni ruhiy-ijtimoiy xususiyatlari: Onalikning ruhiy – ijtimoiy xususiyatlari – bu bir ayolning hayoti bo‘lib, uning rivojlanish bosqichlarida fe’l-atvorining rivojlanishi, tarbiyaning xususiyatlari va keyingi avlodni shakllanishida namoyon bo‘ladi. Ona muhabbati – bu onaning himoyasiz go‘dakka bo‘lgan muhabbati, u bolaga g‘amxo‘rlik qilishida, qayg‘urishida, biologik va ruhiy ehtiyojlarini qondirishda namoyon bo‘ladi. Reproduktiv faoliyatidan tashqari, ayolda g‘amxo‘rlik qilish hissi mavjud, bu uning ruhiy psixologik holati bilan bog‘liq. Onalikni his etish bu onaning bolaga nisbatan g‘amxo‘rligi. Farzandning ruhiyatini tushunish. Onalikni his etishning mohiyati - bolani chuqur tushunish hissiyoti mavjudligidir.
- Ona va bola salomatligi va sog'lom oilani shakllantirish: O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tay yorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi Qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 13-apreldagi «Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1096 sonli hamda 2009 yil 1 iyuldagi «2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida»gi PQ-1144 sonli Qarorlarining e’lon qilinishi Sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarni yuqori darajadagi kasb malakalariga ega bo‘lishi, sog‘lom avlodni dunyoga keltirish, ma’naviy va jismonan barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi ishlarni amalga oshirishda ularning avangard bo‘lishlariga chorlaydi. Sog‘lom oilani shakllantirish oiladagi mo‘tadil psixologik muhit sog‘lom oilaning shakllanishi uchun zarur bo‘lgan dastlabki shartlardan biridir. Oilada er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, bir-birini to‘g‘ri tushunish, o‘zaro ishonch, sevgi va sadoqatga asoslangan samimiy munosabatlar oilaning mustah kamlanishi uchun muhim omil hisoblanadi.
- Onalikda hamshiralik parvarishining vazifalari va tendensiyalari: Onalikda hamshiralik parvarishi deganda nima tushuniladi. Bugungi kunda onalikda hamshiralik parvarishiga jamiyatning talablari va ushbu parvarishga muhtojligini chuqur o‘rganish kerak. Onalikda hamshiralik parvarishining asosiy obyekti – bu ayol hayotining turli davrlaridagi ayollardir: farzand tug‘ib, uni tarbiyalayotgan ayol, homilador ayol, kelajakda tug‘ishni rejalashtirayotgan ayol, tug‘ib, bola tarbiyalab bo‘lgan ayollar va boshqalar. Bu ayollarning asosiy vazifasi sog‘lom avlodni yangi avlodga yetkazib berish va ularning oldida insoniyatni rivojlantirish vazifalari turadi. Onalikni ayollar ruhan va jismonan anglashlari kerak. Onalikda hamshiralik parvarishi boshqa bloklar kabi insonning har qanday salomatlik holatida parvarishni ta’minlaydi, ammo, onalik obyekti bo‘lib har xil davrdagi ayollar kiradi. Onalikda hamshiralik parvarishining vazifalari: reproduktiv salomatlikni saqlash va himoya qilish, hamshiralik faoliyatining obyekti bo‘lib, ayol uning oilasi va jamiyati hisoblanadi.
- Homiladorlik davrida hamshiralik parvarishi: Homiladorlik davrida hamshiralik parvarishi 1-fasldan boshlanadi. Ayolga homiladorlik davrida, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrda, ginekologik kasalliklarda malakaviy tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, akusherlik stasionarida yordam ko‘rsatish va parvarishlash perinatal markazlar, akusher-ginekologik majmualar, umumiy profildagi kasalxonalarda amalga oshiriladi. Zamonaviy tug‘ruq kompleksi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Ko‘p tarmoqli yordam ko‘rsatuvchi ambulator poliklinika bazasi, akusherlik stasionarni, xotin-qizlar maslahatxonasi, reanimatsiya va intensiv terapiya xizmati, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni birinchi bosqichda parvarishlash bo‘limi, ginekologik bo‘lim va maxsus yordam ko‘rsatish uchun tibbiy jamoa. Akusherlik – stasionar quyidagilardan tashkil topgan: Qabul bo‘limi, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi bo‘limlar, chaqaloqlar bo‘limi, shuningdek homilador ayollar patologiyasi bo‘limi. Ginekologik bo‘lim tug‘ruq kompleksi yoki ko‘p tarmoqli shifoxonalar tarkibida bo‘lib, ginekologik kasalliklari bo‘lgan ayollarni konservativ va jarrohlik yo‘li bilan davolashga yo‘naltirilgan. Ginekologiya bo‘limi 3 yo‘nalishda ish olib boradi. 1. Operatsiya yo‘li bilan davolashga muhtoj bo‘lgan bemorlarni gospitalizatsiya qilish – operativ ginekologiya bo‘limi. 2. Bemorlarni konservativ yo‘l bilan davolash – konservativ ginekologiya bo‘limi. 3. Homiladorlikni to‘xtatish (abort) palatasi yoki bo‘limi (abortariy). Ona va bola salomatligi markazlari – barcha ayollar va erkaklar hamda o‘smirlarning jinsiy yetilish davrida yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Uning asosiy ish uslublari: akusher-ginekologik yordam ko‘rsatish, maxsus qabul sharoitida maslahatlar berish, sanitariya-oqartuv ishlarini olib borishdan iborat.
- Homiladorlik davrida hamshiralik parvarishi: Homiladorlik davrida hamshiralik parvarishining asosiy prinsiplari: Respublikada tug‘ruq xizmati ko‘rsatish bepul, barchani 100% qamrab oladi, ilm-fanda zamonaviy o‘zgarishlarga asoslangan holda tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini muntazam ravishda oshirib boradi. Akusher-ginekologik xizmatining asosiy maqsadi – aholi orasida reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, abortning oldini olish va sog‘lom bola tug‘ilishini ta’minlash. Akusher-ginekologik xizmatining vazifalari – ayollarning barcha hayotiy davrlaridagi salomatligini saqlash va himoya qilishdan iborat.
- Onalik va bolalikni himoya qilishda hamshiraning roli: Onalik va bolalikni himoya qilishda hamshiraning roli quyidagilarga yo‘naltirilgan: sog‘lom oilani shakllantirish, ayolning reproduktiv salomatligini saqlash va himoya qilish, hamshiralik faoliyatining obyekti bo‘lib, ayol uning oilasi va jamiyati hisoblanadi. Hamshira akusherlik va ginekologiyada hamshiralik jarayonini olib borishda ayol va uning oilasiga turli davrlarda davolash-profilaktik yordam ko‘rsatadi, nazorat va kuzatuvni olib boradi, ginekologik patologiya holatlarida kerakli yordamni ko‘rsatadi. Tibbiyot hamshirasi – ayolga va uning oilasiga maslahatchi, yordamchi vazifasini bajaradi. U hamshiralik jarayonining barcha bosqichlari: birlamchi tekshiruvni o‘tkazish, bemor muammolarini aniqlash, hamshiralik parvarishini rejalashtirish, parvarishni amalga oshirish, parvarishning natijalarini kundalik va yakuniy baholashi shart. Hamshira xavfli omillar, klinik belgilar, asoratlar haqida bilishi shart. Ginekologik kasalliklarni oldini olish, bemorlar va tibbiy xodimlarni infeksiyaga xavfsizligni ta’minlashi shart. Hamshira akusherlik va ginekologiyada shoshilinch holatlarda birinchi yordam ko‘rsata olishi, tug‘ruqni qabul qila olishi kerak.
- Sog‘liqni targ‘ibot qilish konsepsiyasi: Onalikda hamshiralik parvarishi obyekti – bu o‘z sog‘liqlarini mustaqil nazorat qila oladigan va o‘z sog‘liqlarini yaxshilay oladigan, yuqori darajadagi sog‘liqqa ega bo‘lgan aholi qismidir. Hamshiralik parvarishida “sog‘liqni targ‘ibot qilish” konsepsiyasini bilish muhimdir. 1986 yil Ottava xartiyasida “sog‘liqni targ‘ib qilish” quyidagicha berilgan: bu jarayon kishilar o‘z sog‘liqlarini mustaqil nazorat qilishlari va sog‘liqlarini yaxshilashlari, sanitar-oqartuv ishlarini olib borishlari va bunga kerakli shart-sharoitlarni yaratishlari kerak. Shunday qilib, salomatlik – bu yashash maqsadi emas, balki kundalik hayotga kerakli zaxiradir. Bu konsepsiya bo‘yicha salomatlik jismoniy holat bo‘lib qolmay, balki ijtimoiy va individual zaxira bo‘lib hisoblanadi. Sog‘lom hayot tarzi targ‘iboti faqatgina majburiyat emas, balki keng ijtimoiy harakatdir. Bu konsepsiya bo‘yicha har bir inson o‘z sog‘lig‘i uchun javobgardir, shifokorlar va hamshiralar esa salomatlikni yaxshilash uchun ma’suldirlar.
- Ayollar hayoti davomida olib boriladigan sanitar-oqartuv ishlari: 1992 yildan boshlab bolalar ginekologi kabinetlarining ochilishi, bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilishda asosiy tadbirlar, reproduktiv faoliyatning buzilishi va ginekologik kasalliklarni oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Bu tadbirlarga – bolalar va o‘smirlarda uchraydigan jinsiy sistemasining funksional buzilishlari va kasalliklarini davolash, o‘z vaqtida tashxislash va oldini olish kiradi. Bolalar va o‘smirlar ginekologiyasi muammolari o‘rganib chiqilganda, hamda ushbu sohada
- Reproduktiv salomatlik konsepsiyasi: Oxirgi yillarda “Reproduktiv salomatlik va huquq” konsepsiyasiga katta e’tibor berilmoqda. Bu konsepsiya onalikda hamshiralik parvarishida katta ahamiyatga ega, chunki bu konsepsiya onalik va bolalikni muhofaza qilishga katta e’tibor beradi. Onalikda hamshiralik parvarishi mohiyati jadal ravishda rivojlanib kelmoqda. Shuning uchun reproduktiv salomatlik va huquqni tushungan holda onalikda hamshiralik parvarishida parvarish masalalarini qayta ko‘rib chiqish kerak. Reproduktiv salomatlik konsepsiyasini rivojlanishi: 1. 1990 yil - Fathalla tushunchasi (inson reproduksiyasi taraqqiyoti tekshirish maxsus dasturining rahbari). Reproduktiv salomatlik nafaqat reproduktiv davrda kasallik va patologiyalarning bo‘lmasligi, balki jismoniy, ruhiy va ijtimoiy holatning to‘liqligidir. 2. 1992 yil - Oilani rejalashtirish Xalqaro federatsiyasi faoliyati reproduktiv salomatlikni yaxshilashga qaratilgan. 3. 1993 yil - Akusher-ginekologlarning Xalqaro qongressi reproduktiv salomatlikning 4 ta asosiy elementini belgiladi: 1. Homiladorlikdan saqlanishni nazorat qilish. Nafaqat homiladorlikdan saqlanish, balki bepushtlikni davolash ham zarur. 2. Har bir ayol bexatar homiladorlik va tug‘ish huquqiga ega. 3. Barcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlar sog‘lom va baquvvat bo‘lishlari kerak. 4. Jinsiy infeksiyalardan xalos bo‘lish kerak. 4. 1994 yil - BMTning uchinchi Xalqaro konferensiyasida (Kair, 1994 yil) aholishunoslik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha quyidagi ish rejasi tasdiqlandi: “Reproduktiv salomatlikni saqlab qolish maqsadida zamonaviy oilani rejalashtirish usullarini ommalashtirish”. 5. 1995 yil - To‘rtinchi ayollar Xalqaro konferensiyasida quyidagi qonuniy loyiha qayta tasdiqlangan “Ayol va salomatlik”, bunda.
- Ayol reproduktiv salomatligi va huquq masalalari: Ayollarning reproduktiv salomatligi erkaklarnikiga nisbatan xavf ostida turadi, chunki homiladorlik va tug‘ruq ayol organizmida ro‘y beradi. Masalan, istalmagan homiladorlik tufayli qilinadigan abort yoki istalgan homiladorlikdan keyingi tug‘ruqdan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlar ayolning reproduktiv salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yaponiyadan kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, fertil yoshdagi ayollarning umumiy kasalliklari ichida 30% - jinsiy a’zo kasalliklari tashkil qiladi; erkaklarda esa – 12% (bu ayollarga nisbatan 1/3 to‘g‘ri keladi. Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar: ayollarda – 8,9 %, erkaklarda esa – 1,5%. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, ayollar erkaklarga nisbatan jinsiy xavfga 3 baravar ko‘p uchraydilar. Reproduktiv jarayonni kechishi hamda jinsiy a’zolarni tuzilishi va faoliyati orqali jinsiy farq namoyon bo‘ladi. Ayollarning jinsiy a’zolaridagi kasalliklarning belgilari kamdan-kam holatlarda namoyon bo‘ladi, ayollar o‘z xohishlariga ko‘ra profilaktik tekshiruvlardan o‘tmaydilar, shu sababli kasallikni tashxislash qiyin kechadi.
- Kontraseptiv vositalarning zamonaviy usullarini qo‘llashda hamshiraning vazifalari: Homiladorlikni oqilona rejalashtirish – sog‘lom bola tug‘ilishi va onaning sog‘ligini muhofaza qilishning garovidir. Oiladagi mo‘tadil psixologik muhit sog‘lom oilaning shakllanishi uchun zarur bo‘lgan dastlabki shartlardan biridir. Oilada er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, bir-birini to‘g‘ri tushunish, o‘zaro ishonch, sevgi va sadoqatga asoslangan samimiy munosabatlar oilaning mustah kamlanishi uchun muhim omil hisoblanadi. Oilaning uy-joy bilan ta’minlanganligi, iqtisodiy ahvoli oilaviy muhitga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Shundan kelib chiqqan holda er-xotinning birgalikda oila daromadini ko‘paytirish to‘g‘risida qayg‘urishi, ayniqsa, oilaning tayanchi bo‘lgan erkakning bu jarayonda ustuvor harakatda bo‘lishi talab qilinadi. Mo‘tadil psixologik muhitga hamda sog‘lom oilaning shakllanishiga erkak va xotin o‘rtasida oilani yuritish bilan bog‘liq vazifalarning to‘g‘ri taqsimlanganligi, bolalar tarbiyasi uchun birgalikda mas’uliyat sezish hisining shakllanganligi kabi holatlar o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazib, sog‘lom oilaning belgilari hisoblanadi. Oilaning jismoniy salomatligi oila a’zolari tomonidan sog‘lom yashash tarzi qoidalariga amal qilib yashash qay darajada qabul qilinganligi, tamaki chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, giyohvandlik kabi xavfli va zararli illatlarning mavjudligiga bog‘liq bo‘lib, bunday zararli odatlarning bo‘lishi nosog‘lom oila belgilari hisoblanib, nafaqat oila a’zolari salomatligiga, balki oiladagi ma’naviy-ruhiy holatga, farzandlar tarbiyasiga, shuningdek oilaning iqtisodiy ahvoliga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Oila a’zolarining o‘qimishli, kasb-hunar egallashi uchun sa’y harakatda bo‘lish, farzandlar kelajagi uchun qayg‘urish, olgan kasbiga mos ish bilan ta’minlanishi oilaning kelajagi va sog‘lom oila an’analarining davom ettirilishi uchun muhim asos bo‘lib hisoblanadi.
- Onalik va bolalikni himoya qilishda hamshiraning roli: Onalik va bolalikni himoya qilishda hamshiraning faoliyati quyidagi galar yo‘naltirilgan: sog‘lom oilani shakllantirish, ayolning reproduktiv salomatligini saqlash va himoya qilish, hamshiralik faoliyatining obyekti bo‘lib, ayol uning oilasi va jamiyati hisoblanadi. Hamshira akusherlik va ginekologiyada hamshiralik jarayonini olib borishda ayol va uning oilasiga turli davrlarda davolash-profilaktik yordam ko‘rsatadi, nazorat va kuzatuvni olib boradi, ginekologik patologiya holatlarida kerakli yordamni ko‘rsatadi. Tibbiyot hamshirasi – ayolga va uning oilasiga maslahatchi, yordamchi vazifasini bajaradi. U hamshiralik jarayonining barcha bosqichlari: birlamchi tekshiruvni o‘tkazish, bemor muammolarini aniqlash, hamshiralik parvarishini rejalashtirish, parvarishni amalga oshirish, parvarishning natijalarini kundalik va yakuniy baholashi shart. Hamshira xavfli omillar, klinik belgilar, asoratlar haqida bilishi shart. Ginekologik kasalliklarni oldini olish, bemorlar va tibbiy xodimlarni infeksiyaga xavfsizligni ta’minlashi shart. Hamshira akusherlik va ginekologiyada shoshilinch holatlarda birinchi yordam ko‘rsata olishi, tug‘ruqni qabul qila olishi kerak.
- Homiladorlik fiziologiyasi va diagnostikasi: Urug‘lanish (bo‘yida bo‘lish). Erkak ning yetilgan jinsiy hujayrasi (spermatozoid) bilan ayol jinsiy hujayrasining qo‘shilib bitta hujayraga aylanishi va undan yangi organizm taraqqiy eta boshlashi urug‘lanish deb ataladi. Spermatozoidlar erkak jinsiy bezlarining burama kanalchalarida hosil bo‘ladi. Spermatozoidning boshchasi, bo‘yni va ingichka uzun dumi bor (12-rasm). Boshchasi hujayraning yupqa sitoplazma qavati bilan o‘ralgan yadrodan, dumi bilan bo‘yni esa sitoplazmadan iborat. Spermatozoidlar mustaqil harakatlana oladi. Bu harakat dumining tebranma harakatlariga bog‘liq. Spermatozoidlar urug‘ pufachalari bilan prostata bezining sekretiga tushgach, harakatchanligi oshadi. Urug‘ pufachalari hamda prostata bezining sekreti bilan spermatozoidlar aralashmasi shahvat yoki sperma deb ataladi. Jinsiy aloqada qin ga 5-8 ml sperma tushadi, buncha spermada 200-500 mln. spermatozoidlar bo‘ladi. Sperma qinning asosan orqa gumbaziga tushadi, bachadon bo‘ynining qindagi qismi esa orqa gumbazga qaragan. Bachadon bo‘yni kanalining tashqi teshigi orqa gumbazda to‘p langan spermaga tegib turadi, shuning uchun spermatozoidlar bachadonga bemalol kira oladi. Sermatozoidlar bir daqiqada 3-3,5 mm tezlik bilan harakatlanib 1-11/2 masofani bosib o‘tadi. Urug‘langan tuxum hujayraning bachadonga payvandlanishi – implantatsiya. Urug‘langan tuxum bo‘linish bilan bir qatorda hujayralari sifat jihatdan ham o‘zgaradi. Bo‘linayotgan tuxum bachadon nayidayoq tiniq parda (zona pyellucida) dan xalos bo‘ladi. Bachadonga kirish paytigacha morula hujayralarining tashqi qavati trofoblastga, ichki hujayralari esa embrioblastga aylanadi. Embrioblastdan murtak (embrion) vujudga keladi. Trofoblast tuxumni payvandlantiruvchi va embrioblastdan hosil bo‘ladigan murtakni oziqlantiruvchi parda hisoblanadi. Trofoblast hujayralari fermentsimon modda proteolitik ferment ishlab chiqaradi, bu moddalar bachadon shilliq pardasining to‘qimalarini eritib yuboradi. Tuxum bachadon shilliq pardasining yuzasiga (odatda orqa yoki oldingi devorining naylar ro‘parasidagi joyiga) cho‘kadi, trofoblast bachadon shilliq pardasining qoplovchi epiteliysi, bezlari, stroma hujayralari va tomirlarini eritib yuboradi va sekin-asta shilliq pardaning funksional qavati ichkarisiga botib kiradi (14-rasm). Tuxum bachadon shilliq pardasiga batamom kirib olgach, uning ustidagi defekt bitib ketadi, tuxumning payvandlanish jarayoni shu paytdan boshlab tugaydi. Qog‘onoq pardasi (amnion) berk xalta bo‘lib, ichida qog‘onoq suvi bilan o‘ralgan homila turadi. Qog‘onoq pardasi (amnion) homilaga eng yaqin turgan ichki pardadir. Desidual (ko‘chuvchi) pardaga chegaradosh bo‘lgan vorsinali parda (xorion) qog‘onoq pardasiga taqalib turadi (16-rasm). Qog‘onoq suvi (amnion suyuqligi). Amnion bo‘shlig‘idagi suyuqlik-qog‘onoq suvi homiladorlikning oxirgi oylarida 1-1,5 l ga yetadi. Qog‘onoq suvi (homila atrofidagi suv) amnion epiteliysining sekretsiyasi natijasida hosil bo‘ladi; ehtimol, ona qon tomirlaridan suyuqlik sizib o‘tishi va homila buyraklarining ishlashi natijasida ham qisman hosil bo‘lishi mumkin. Qog‘onoq suviga epidermis tangachalari, teridagi yog‘ bezlarining mahsuli va homilaning mayin tuklari aralashgan bo‘ladi. Qog‘onoq suvining tarkibida oqsil, tuzlar, mochevina, yog‘, qand va gormonlar (follikulin, gonadotrop gormon) bor. Qog‘onoq suvining fiziologik ahamiyati katta: 1) suv homilaning bemalol harakatlanishi va taraqqiy etishi uchun sharoit tug‘diradi, suv yetishmasligi homiladagi
- Platsenta va uning vazifalari: Platsenta homilaning nafas olishi, oziqlanishi va homilada modda almashinishi natijasida hosil bo‘lgan ortiqcha moddalarni chiqarib yuborishga yordam beradigan eng muhim organdir. Platsenta o‘pka, hazm a’zolari, buyrak, teri va boshqa a’zolarning funksiyasini ham bajaradi. Platsentada gonadotrop gormonlar, estrogen gormonlar va progesteron hosil bo‘ladi: unda gidrokortizon, bo‘y o‘stiradigan gormon, adrenokortikotrop va boshqa gormonlar ham borligi aniqlangan. Platsentaning to‘qimasida oqsillar, uglevodlar, lipidlar, fosfatidlar, vitaminlar, mikroelementlar, temir va boshqa moddalar bor. Ba’zi vorsinalar decidua basalis-ga o‘sib kirib, desidual hujayralarni va tarva qaylab ketgan keng tomirlarni eritib yuboradi. Bu vorsinalar platsentaning onaga va homilaga taalluqli qismlarini bir-biriga bog‘laydi (biriktiruvchi vorsinalar) (17-rasm). Juda mayda vorsinalardan ko‘pchiligi vorsinalararo bo‘shliqda erkin holda tugaydi va shu joyda oqib turgan qonda muallaq holda suzib yuradi. Platsentaning tashqi ko‘rinishi yumaloq, qalin, yumshoq kulchaga o‘xshaydi. Homiladorlik oxirida va tug‘ruqqa yaqin platsenta diametri 15-18 sm, kalinligi 2-3 sm, vazni 500-600 gr ga yetadi. Platsentaning ikkita yuzasi bor: bir yuzasi bachadon devoriga qaragan bo‘lib, onaga tegishli yuza deyiladi, ikkinchi yuzasi ichkariga, amnion bo‘shlig‘iga qaragan bo‘lib, homila.
- Homilada qon aylanishi: Ona qornidagi hayotning ikkinchi haftasida, homila bachadon devoriga payvandlangach tez orada yuragi ura boshlaydi. Embrionda qon aylanish funksiyasining rivojlanishi bir necha bosqichga bo‘linadi. Homila tuxumi payvandlangandan keyinroq embrionga trofoblast orqali tuxum atrofidagi to‘qimalar parchalanishidan oziq moddalar kelib turadi. Rivojlanishning ikkinchi haftasida sariqlik xaltasining devorida qon tomirlari va qon elementlari hosil bo‘lib, sariqlik xaltasida qon aylana boshlaydi. I-oy oxirida allantois tomirlari xorionga yaqin kelib, vorsinalar ichiga kiradi va allantoisda qon aylana boshlaydi. III-oyda platsenta shakllanadi va allantois o‘rniga platsentada qon aylana boshlaydi. Qorindagi homila platsenta orqali ona qonidan kislorod va oziq moddalar olib turadi. Shunga yarasha homiladagi qon aylanishining muhim xususiyatlari bor. Platsentada kislorod va oziq moddalar bilan boyigan homila qoni kindik venasi orqali homila
- Homilaning nafas olishi: Homila tug‘ilib birinchi marta nafas olish harakati boshlanguncha nafas a’zolari ishlamay turadi. Homila platsenta orqali kislorod oladi. Ona qoni platsentaning vorsinalararo bo‘shlig‘ida aylanib turganida undagi kislorod homila qoniga vorsinalar orqali kiradi; homila qonidan ona qoniga karbonat angidrid o‘tadi. Gazlar vorsinalar epiteliysi bilan stromasi va homila kapillyarlarining endoteliysi orqali ona qonidan homilaga va homiladan ona qoniga diffuz yo‘li bilan o‘tadi. Bola tug‘ilgan zahoti birinchi marta nafas oladi, shu paytdan boshlab homila o‘pkasi bilan nafas ola boshlaydi va qon aylanishining tug‘ilganidan keyingi tipi vujudga keladi. Birinchi marta nafas olish mexanizmi murakkab. Homila tug‘ilgach platsentada qon aylanishi uziladi, platsenta orqali kislorod kelishi to‘xtaydi, homila qonida karbonat angidrid to‘planib, nafas markazini qo‘zg‘atadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq shuning natijasida birinchi marta nafas oladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq terisining retseptorlariga termik, taktil va boshqa ta’sirlar tufayli paydo bo‘ladigan reflektor reaksiyalar ham birinchi marta nafas olishga yordamlashadi. Birinchi marta nafas olganda o‘pka alveolalari yozilib, o‘pkaga qon keladi. Endi qon o‘pka arteriyalaridan o‘pkani ta’minlaydi, Botallov yo‘li bita boshlaydi, shuningdek Aransiy yo‘li ham bitadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning o‘pkasida kislorod bilan boyigan qon o‘pka venalari orqali yurakning chap bo‘lmasiga quyiladi, undan chap qorinchaga va aortaga o‘tadi; bo‘lmalar orasidagi oval teshik bitib ketadi. Shunday qilib, yangi tug‘ilgan chaqaloqning qon aylanishining tug‘ilishdan keyingi tipi qaror topadi (21-rasm).
- Homiladorlik va tug‘ruq davrida hamshiralik parvarishi: Homiladorlik va tug‘ruq davrida hamshiralik parvarishi 1-qismga kiradi. Onalikda hamshiralik parvarishi fani. Onalikda hamshiralik parvarishi asoslari. Onalik haqida tushuncha. Onalikdan hamshiralik parvarishining obyektlari. Onalikning jismoniy xususiyatlari. Onalikda hamshiralik parvarishining o‘rni va ahamiyati. Onalikda hamshiralik parvarishining vazifalari va tendensiyalari. Onalik va bolalikni himoya qilish tuzilmasida (strukturasi) parvarish faoliyati. Ayol hayotining turli davrlarida akusherlik yordami ko‘rsatish. Homilador ayollarga dispanser kuzatuvini olib borish.