Pillachilikda ishlatiladigan mashina va mexanizmlarga texnik xizmat ko‘rsatish

Ushbu qo'llanma kasb-hunar kollejlarining 3620606 Zootexnika yoʻnalishi 3620603 Pillachilik ixtisosligining namunaviy oʻquv dasturiga mos tuzilgan. Unda pillachilikda ishlatiladigan texnik jihozlarning eng keng tarqalgan nusxalarining tuzilishi, texnologik jarayoni, ulardan foydalanish tartibi keltirilgan. Jihozlarning tuzilishini tushuntirishni yengillashtirish maqsadida ularning sxemalari keltirilgan. Qo'llanmadan pillachilik kasbini egallash uchun ta'lim olayotgan talabalar, shuningdek, fermer xo'jaliklarida pillachilik bilan shug'ullanadigan xodimlar ham foydalanishlari mumkin.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Elimiz iqlim sharoiti qulay boʻlganligi sababli xalqimiz paxtachilik bilan bir qatorda ipakchilik bilan ham qadimgi zamonlardan beri samarali shug'ullanib kelgan va bu borada boy tajriba orttirgan. Hozirgi kunlarda ham bu sohani rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Respublikamiz Prezidenti tomonidan 2017-yil mart oyida ipakchilikni yanada rivojlantirish maqsadida maxsus Qaror qabul qilingan. Qarorda ipakchilik asosi boʻlgan pillachilikni rivojlantirish vazifasi belgilangan. Buning uchun tutzor plantatsiyalarini kengaytirish, uzun joylarda qoʻshimcha sugʻoriladigan maydonlar ajratish topshirigʻi berilgan. Pilla qurtini parvarishlash uchun qulay boʻlgan maxsus imoratlar sonini oshirish ham lozim deb topilgan.
  • 1-§. Tutzor plantatsiyasini barpo qilish mashinalari: Pilla qurtlarini boqish uchun tut daraxtlarini ko'paytirish talab qilinadi. Tut daraxtlari ikki xil usulda yetishtiriladi. Qadimiy usulda tut ko'chatlari paxtazor va boshqa ekinlarni yetishtirish dalalarida ariqlar bo'ylab ekilib, parvarishlanadi. Bu usulda tutzorlarni barpo qilishda mexanizatsiyalash vositalaridan foydalanish qiyinlashadi. Yetishtirilgan bargni uzoq joylardan keltirish kerak bo'ladi. Tut ekilgan ariqlarni tartibga keltirishda mashinalardan foydalanishning iloji bo'lmaydi. Ariqlar bo'ylab ekilgan daraxtlar boshqa ishlarga to'siq bo'lmasligi uchun baland qilib o'stiriladi. Shu sababli ulardagi novdalarni qirqib olish qiyinlashadi. Tut daraxtlarini yetishtirishning ikkinchi usuli maxsus tut plantatsiyalarini barpo qilishdir. Plantatsiyalarda tut daraxtini butasimon tartibda o'stirish ma'quldir. Butasimon tartibda daraxtlar tez hosilga kiradi, bir gektar maydon hosildorligi birinchi usuldagiga nisbatan yuqoriroq boʻladi. Eng muhimi, butasimon daraxtlar plantatsiyasida bajariladigan hamma ishlarni, hatto novdalarni o'rib olishni ham mexanizatsiyalashtirib, respublikamiz iqtisodiyotining har qanday sohalarini rivojlantirish uchun, birinchi navbatda, ish unumini oshirish lozim, degan milliy g'oyamizni amalga oshirish mumkin bo'ladi. Plantatsiyadagi qatorlar oralig'i 3 yoki 4 m (u yerga traktor sig'adigan boʻlishi kerak), bir qatordagi tutlar oralig'i 0,6-1,0 m qilib ekiladi. Plantatsiyadagi tut daraxtlariga kerakli agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida ko'rsatib, ularni kasallik va zararkunandalardan himoyalash yengillashadi va samarali boʻladi. Plantatsiyadagi daraxt barglari toza boʻladi. Avtomobil ko'p qatnaydigan yo'l chek-kalariga ekilgan tut bargiga benzin yonganida paydo boʻladigan za-rarli gazlar shimilib, barglar chang-toʻzonlar bilan qoplanib qoʻladi. Bunday barglarni qurtlarga berishdan oldin yuvish talab qi-linadi. Shu sababli, tutzor plantatsiyalarini barpo qilish va parva-rishlashda ishlatiladigan mashinalarni oʻrganish kerak boʻladi.
  • 2-§. Plantatsiyada tut novdalarini oʻradigan mashina: Plantatsiya ko'rinishidagi tutzorni yaratishning eng muhim afzalligi sifatida tut shoxlarini qoʻl mehnatisiz maxsus mashinalar yordamida o'rib (qirqib) olish imkoniyati tug'ilishini koʻrsatish joizdir. Mashina bilan shoxlarni oʻrishda mehnat unumi keskin o'sadi. Bitta mashina bilan katta plantatsiyalarda tut bargini yig'ishtirib, koʻp pillakor xoʻjaliklarni oʻz vaqtida sifatli oziqa bilan ta'minlash imkoni tug'iladi, olinadigan pilla tannarxini pasaytirish mumkin bo'ladi. 7-rasmda qatorlar oralig'i 3 m dan tor boʻlmagan plantatsiyada tut shoxlarini oʻradigan mashinaning umumiy koʻrinishi va uning texnologik sxemasi keltirilgan. Mashinaning asosiy qismlari sifa-tida motovila 5, segment barmoqli oʻrish apparati 2, transportyor 3 va bunker 4 lar xizmat qiladi.
  • 3-§. Bargtoʻgʻragichlar: Yosh qurtlarga barglarni somon shaklida ensiz bo'laklarda toʻgʻrab berish talab qilinadi. Ayrim kichik xoʻjaliklarda barglar taxtakach ustida pichoq bilan sabziga o'xshatib somon shaklida to'g'raladi, lekin maxsus apparatlar yordamida to'g'rashda meh-nat unumi yuqori boʻladi. Bunday apparatning texnologik sxemasi 8-rasmda keltirilgan. Elektromotor 7, reduktor 8 zan-jir uzatma orqali barg solingan bunker 1 ostidagi transportyor tasmasi 2 ni o'ng tomonga yuritadi. Tasma ustidagi barglar ham o'ng tomonga surilib, uzatuvchi baraban 4 ning ostiga kirib boradi. Baraban ostida ma'lum masofada qoʻzgʻalmas pichoq 6 joylashgan. Pichoq uzunligi baraban uzunligiga teng bo'ladi. Baraban barglarni qoʻzgʻalmas pichoqqa qisib beradi. Barg qat- lami tashqariga chiqa boshlaganida katta tezlikda aylanayotgan disksimon pichoq 5, qatlamning tashqariga chiqib turgan qismini kesib ketadi. Apparat transportyorining ilgarilab siljish tezligini oʻzgarti- rish hisobiga bargning kesilgan qismining eni 3-6 mm gacha oʻzgartiriladi. Qoʻzgʻalmas pichoq tigʻi bilan aylanayotgan disksimon pichoq oraliq'i 1,0 mm dan ortiq bo'lmasligi kerak. Buning uchun qoʻz- g'almas pichoqni kerakli tomonga surib mahkamlash kerak boʻladi.
  • 4-§. Inkubatoriy xonalari: Ma'lumki, ipak qurtlari sun'iy sharoitlarda jonlantiriladi. Ipak qurti urug'idan qurt ochib chiqishga va keyingi rivojlanishiga atrofdagi havoning temperaturasi va namligi kuchli ta'sir qiladi- gan omillar hisoblanadi. Shu sababli, ipak qurti parvarishi bilan shug'ullanadigan mutaxassislar haroratni va namlikni oʻlchash malakasiga ega bo'lishlari kerak. 600 gradusgacha boʻlgan haroratni termometr bilan, undan ortiq haroratni pirometr bilan oʻlchanadi. Haroratni oʻlchashda Kelvin (K) birligidan foydalaniladi. Ammo, Selsiy (C) birligida ham oʻlchashga ruxsat berilgan. Kelvin va Selsiy birliklari bir-biri- dan 273 gradusga farq qiladi. Pillachilikda harorati oʻzgarganida oʻz hajmini keskin oʻz- gartiradigan suyuqlik quyilgan maxsus shisha asboblar ishlatiladi. Suyuqlik sifatida simob, rang aralashtirilgan toluol, etil spirti qoʻllaniladi. Ammo, bimetall termometrdan ham foydalanish joizdir. Qurtxonalardagi haroratni nazorat qilish uchun yelvizak tegmay- digan joylarga bir nechta termometrni qurtlar joylashtirilgan soʻri balandligida oʻrnatib, qurtlarga barg berish uchun u yerga kir- gan xodim termometr koʻrsatgan haroratni yozib qo'yishi yetarli boʻladi. Umuman olganda, qurtlarga jo'ja inkubatorlaridagidek, haroratni avtomatik ravishda belgilangan darajada elektr toki bilan isitib turadigan apparatlarni oʻrnatish mumkin, ammo qurtxona hajmi katta boʻlganligi sababli, bunday apparatlardan foydala- nish samarali natija bermaydi. Pilla qurti urugʻini jonlantirish oʻta qisqa vaqtda bajariladi. Shu sababli, uzoq yillar davomida foyda- laniladigan maxsus inkubator uchun kapital uylar topilib, ta'mir- lanadi, jihozlanadi. Bir kg dan kamroq tuxumlarni inkubatsiyalash qimmatga tushadi, xarajatlarni oqlamaydi. 3-4 kg tuxum uchun ishlatilgan inkubatoriy rentabelli boʻladi. Inkubatoriy uchun yonma-yon joylashgan kamida ikkita xonali joy ajratiladi (9-rasm). Ajratilgan xonalar kapital qurilgan, issiq, quruq va yorug' boʻlishi kerak. Xonalarning birida urug' jonlantiriladi, ikkinchisida jonlantirilgan urug'lar tarqatilguncha (vaqtincha) boqiladi. Ikkinchi xona birinchisiga nisbatan 1,5-2,0 baravar katta boʻlishi lozim. Har bir kg jonlantirilayotgan urug' uchun birinchi xonada 3-4 kvadrat metr maydon ajratiladi. Har bir pechkaning oʻtin solina- digan og'zi tashqarida yoki kirish xonasida joylashtirilishi kerak. Oʻtin pechkasining oʻrniga elektr isitkich yoki elektr konditsionerni isitish rejimida qoʻyish ham mumkin. Inkubatoriyda urugʻni joy- lashtirish uchun koʻp qavatli etajerka (10-rasm) qoʻyilgan.
  • 5-§. Qurtxonani dezinfeksiyalash: Qurt boqish mavsumi boshlanishida qurtxonalar uchun uylar tanlanib, ular ta'mirlanadi, isitish vositalari tiklanadi. Bir necha yillar davomida qurt boqilgan xonalarni mavsum boshida va oxirida dezinfeksiyalash zarur, chunki u yerda yildan yilga qurt kasallik- larini tarqatadigan mikroorganizmlar ko'payib boradi. Dezinfeksiya qilish usullaridan eng qulayi, kimyoviy moddalar eritmasini purkashdir. Asosan, formalin bilan dezinfeksiya qili- nadi. Sifatli dezinfeksiya qilish uchun, dori eritmasini xona devorlari, shifti, poli, xonaga qo'yilgan hamma jihozlarga bir tekis sepish kerak. Buning uchun eritma oʻta mayda tomchilarga, zarrachalarga parchalanib purkaladi. Dori eritmasini yirik tomchilarga emis, oʻta mayda zarralarga parchalab purkashda kamroq dori sarflab, kutilayotgan natijaga erishiladi hamda ekologiyaga, atrof- muhitga iloji boricha kamroq zarar keltiriladi. Dori eritmasini parchalab purkash hisobiga qurtxonalarni sifatli dezinfekiyalash uchun, asosan, bitta ishchi odam yelkasiga osib individual ishlatadigan purkagichdan foydalanish ma'qul boʻladi. Eng sodda boʻlgan qoʻl purkagichining sxemasi 11-rasmda keltirilgan. Uning asosiy qismlari: bak 4 (unga pestitsid eritmasi quyiladi), nasos 3, suyuqlik yuritiladigan naychalar 1 va 9 hamda suyuqlikni tomchilarga parchalaydigan brandspoyt uchligi 12 boʻladi.
  • 6-§. Inkubatoriyda kerakli iqlimni ta'minlash: Proforessor N. Ahmedov urug'ni jonlantirish jarayoniga in- kubatoriy xonasidagi havo harorati bilan namligi oʻta kuchli ta'sir ko'rsatishini aniqlagan. Respublikamizda qurt boqish mavsumi bahorda, ya'ni qurtxonalardagi tabiiy harorat qurt uchun optimal bo'lgan miqdori (24-25°C) dan ancha pastroq boʻladigan vaqtda oʻtkaziladi. Shu sababli, xonani sun'iy isitish kerak bo'ladi. Buning uchun g'ishtdan maxsus pechka quriladi. Pechkaning sxemasi 14-rasmda koʻrsatilgan. Pechkani iloji boʻlsa, toʻliq yuqori haroratga bardosh beradigan maxsus g'ishtdan qurish kerak. Ayrim vaziyatlarda pechkaning oʻtxonasini maxsus g'ishtdan, yuqoridagi kamroq isitadigan qismlarini oddiy g'isht- dan qurish joiz boʻladi. Pechka g'ishtlarini terishda sariq tuproq, qum va biroz sement aralashmasidan tayyorlangan loy kerak boʻladi. Pechkaning tutun yoʻli qanchalik uzun boʻlsa, oʻtin yoni- shidan paydo boʻlgan issiqlikdan shunchalik to'liqroq foydala- niladi. O'tin to'liq yonib boʻlgandan so'ng, pechka ichida qizdi-rilgan havo moʻri orqali tashqariga chiqib ketmasligi, pechka tez sovimasligi uchun tutun yo'lini to'sib qo'yadigan to'siq-klapan ham o'rnatilishi kerak (sxemada ko'rsatilmagan). Pechkani inkubatoriy yoki qurt boqiladigan xonalarda joy- lashtirishda rioya qilish lozim boʻlgan muhim qoida: pechkaning xonasiga oʻtin soladigan va kuli olinadigan eshiklari tashqarida bo'lishi lozim. Hozirgi vaqtda hamma qishloqlar gazlashtirilganligi hamda elektrlashtirilganligi sababli, o'tin oʻrniga gazdan yoki elektr tokidan foydalanish ma'qul boʻladi. 15-rasmda oʻta sodda elektr isitgichining sxemasi keltirilgan.
  • 7-§. Havo harorati bilan namligini oʻlchaydigan asboblar: Pilla qurti urug'larini inkubatoriyada jonlashtirishda, keyin esa, olingan qurtlarni boqishda atrofdagi havo harorati va namligi ma'lum miqdorda bo'lishini ta'minlash katta ahamiyatga ega. Shu sababli, qurt boqilayotgan xonada kerakli namlik hamda haro- ratni tez-tez oʻlchab turish kerak boʻladi. Havo harorati turli termometrlar bilan oʻlchanadi. Termometr turlari juda koʻp: spirtli, simobli, bimetalli, termoparali va bosh- qalar. Qurtxonadagi havoning haroratini qoniqarli aniqlik dara- jasida o'lchash uchun spirtli yoki bimetall termometrlardan foy- dalanish mumkin. Bimetall termometrning ishchi qismiga isitil- ganda oʻzining uzunligini har xil miqdorda oʻzgartiradigan ikki xil metalldan yasalgan ensiz tasmalar bir-biriga yopishtirib, bukilgan spiralga o'xshab qo'yiladi. Spiralning bir uchi termometr asosida bikir berkitilib, ikkin- chisining uchiga ingichka strelka oʻrnatiladi. Bunday termometr qo'yilgan xonadagi havo harorati oʻzgarsa, spiral harorati ham tez oʻzgaradi. Natijada, spiral uzunligi oʻzgarib strelka yon tomo- niga buriladi, shkaladagi tegishli raqamni koʻrsatadi. Spirtli termo- metrning ishchi qismi sifatida spirt quyilgan naycha 1 ishlatiladi (16-rasm). Harorat oʻzgarganida naychaga ulangan idish 2 dagi spirt hajmi ham oʻzgaradi va uning sathi naycha boʻylab yuqori-
  • 8-§. Sun'iy dasta tayyorlash: Tabiiy dastalarini yetarli miqdorda tayyorlash qiyin. Shu sa-abli, sun'iy dastalar karton qog'ozdan, plastik materiallardan, arpa yoki sholi poyalaridan yasaladi. Quyida sholi poyalaridan turli suyuq mahsulotdan boʻshagan og'zi kichik, ammo oʻzi chuqur boʻlgan idishlarni yuvishda ish- latiladigan cho'tkaga o'xshagan dasta tayyorlash izohlanadi. Cho'tkasimon dastani tayyorlash ikkita ingichka arqon orasiga poyalarni qistirib, yoʻgʻonroq bitta arqon qilib eshishda poyalar qisilib qolishi jarayoniga asoslangan (18-rasm). Agar, rasmdagidek, yoʻgʻon ipning uchlarini qoʻzgʻalmas mixlarga ilintirib, ipning oʻrtasi ilgakka ilintirib aylantirilsa, ikki ipning orasiga kiritilgan poya, arqonga o'xshab eshilayotgan iplar qisqarishi hisobiga, ularning oʻrtasida qisilib qoladi. Sholi poyalari bug'doy, arpa poyalariga nisbatan baquv- vatroq boʻladi, quritilgan boʻlsa ham tez sinmaydi. Shu sababli, sholi poyalaridan dastalarni tayyorlash keng tarqalgan. Sholi poyalaridan dasta tayyorlashda 19-rasmda koʻrsatilgan qurilmadan foydalaniladi. Qurilma ramasi 1 ga roliklari 3 kiydirilgan karetka 2 ga tros 6 ning bir uchi ulangan. Trosning ikkinchi uchi g'altak 11 va 12 lar orqali katta shesternya 13 ga oʻrnatilgan rolikka bir necha marta oʻralib, gʻaltak 15 orqali karetkaning ikkinchi tomoniga bog'langan. Dastak soat mili yoʻnalishida buralsa, 11 gʻaltakdagi ip 12 ga qarab tortiladi, karetka uzoqlashadi. Agar dastak soat mili yoʻnalishiga
  • 9-§. Pilla namligini aniqlash vositalari: Pilla ipakchanligini, tola sifatini baholashda uning qattiqligini hamda qobig'ining qalinligini aniqlash kerak boʻladi. Oʻlchamlari oʻrtacha boʻlsa ham, massasi katta boʻlgan pillani alo- hida ajratib olish lozim boʻladi. Pillalarni jinsi boʻyicha ajratish o'ta muhim ish hisoblanadi.
  • 10-§. Pillani losdan tozalash: Pillani losdan tozalash muhim ish hisoblanadi, pillaga ilashgan los tolalari qoʻlda yoki turli apparatlar yordamida ajratib tashla- nadi. Pillani losdan tozalaydigan apparatlar deyarli bir xil usulda ishlaydi. Pilla aylanayotgan jo'valar ustiga solinadi. Jo'va sirti g'adir- budur boʻlganligi tufayli, losning ingichka tolalarini ilintirib, oʻzi- ning ustiga o'rab oladi. Natijada, pilladan los sidirilib, ajralib qoladi. 22-rasmda shunday apparatning namunasi koʻrsatilgan. Pillani losdan tozalaydigan apparat rama 1 ga oʻrnatilgan. Texnologik jarayoni quyidagicha bajariladi. Bunker 9 ga solingan pilla yuklash tirqishi 7 orqali tozalash kamerasiga oʻtadi. Tozalash kamerasining ostida losi oz boʻlib, tez tozalangan pillalar pastga tushib ketadigan tirqish mavjud. Kameraning chap tomonida esa cho'tkali baraban 4 ning atrofida joylashtirilgan bir nechta shpindel 2 lar mavjud. Elektromotor 6 yordamida choʻtkali baraban 4 hamda disk 5 aylantiriladi. Shpindellarning roliklari 3 maxsus prujina 13 lar ta'sirida disk 5 ning gardishiga bosim bilan qisilib turadi. Shu sababli, disk 5 soat mili yoʻnalishida aylansa, shpindellar diskka teskari yo'nalishda aylanadi. Choʻtkali barabanning koʻproq qismini qamrab olish uchun shpindellar soni ham koʻproq boʻlishi kerak (rasmdagi apparatda 16 dona). Agar bunkerga dastadan endi ajratilgan pillani solib, apparat ishga tushirilsa (elektr motorni tokka ulab), yuklash tirqishi 7 dan pastga tushgan pillalar soat miliga teskari aylanayotgan shpindel sirtiga tegib, yuqori tomonga irgʻitiladi. Los tolalari oʻta ingichka boʻlganligi sababli, shpindel sirtidagi nisbatan 1 mm dan past boʻlgan g'adir-budurliklarga ilinib qolib, shpindelga oʻralib, pilladan uzilib ketadi. Bunkerga solingan ayrim pillalar nisbatan toza boʻlishi mumkin. Ular birinchi shpindellar ta'sirida tozalanib boʻladi. Shpindelga ilingan tolasi qolmagan, ya'ni tozalangan pilla yuqoriga tortilmaydi, bunker tubidagi tirqish orqali pastga tushib ketadi. Hamma shpindellar bir tomonga (soat miliga teskari) aylanishi tufayli, ularning ta'siridan pillalar yuqori tomonga suriladi. Har bir pillaga bir nechta shpindel ketma-ket ta'sir qilishi hisobiga, unga oʻralgan los tolalari to'liq yechib olinadi. Tozalangan pillalar tarnov 10 ga tushib, pastga, maxsus savatga yo'naltiriladi. Choʻtkali baraban choʻtkalari hamma shpindellarga tegib aylanadi. Shu sababli, shpindellarga oʻralgan tolalarni cho'tkalar sidirib, karnay 12 ga yo'naltiradi. Cho'tkali baraban ventilatorga o'xshab karnay tomonga havo
  • 11-§. Pilla ipakchanligini aniqlash vositalari: Pilla ipakchanligi uning eng muhim sifat koʻrsatkichidir. Pilla sifatini aniq baholash uchun uni tilib, qobig'ini ajratib olish kerak boʻladi. Keyin qobiq qalinligi, qobiq massasi (ipakchanligi)ni aniqlash imkoniyati tug'iladi. Bunday sermehnat ishlar ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishda bajariladi. Xoʻjaliklar sharoitida pilla sifa- tini bevosita emas, bilvosita koʻrsatkichlar orqali baholash qabul qilingan. Ipakchanlikni qoʻlda aniqlash uchun pilla oʻtkir pichoq bilan asta-sekin tilinadi va uning ichidagi g'umbak hamda uning pardasi tashqariga chiqariladi, ularning massasini oʻlchab yoziladi. Ipak tolasidan tuzilgan qismining, ya'ni qobig'ining massasi q ham tarozida aniqlanadi. Ipakchanlik: i = 9 · 100% formula bilan topiladi, m bu yerda, i - pillaning ipakchanlik darajasi, %; q - pilla qobig'ining massasi, g; m - tilingan pillaning dastlabki (g'umbagi bilan) massasi, g. Quritilgan pillaning ipakchanligi: m; - m - mn i = 100% boʻladi, m bu yerda, m, pilla qobig'ining, ya'ni tolaning massasi, g; m pillani tozalashda ajratib olingan los massasi, g; m pilla qobig'i kichidagi parda massasi, g. Ipakchanlikni qoʻlda aniqlashda koʻp vaqt va mehnat sarflashga to'g'ri keladi. Shu sababli, ipakchanlikni maxsus apparatda aniq- lash ma'qul boʻladi. Bunday apparat va undan foydalanish tar- tibini ifodalovchi sxema 24-rasmda ko'rsatilgan. Apparat asosining icha elektromotor va u aylantiradigan krivoship joylashtirilgan. Krivoshipga oʻrnatilgan shatun titratkich 2 ga ulangan. Halqasi- mon titratgich 2 maxsus prujinalar ustiga qo'yilgan. Titratgich halqasiga silindrsimon idish 3 kiritilib, bikir bog'lanadi. Agar elektromotor ishga tushirilsa krivoship shatun orqali titratgich yordamida silindrik idishni dirillatadi. Idish 8 mm amplituda bilan sekundiga 8 marta dirillaydi. Voronka 6 orqali ipakchanligi aniqlanadigan pilla namunasi silindrik idish ichiga asta-sekin maxsus belgi (chiziq) sathigacha solinadi. Qopqoq bilan usti yopiladi. Solingan pillani qopqoq yoki qo'l bilan bosib zichlash mumkin emas, aks holda notoʻgʻri na-
  • 12-§. Pilla qattiqligini aniqlash vositalari: Pillaning uzunligiga parallel tekislikda qandaydir kuch ta'sir qilsa, pilla qobig'i siqilib, kuch ta'sir qilayotgan joyi begona jism bota boshlaganiga qarshilik koʻr- satadi. Kuch yo'qolsa, pilla dast- labki holatiga qaytadi. Dastlabki shaklini tiklaydigan vaziyatdagi deformatsiyasi (mil- limetrda) pilla qobig'ining qattiq- ligi deb qabul qilingan. Pilla qattiqligini millimetrda oʻlchaydigan asbob 26-rasmda ko'rsatilgan. Asbob asosi 1 ga ustun 2 va 3 lar oʻrnatilgan. Ustun 2 ga qotirilgan kron- shteyn 5 ga yassi tokcha biriktiril- gan. Ustun 2 ga ikki yelkali richag 7ham oʻrnatilgan. Richag 7 ustunga oʻrnatilgan joyiga nisbatan taroziga o'xshab qisman burilishi mumkin. Mazkur richagning o'ng tomon- dagi yelkasi yuk sifatida tosh 9 lar kiydirilgan shtok 8 ga ulangan. Shtokning pastki uchi ayri 10 ga ulangan. Ayrining pastki uchi moy quyilgan dempfer 11 bilan bog'- langan. Apparatni ishga tushirishda ayri bilan shtokni uzoq tebran- masdan tez tinchlanishini demp- fer ta'minlaydi. Asbobni ishga tu- shirish uchun boshqaruv dastagi 12 xizmat qiladi.
  • 13-§. Pilla qobig'i qalinligini o'lchash: Sinaladigan pilla qobig'idan dia- metri 3-7 mm boʻlgan doiracha kesiladi va dastak 7 ni bosib pastki tayanch 1 bilan bosuvchi disk 2 oralig'ini ochib, u yerga doiracha solinadi. Bosuvchi disk ustiga mas- sasi 150 gramm boʻlgan toshlar qo'- yilgan boʻladi. Dastak asta-sekin bo'shatilsa tosh og'irligi tufayli shtok pastga siljiydi, bosuvchi disk qobiqni bosib to'xtaydi. Siljish miq- dorini soatsimon indikator koʻr- satadi. Tajribadan oldin, ya'ni qo- biq qo'yishdan oldin, bosuvchi disk tayanchga asta-sekin toʻliq tushirib qo'yiladi. Shtokning ushbu holatida indikator strelkasi nolga qo'yilgan boʻladi. Shu sababli tajriba tuga- tilganida indikator qobiq qalinligini 10 mkm aniqligida koʻrsatadi.
  • 14-§. Pillalarni kalibrlash: Tabiiyki, pillalar orasidan massasi katta, ammo oʻlchamlari oʻrtacha boʻlganlarini alohida ajratib olish kerak boʻladi. Pilla- larni kalibrlaydigan apparat nusxasining sxemasi 29-rasmda keltirilgan. U ta'minlagich, yoʻnaltirgich, kalibrlagich va harakat yuritmasidan tuzilgan. Ta'minlagich bunker 1 va uning ichida uch qatorlab oʻrnatilgan choʻmichli elevator 3 lar va tushirgich 2 lardan tashkil topgan. Uchta choʻmichli elevator 3 bunkerdan chiqarib bergan pillalar yoʻnaltirgichga kelib tushadi. Yoʻnaltirgich (29-b, rasm) uchta bir-biriga parallel joylashtirilgan D, B, C boʻlaklaridan tuzilgan. Har bir boʻlakka ikkitadan konussimon disk 6-1; 6-2 va 6-3 lar oʻrnatilgan. Ulardagi diskning biri 6 val 17 ga bikir oʻrnatilgan va val bilan birgalikda aylanadi. Ikkinchi disk valga erkin kiydirilgan. Elevator 3 dan tarnov 4 orqali 4- va 7- disklar oʻrtasiga tushgan (I holat) pilla 6-1-diskka ishqalanishi hisobiga majburan aylantirilayotgan 6-1-disk bilan birgalikda oʻng tomonga siljiy boshlaydi. 7-disk valga erkin kiydirilganligi tufayli qoʻzgʻalmasdan
  • 15-§. Pillalarni jinsi boʻyicha ajratish apparati: Pillalarni jinsi boʻyicha ajratish o'ta muhim ish hisoblanadi. Pillani tilmasdan, uning ichidagi g'umbak jinsini aniqlaydigan apparatning tuzilishini ifodalaydigan sxema 30-rasmda keltirilgan. Apparat pillalarning jinsi ularning massasiga bog'liq boʻlishi 10 assosida ishlaydi, ya'ni har bir pillaning massasini oʻlchab, oldindan belgilangan me'yor bilan solishtirib, eng ogʻir (urgʻochi) va eng yengil (erkak) larini alohida-alohida ajratadi. Oʻrtacha og'irlikdagi pilla jinsi noaniq boʻlganligi sababli, ularni apparat uchinchi guruhga ajratadi. Apparat ta'minlagich, yo'naltirgich, joylashtirgich hamda oʻlchagich kabi bo'laklardan tashkil topgan.
  • 16-§. Gʻumbagini oʻldirib pillani quritish: G'umbakni o'ldirish uchun pillaga isitilgan oddiy havo bilan ishlov berish mumkin. Ammo, pilla g'umbagini o'ldirishda eng qadimgi va koʻp qoʻllaniladigan usul bu ularni bugʻlashdir. Shunday bug'latish qurilmasi oʻta sodda nusxasining sxemasi 31-rasmda ko'rsatilgan. Qurilma pishgan g'ishtdan tayyorlanadi. Qurilma- ning bug'lash kamerasi 1 to'rtburchak shaklida boʻlib, uning icha 4-5 qator past bortli (8-10 sm) yashiklar taxlangan arava sig'adigan boʻlishi kerak (uzunligi 4 m, eni 1,5 m, balandligi 2,5 m). Qurilmaning yon devorlariga zich yopiladigan eshik 2 lar qo'yiladi. Ularning biriga termometr bilan sinov uchun pilla solinadigan quti oʻrnatiladi. Ikkinchisidan kamera ichiga pilla so- lingan arava kiritilib chiqariladi. Kamera 1 tubidagi o'choq 3 ning ustiga qozon 4 qo'yilgan. Unga suv to'ldirib qaynatiladi. Bug'lanish hisobiga qozondagi suv kamayib qolsa, idish 5 dan truba orqali suv quyiladi. Bugʻlashni tezlatish maqsadida pilla 5-7 sm qalinlikda yoyib qo'yiladi. Shu sababli, pilla solinadigan yashiklar chuqur bo'l- masligi kerak. Bunday yashchiklar arava ustiga bir necha qavat qilib taxlanadi. Yashiklarning ostidan ham pillaga issig' bug' ta'sir qilishi uchun, ularning tubi mayda panjarasimon qilib tayyorlanadi. Ishni boshlashdan oldin, kamera yetarli darajada isitiladi. Isitil- gan kamera eshigi ochilib, ichkariga arava tez kiritiladi va eshik zich yopiladi. Ikkinchi eshikda oʻrnatilgan sinov qutisiga ham qa- linligi 5-7 sm qilib pillalar yoyib qo'yiladi. Kameradagi harorat 75-80°C ga yetganida, vaqt belgilanadi. 13-14 daqiqa oʻtganidan soʻng, sinov qutisidan 2-3 ta pilla olinadi va ularni tilib, ichidagi g'umbak tekshiriladi. G'umbak qorni yorilganida qizil rang aralashmagan quyuq modda chiqsa, bug'lashni to'xtatish kerak. Aks holda, bug'lash yana 4-5 daqiqa davom ettiriladi.
  • 17-§. Konveyerli pillaquritgichlar: Namligi yuqori boʻlgan pilla yuqori haroratda quritilsa, issiqlik asosan, namlikni bugʻlantirib, pillani quritishga sarflanishi tad- qiqotlar natijasida aniqlangan. Har qanday jism ustidagi suyuqlik bugʻlantirilsa, u jism sovishi hammaga ma'lum. Misol uchun, namligi 20-25% boʻlgan pilla 115°C gacha qizdirilgan havo bilan quritilsa, pillaning oʻzi 78°C gacha isib ulgurar ekan. Ammo, namligi 10% boʻlgan pilla bunday quritilsa, u qariyb 95°C gacha qizib ketar ekan. Namligi past boʻlgan pilla yuqori haroratda uzoq qizdirilsa, undan olinadigan ipak tolasining sifati pasayib ketadi. Yuqorida izohlangan pillani yashiklab quritadigan qurilmada pilla bunga teskari tartibda quritiladi. Demak, tola sifatiga salbiy ta'sir koʻrsatish ehtimolligi mavjud boʻladi. Konveyerli pillaquritgichlar maqbul usulda, tartibda ishlaydi. Quyida konveyerli quritgich namunasi izohlangan (36-rasm). Quritgich o'tin, koʻmir, gaz yoki elektr energiyasidan foydalanib, havo isitadigan kalorifer 1 ga havo haydab kiritadigan ventilator 7 dan, isitilgan havo yuritiladigan karnay 3, quritish transportyor- lari 13 hamda ushbu transportyorlar joylashgan quritish kame- rasi 9 lardan iborat. Kalorifer 1 ning o'chog'ida yoqilg'i yonishi hisobiga ajratilgan issiq tutun yuqoriga metall karnaylar bo'ylab ko'tarilayotganida, ularni kuchli qizdirib yuboradi. Karnaylar esa o'z atrofidagi ha- voni isitadi. Ventilator 7 kalorifer orqali uzluksiz havo oqimini tug'diradi. Isitilgan havo oqimi karnay 3 orqali quritish kamerasi 9 ga kiritiladi. Kamera 9 ning ustki qismida karnay 3 diffuzor 10 larga aylantirilgan. Diffuzorga havo kiradigan joyning teshigi ki- chik, havo chiqadigan joyi keng boʻlganligi sababli, ustki qu- ritish transportyoriga yetib borgan havo oqimining tezligi keskin kamayadi, ammo quritish uchun yetarli boʻladi.
  • 18-§. Texnik xizmat koʻrsatish: Har qanday mashinaga texnik xizmat koʻrsatish hisobiga uning doimo ishga yaroqli holati ta'minlanadi. Texnik xizmat koʻrsatishda mashinani ishlatishda, saqlashda, bir joydan ikkinchi joyga koʻ- chirishda, uning ishga layoqatliligini ta'minlash uchun bajarilishi lozim boʻlgan turli operatsiyalar majmuasi belgilangan. Masalan, traktor, kombayn, avtomobil kabi murakkab mashinalar uchun har ish kunida, 50, 100...500 motosoat ishlagandan so'ng bajariladigan operatsiyalar ro'yxati ko'rsatilgan boʻladi. Pillachilikda, birinchidan, murakkab mashinalar emas, nis- batan sodda texnik jihozlar, apparatlar ishlatiladi. Ikkinchidan, bunday jihozlar oʻta qisqa vaqtda tugatiladigan mavsum davomida ishlatiladi. Shu sababli, pillachilik texnik jihozlariga koʻrsatila- digan texnik xizmatni ikki turga boʻlish mumkin: 1. Jihoz ishga yaroqsiz holatga kelib qolganda majburan koʻr- satiladigan. 2. Mavsum boshlanishidan oldin va mavsum tugagandan so'ng ko'rsatiladigan. Birinchi vaziyatda, tabiiy jihozning shikastlangan, yeyilgan qismlari ta'mirlanib, tiklanadi yoki yangisiga almashtiriladi. Ikkinchi turdagi xizmat ko'rsatishga uzoq vaqt saqlash uchun joylashtirilgan jihozlar tozalanadi, qismlarining butunligi tek- shiriladi, kerakli joylari moylanadi, zanjirlar taranglashtiriladi va ishga layoqatliligi aniqlanadi. Dastlabki ishga tushirishda har qan- day apparat qoʻlda asta-sekin ishlatiladi, begona tovushlar chiq- masa, keyin elektromotori ishga tushiriladi, apparat nominal tezlikda ishlatib, sinaladi. Mavsum tugagandan so'ng jihozlar tozalanadi, qismlarining ishga layoqatliligi aniqlanadi (yaroqsiz bo'lib qolganlari almash- tiriladi), zanjir va tasmalarining tarangligi kamaytiriladi konser- vant suyuqlik bilan ishlov berib, saqlashga qoʻyiladi. Pillachilikda ishlatiladigan asboblar. Pillaning oʻlchamlarini aniqlashda ayrim apparatlarni sozlashda ularga servis xizmatini koʻrsatishda chiziqli oʻlchamlarni oʻlchash uchun shtangensir- kullardan foydalanish ma'qul boʻladi (37-rasm). Uning lineyka- simon shtangasi 4 ga millimetrlar oralig'ida chiziqlar tushirilib, ularga 0, 1, 2, ...20 sm raqamlar yozilgan. Shtanga 4 ning ikkita qoʻzgʻalmas jag' 1 lari mavjud. Shtangaga rom 3 zich kiydiriladi. Rom 3 ga ham jag 2 lar qo'yilgan. Rom 3 shtanga 4 boʻylab siljib yuradigan qilingan. Rom bilan birgalikda uning jag'lari ham siljib yuradi. Romning pastki qismiga nonius plastinkasi 5 oʻrnatilgan. Pastki jag'lar jismlarning tashqi oʻl- chamlarini (rasmdagidek), yuqorigi jag'lar teshik yoki tirqishlar- ning ichki oʻlchamlarini oʻlchash uchun ishlatiladi. Rom bilan bog'langan lineyka 6 ni shtanganing uchidan chiqarib, chuqur- chaning chuqurligini, devor balandligini oʻlchash mumkin.