Qishloq xo‘jaligi mashinalari
Ushbu darslikda Oʻzbekistonning tuproq-iqlim sharoitiga moslangan qishloq xoʻjaligi mashinalarining asosiy turlari, jumladan, yerni ekishga tayyorlash mashinalari, gʻalla kombayni, kartoshka kavlash, paxta terish, don tozalash va boshqa mashinalarining umumiy tuzilishi, sozlanishi hamda texnologik jarayoni asoslari bayon qilingan. Shu bilan birga, amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish yuzasidan tavsiyalar hamda o‘quvchilarning har bir bob yuzasidan olgan bilimlarini tekshirish uchun namunaviy test topshiriqlari havola qilingan. Darslik qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan oliy o‘quv yurtlarining «Agronomiya» yo‘nalishi talabalari, fermerlar, qishloq xoʻjaligi shohasiga qiziquvchilar ham foydalanishlari mumkin.
Asosiy mavzular
- Tuproqqa asosiy ishlov berish mashinalari: 1-§. Tuproqqa ishlov berish usullari: Tuproqqa ishlov berishning an’anaviy va resurstejamkor usullari, ularning afzalliklari va kamchiliklari. Pluglar: Pluglarning tuzilishi, ishlash prinsipi, tasnifi, texnologik jarayoni, agrotexnik talablari, mushaykalari va ularning turlari. Plugning ishchi qismlari: Pichoq, chimqirqar, korpus, chuqurlatkich. Korpus turlari: Lemexli, diskli, chizelsimon, rotatsion va qurama. Ularning xususiyatlari va qo‘llanilishi.
- Tuproqqa sayoz ishlov beradigan mashinalar: Tishli tirmalar: Turlari, tuzilishi, ish jarayoni, agrotexnik talablari, tishlarining turlari va qo‘llanilishi. Disksimon tirmalar: Turlari, tuzilishi, ish jarayoni, agrotexnik talablari, disklarining turi va qo‘llanilishi. Faol ishchi qismlar: Tuproq frezasi, yaganalagich. Kultivatorlar: Turlari, tuzilishi, ish jarayoni, agrotexnik talablari, ishchi qismlari va ularni joylashtirish tartibi. Chopiq kultivatorlari: Turlari, tuzilishi, ish jarayoni, agrotexnik talablari, ishchi qismlari va ularni joylashtirish tartibi.
- O‘g‘itlash mashinalari: O‘g‘itlash usullari. Oziq miqdorlagichlar: Turlari, tuzilishi, ish jarayoni, agrotexnik talablari. Urug‘ o‘tkazgichlar: Turlari, tuzilishi, ish jarayoni, agrotexnik talablari. Ekkich va ko‘mgichlar: Turlari, tuzilishi, ish jarayoni, agrotexnik talablari. Universal seyalkalar: Turlari, tuzilishi, ish jarayoni, agrotexnik talablari. Don seyalkasini ishga tayyorlash. Maxsus seyalkalar. Modulli chigit seyalkasini ishga tayyorlash. Pnevmatik miqdorlagichlar. Agrotexnik talablar. Chigitni tuksizlantirish.
- Paxta terish mashinalari: Paxta terish texnologiyasi. Agrotexnik talablar. Vertikal shpindelli paxta terish mashinasining tuzilishi va ishlashi. Vertikal shpindelli MX-1,8 paxta terish mashinasini ishga tayyorlash. Gorizontal shpindelli paxta terish mashinasining tuzilishi va ishlashi. Gorizontal shpindelli paxta terish mashinasini ishga tayyorlash. G‘o‘zapoyani yig‘ishtirish mashinalari.
- G‘alla o‘rim-yig‘im mashinalari: G‘alla hosilini yig‘ishtirish texnologiyasi. G‘alla kombaynining umumiy tuzilishi. Aksial-rotorli kombaynlar. «Klaas» firmasining kombaynlari. Kombayn ishidagi don nobudgarchiligini kamaytirish. G‘alla kombaynini ishga tayyorlash. Kombayn ishlab chiqarishdagi yangi texnik yechimlar.
- Don tozalash mashinalari: Donni tozalash va saralash usullari. Don tozalash mashinalari. Don tozalash mashinalarini ishga tayyorlash.
- Kartoshka ekish va yig‘ishtirish mashinalari: Kartoshka ekish mashinalari. Agrotexnik talablar. Kartoshka yig‘ishtirish mashinalari. Kartoshka yig‘ishtirish mashinasi turlari va tuzilishi.
- Yem-xashak yig‘ishtirish mashinalari: Yem-xashak tayyorlash texnologiyalari. Pichan o‘rgichlar. Pichan o‘rgich-ezgich va pichan o‘rgich-maydalagichlar. Pichan presslagichlar. Silos o‘rish kombaynlari. Silosga o‘radigan kombaynni ishga tayyorlash.